Patogen mikroorganizmlar
Reja:
1. Patogen mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha
2. Immunitet to'g'risidagi ta'limot
3.Antibiotiklar va fitonsidlar
Patogen mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha
Patogen bakteriyalar odamlarda, hayvonlarda turli-tuman kasalliklar vujudga keltiradi. Bularga stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar va boshqalar kiradi. Bular odamlarda turli-tuman yallig'lanishlarni vujudga keltiradi. Masalan, stafilokokklar odamda chipqon (furunkul)ni vujudga keltiradi. Patogen stafilokokklarga qoramollar, qo'y va echkilar, otlar, oq quyon va oq sichqonlar juda chidamsizdir. Patogen streptokokklar odamda va hayvonlarda turli-tuman yalligianishlar, pnevmokokklar pnevmoniya, meningokokklar meningit, gonokokklar gonoreya kasalliklarining sababchilan hisoblanadi. Vabo kasalUgining sababchisi pasterela, brutsellyoz kasalhgining sabab-chisi brutsello koka bakteriyasidir.
Patogen anaerob bakteriyalar qoqshol (stolbnyak), botulizm, gazli gangrena (qorason), to'qimalarning yemirilishi va boshqa kasalliklarning sababchilari hisoblanadi. Patogen korine bakteriyalar difteriya kasalhgining, patogen mikobakteriyalar sil kasalhgining, patogen rikketsiyalar qizilchali tif (sipnoy tif) kasaШgining chaqi-ruvchilari hisoblanadi.
O'simliklarda turli kasalliklarni vujudga keltiruvchi bakte-riyalarni fitopatologiya fani o'rganadi. Fitopatologiya fani XIX asrning 30-yillarida tashkil topa boshlagan. Kasal o'simliklami birinchi bo'Ub D.Kandol tasvirlagan.
Berrilya (1882—1883-y.) birinchi bo'lib bakterioz kasalliklarini o'rganadi. Hozirgi vaqtda 300 dan ortiq turga mansub bo'lgan o'simliklarda turli kasalliklarni qo'zg'atuvchi spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan bakteriyalar, mikobakteriyalar, pscvdo-monadalar va boshqa mikroorganizmlar ma'lum. Kasal tug'di-ruvchilar orasida monofaglar (faqat bir turdagi o'simliklami kasal-Ian tiruvchilar) va polifaglar (ko'p turdagi o'simliklami kasallan-tiruvchilar) ma'lum. Bakterioz kasalliklari ma'lum areailar bo'yicha yoki keng maydonlarda uchrashi mumkin. Texnik o'simliklarning kasallanishi sanoatga katta zarar keltiradi. Masalan, danakli rezavor mevalarda kuyish (ojog), makkajo'xorida so'lish kasalliklari keng tarqalgan.
G'o'zada uchraydigan gommoz natijasida 60%, g'allalarda uchraydigan qorakuya natijasida 15—60% ga yaqin, pomidorida uchraydigan rak natijasida 70-96% ga yaqin hosil nobud bo'ladi. Yog'ochi qurilishda ishlatiladigan qayin, archa, buk kabi daraxtlar ham keng miqyosda zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |