4.3. Tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirish. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni moliyalashning asosiy manbai O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar, tumanlar va mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarining byudjetlari hisoblanadi. Shuningdek, ularga respublika va hududiy ekologik fondlar, korxonalarning xususiy mablag’lari kiradi.
Mamlakatning byudjet tizimida tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi sohalari faol rol o’ynay boshladilar. Barcha darajadagi byudjetlarning daromad qismiga tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni iflostirganlik uchun tegishli soliqlar, to’lovlar va ajratmalar o’tkaziladi. Daromad qismida to’plangan mablag’lar respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiq tabiat muhofazasi faoliyatini maqsadli moliyalashga yo’naltirilishi kyerak.
Ekologik jamg’armalar (tabiatni muhofaza qilish jamg’armalari) tabiatni muhofaza qilish faoliyatining turli turlarini mablag’ bilan (pul bilan) ishonchli ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va uning joylardagi idoralari huzurida tashkil etiladi. Shunga muvofiq ekologik fondning respublika jamg’armasi va mahalliy jamg’armalari, atrof-muhit sug’urta jamg’armalari, korxonalarning ekologik jamg’armalari tarkib topadi.
Ekologik jamg’armalarni tarkib toptirish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan «Tabiatni muhofaza qilish jamg’armalari to’g’risidagi nizom»da belgilab qo’yiladi.
Ekologik jamoat jamg’armalari ham tabiatdan foydalanishni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ular aholining, korxonalar, muassasalar badallari va boshqa manbalar hisobidan, shuningdek, chet el yuridik shaxslari va fuqarolarning ajratmalari hisobidan hosil bo’ladi. Jamoat jamg’armalarini tashkil etish va sarflash tartibi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadigan «Tabiatni muhofaza qilish jamoat jamg’armalari to’g’risida»gi nizomlar bilan belgilab qo’yiladi.
Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va uning joylardagi idoralari huzurida tashkil etiladigan ekologik jamg’armalar quyidagi yo’nalishlar uchun moliyalash va kreditlashning qo’shimcha manbai bo’lib xizmat qiladi:
tabiat muhofazasi maqsadidagi ob’ektlarni qurish, texnik qayta jihozlash, rekonstruktsiyalash va kapital ta’mirlash, shu jumladan, shahar tozalash qurilmalari, kanalizatsiya va boshqa hududiy yo’nalishdagi tabiat muhofazasi tadbirlari;
avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini barpo etish va takomillashtirish va ular uchun texnik vositalar nazoratini amalga oshirish uchun priborlarni, jihozlar va texnikani ishlab chiqish, sotib olish va ijaraga olish;
mahalliy tabiatni muhofaza qilish qo’mitalarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish (mashinalar, priborlar, hisoblash texnikasi va boshqalarni sotib olish);
ekologik axborot va hududlar bo’yicha axborotlarni yig’ish, to’plash, saqlash, tartibga solish va qayta ishlashning mahalliy axborot tizimlarini barpo etish;
qo’riqxonalar, buyurtmalar, milliy parklarni barpo etish va rivojlantirish va tabiat yodgorliklarini saqlash;
resurs tejovchi va tabiat muhofazasi texnika va texnologiyasining turlarini yaratish bo’yicha ilmiy va amaliy ishlar;
hududlarni va ekologik xizmatlar bozorini rivojlantirishni o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
ob’ektlar ekologik ekspyertizasini o’tkazish ishlari;
ekologik muammolarni hal etish maqsadlarida korxonalar barpo etish;
aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash, xo’jalik faoliyati ta’sirida buzilgan ayrim tabiiy ekotizimlarni tiklash, asrash, takror ishlab chiqish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish;
ekologiya va tabiatdan foydalanish bo’yicha ekologik ta’lim va tarbiyani, ekologik bilimlarning targ’ibotini, nashriyot faoliyatini tashkil etish.
Korxonalarning ekologik jamg’armalari kelajak istiqbolda ko’plab tashkil etilishi lozim. Ular foydadan chegirmalar va boshqa tushumlardan shakllanadi. Bu jamg’armalarga ajratiladigan foyda soliqqa tortilmaydi. Ekologik jamg’armalarning mablag’larini atmosfyeraga chiqarmalarning belgilangan standartlarga mos bo’lishiga xizmat qiladigan tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishga sarflash kyerak.
Korxonalarning ekologik jamg’armalarini tashkil etish uchun dastavval imtiyozli soliqqa tortish, tabiat muhofazasi bo’yicha loyihalarni imtiyozli kreditlash va subsidiya (yordamga byeriladigan pul) byerish, tabiat muhofazasi asosiy fondlarining tezlashtirilgan amortizatsiyasini qo’shib oladigan tabiat muhofazasi faoliyatini iqtisodiy rag’batlantirish tizimini joriy etish kyerak.
Soliq imtiyozlari tizimi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda soliqqa tortiladigan foydani kamaytirish;
tabiat muhofazasi jihozlari, matyeriallari va reagentlarini, ekologik monitoring uchun priborlar va jihozlarni ishlab chiqaradigan korxonalar uchun, shuningdek, ekologik xaraktyerdagi ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatadigan korxonalar uchun (shahar suv tozalash qurilmalari ekspluatatsiyasi, maishiy chiqindilarni to’plash, utilizatsiya qilish va ko’mish, tabiat muhofazasi ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish va boshqalar) soliq imtiyozlari byerish.
Imtiyozli soliqqa tortish uchun quyidagilarni amalga oshirish ham maqsadga muvofiq:
soliqqa tortiladigan daromad summalarini kamaytirish;
soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri kamaytirish (imtiyozli soliqqa tortish tizimi bo’yicha diffyerentsiyalashgan koeffitsientlardan foydalanish);
ayrim turdagi xarajatlarni yalpi daromaddan chiqarish;
soliq kreditlari kichik tizimidan tegishli foydalanish.
Soliqqa tortish tizimini tartibga soladigan ekologik mezonlarga quyidagilar kiradi:
resurslardan foydalanish va resurslarni tejash faktik darajasining mintaqaviy normativ chegaralariga mos kelishi me’yori (darajasi);
atrof tabiiy muhitga normativ og’irliklar (yuklamalar);
xalq xo’jaligi tuzilmasini ekologik asoslarda qayta qurishning zarur sur’atlari;
tadbirlarning ekologik-iqtisodiy samaradorligini hisobga olib baholanadigan tabiat muhofazasi tadbirlariga asosiy kapital quyilmalarning darajasi;
hududlarning tabiat muhofazasi qiymati.
Ekologik imtiyozlar korxonalarning turi, kattaligi, rivojlanishining yo’nalishi, hududlarga texnogen yuklamalar limiti bilan bog’liq holda yakuniy mahsulotning xaraktyeriga bog’liq holda byeriladi.
Byudjet daromadlarining imtiyozli soliqlarni joriy etish hisobiga yo’qotishlar – ekologik xavfli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yoki ekologik xavfli texnologiya yoki jihozlarni qo’llayotgan korxonalarning mahsulotlarini qo’shimcha soliqqa tortishdan keladigan tushumlar hisobiga qoplash (kompensatsiyalash) mumkin.
Shuningdek, imtiyozli soliqqa tortishni yuqori ekologik keskinlik hududlariga ham qo’llash kyerak.
Ekologiya sug’urtasi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra mamlakat hududlarida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar etish hollarini nazarda tutib, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sug’urta qilinadi («Tabiat muhofazasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respkblikasi qonuni (1992), 36-modda).
Ekologiya sug’urtasining maqsadi atrof-muhitning kutilmagan va oldindan mo’ljallanmagan emirilishi, ifloslanishidan uchinchi shaxslarning mulkiy manfaatlarini sug’urta himoyasiga olishdan iborat.
Bunda mamlakat hududida ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar sug’urtalanuvchilar hisoblanadi. Odatda, bu korxonalar avariya vaziyati yoki halokatlari paydo bo’lishi uchun ob’ektiv potentsial xavf hisoblanadi (kimyoviy korxonalar, atom reaktorlari, neft, gaz quvurlari, transport). Sug’urta ixtiyoriy hisoblanadi. Shuning uchun sug’urtalanuvchilar davlat sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzadilar va unda shartnomaning sug’urta bahosi, sug’urta to’lovlari, to’lashning tartibi va shartlari belgilanadi. Ixtiyoriy ekologik sug’urtada sug’urta baholash – bu korxonaning yillik oboroti razmyeri, ya’ni mahsulotni sotish va xizmat ko’rsatishdan olingan daromad hisoblanadi.
Sug’urta to’lovlari korxonaning yillik oborotidan foizlarda belgilanadigan tarif stavkasi bo’yicha to’lanadi.
Ekologiya sug’urtasining sug’urta hodisasi (voqeasi) avariya natijasida tabiiy muhitga to’satdan, kutilmagan zarar etkazish oqibatida atmosfyeraga kutilmagan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, tuproqni ifloslantirish, oqava suvlarni chiqarishni bildiradi.
Sug’urta hodisasi sodir bo’lishining zarur sharti (demak, sug’urta haqi to’lashning ham) quyidagi ikki omil hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |