o’rmon kadastri – o’rmon fondining ekologik, iqtisodiy va boshqa miqdor va sifat ta’rifi to’g’risida tizimlashtirilgan ma’lumotlar to’plamidir;
foydali qazilma konlari kadastri – har bir konning asosiy va birgalikda yotgan foydali qazilmalari sifati va miqdorini ta’riflaydigan, ularda mavjud komponetlarni, konni o’zlashtirish sharoitlari, konning geologik-iqtisodiy baholanishi to’g’risida, shuningdek, foydali qazilmalarning aniqlangan paydo bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlar to’plamidir;
ovchilik kadastri – ovchilikning u yoki boshqa ob’ektlari sifat va miqdor ta’rifi, tiklash dinamikasi, ovlashning ruxsat byeriladigan normasi byerilgan ma’lumotlar to’plamidir; ovchilik kadastrlariga ov va baliq resurslari kadastri kiradi.
Bundan tashqari foydalanishning alohida tartibiga (rejimiga) ega bo’lgan alohida muhofaza qilinadigan hududlar kadastri (milliy bog’lar, qo’riqxonalar, buyurtmalar) ham tuzilgan. Noyob hayvonlar va o’simliklarning Qizil kitobi ham o’ziga xos kadastr bo’lib xizmat qiladi.
Kadastrlar Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi. Kadastrlarni tashkil etish, boshqarish va moliyalash tartibi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Mavjud tarmoq resurs kadastrlari tizimining asosiy muammolariga quyidagilar kiradi:
turli kadastrlarning alohidaligi tabiiy-resurs potentsialini kompleks baholashni amalga oshirishga imkon byermaydi, demak, mavjud tizim hududiy darajada tabiatdan foydalanishni boshqarishni ta’minlay olmaydi;
o’simlik va hayvonot olami resurslari kadastri, rekreatsiya va qo’riqlanadigan hududlar kadastri jiddiy ishlanmalarni amalga oshirishni talab qiladi;
tarmoq kadastrlarining mazmuni, ko’rsatkichlari doirasini taqqoslab bo’lmaslik, konkret resurslardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud emasligi.
Kadastr hisobining yangi elementi – tabiiy resurslarning kompleks hududiy kadastri (TRKXK) ko’rsatilgan kamchiliklarni tuzatishga imkon byeradi. Bundan tashqari TRKXK qo’shimcha ma’lumotlar tizimi quyidagilarni o’z ichiga olishi kyerak:
tabiiy resurslar va umuman tabiiy resurs potentsialining huquqiy rejimi to’g’risida;
tabiiy resurslarning mulkchilik, foydalanuvchilar va ijarachilar, tabiiy-resurs potentsiali tarkibi, uning miqdor va sifat ta’rifi (tabiiy resurslarning qiymatini ham qo’shib) bo’yicha taqsimlanishi to’g’risida.
TRKXKda tabiiy resurs potentsialini miqdoriy baholash alohida o’rinni egallaydi, chunki har qanday hududning tabiiy resurs potentsiali ular iqtisodiy rivojlanishining asosi hisoblanadi, joriy va uzoq muddatli hamda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik qiyinchiliklardan chiqishga imkon byeradi.
TRKXKning maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini mintaqalar tabiatidan ratsional foydalanish va tabiiy-resurs potentsialini muhofaza qilish uchun zarur bo’lgan ishonchli axborotlar va nazorat vositalari bilan ta’minlashdan iborat.
TRKXK tabiiy-kadastr axborotlarini yig’ish, hisobga olish, qayta ishlash, tahlil qilish va etkazib byerishni o’z ichiga oladi.
Shunday qilib, TRKXKni quyidagi ikki aspektda ko’rib chiqish mumkin:
konkret hududiy-ma’muriy birlikning tabiiy-resurs potentsiali to’g’risidagi hududiy tashkil etilgan ma’lumotlari banki sifatida;
tabiatdan foydalanishni boshqarish sohasida ushbu ma’lumotlarni taqqoslash va konkret qarorlarni qabul qilishni asoslab byerishning avtomatlashtirilgan tizimi sifatida.
TRKXK ishlab chiqaruvchi korxonalarga ushbu hududda tabiiy resurslardan nazarda tutilgan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotni olishga imkon byeradi.
Kadastrlar tizimini barpo etish tabiiy resurslarni xo’jalik ekspluatatsiyasi va muhofaza qilishni boshqarishni takomillashtirish ishining fundamental muammosi hisoblanadi. Shu sababdan bozor munosabatlariga o’tish sharoitida tabiiy resurslarni boshqarish qulay va to’plangan shaklda byeriladigan mukammal va kompleks axborot mavjudligi sharoitida amalga oshishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |