4.5. Ekstyernaliya xarajatlari. Tabiiy muhitning assimilyatsiya potentsiali
«Ekstyernaliya xarajatlari» yoki «tashqi samaralar» ekologiya iqtisodiyotining eng muhim tushunchalaridan hisoblanadi. Ekologik-iqtisodiy faoliyat jarayonida tabiatga, aholiga turli ob’ektlar doimiy ta’sir ko’rsatadi. Ekstyernaliyaning paydo bo’lishi ushbu ta’sir bilan bog’liqdir. Ekstyernaliya – bu, iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi (yoki oqibatida) bo’lib, u ushbu faoliyatning sub’ektiga ijobiy yoki salbiy (ko’pincha) ta’sir ko’rsatadi:
Ekstyernaliya muammosi mulkchilik, tabiiy resurslarning cheklanganligi, tabiatning assimilyatsiya potentsialiga mulkchilik masalalari bilan uzviy bog’liqdir.
Mulkchilikning ikki sub’ekti – jamiyat va tadbirkor nuqtai nazaridan iqtisodiy manfaatlar farq qiladi: jamiyat ifloslanishning ziyonini kamaytirishdan, tadbirkor esa ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sir qiladigan tabiat muhofazasi xarajatlarini kamaytirishdan manfaatdor bo’ladi. Bunda tabiatdan foydalanuvchi tadbirkor uchun «uchinchi» shaxslarga etkaziladigan ziyon o’z mohiyatiga ko’ra, uning ishlab chiqarishining tashqi xarajatlari hisoblanadi. Bu tashqi xarajatlar ishlab chiqarishning ichki xarajatlaridan tubdan farq qiladi va tadbirkorlik faoliyatining zarari hisoblanadi. Shunday qilib, umumiy holda mulkchilikning turli sub’ektlari manfaatining ixtilofi (nizo) yuzaga keladi.
Ekstyernaliya xarajatlari tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan bog’liq holda paydo bo’ladi. Bunda atrof-muhitning sezilarli zararli oqibatlarsiz ma’lum miqdordagi chiqarmalarni o’ziga olishi (singdirishi) qobiliyati resurslarning cheklanganligi sifatida ishtirok etadi. Atrof tabiiy muhitning bu sifati assimilyatsiya potentsiali deb ataladi. Assimilyatsiya potentsiali hajmidan oshib ketgan chiqarmalar ziyonni keltirib chiqaradi va shunga mos holda ekstyernaliya xarajatlari paydo bo’ladi.
Bir tomondan, tabiat assimilyatsiya potentsialining cheklanganligi, boshqa tomondan turli mulkdorlar manfaatining bir-biriga mos kelmasligi oqibatida assimilyatsiya potentsialiga mulkchilik huquqi to’g’risidagi masala kelib chiqadi. Undan foydalanish imkoniyatiga (huquqiga) ega bo’lgan mulkdor iqtisodiy zararning yo’qligi va tabiat muhofazasi xarajatlarini tejash hisobiga foyda qiladi. Ayni bir vaqtda assimilyatsiya potentsiali tegmagan boshqa mulkdor uchun birinchi mulkdor faoliyati tufayli zarar ko’rish ehtimoli katta bo’ladi. Bunda ikkinchi mulkdorning zarari birinchi mulkdor uchun ekstyernaliya xarajatlari hisoblanadi.
Shunday qilib, jamiyat va tadbirkor manfaatlari ixtiloflarini hamda jamiyatning ifloslanishdan zarar ko’rishni kamaytirishdan, tadbirkorning esa tabiat muhofazasi xarajatlarini qisqartirishdan manfaatdorligini hisobga olib, atrof tabiiy muhitga ta’sirni tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati paydo bo’ladi. Tartibga solishning mohiyati ekstyernaliya xarajatlarini intyernalizatsiyalash (inglizcha «intyernal» ichki so’zidan, buni mutlaqo qarama-qarshi ma’noga ega bo’lgan «intyernalizatsiya» tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kyerak) hisoblanadi, ya’ni jamiyatga tashqi xarajatlarni ichki xarajatlarga aylantirish zarur va shu asosda tadbirkorni uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni to’lashga majbur qilish kyerak.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun jamiyat chiqarmalarga ekstyernaliya xarajatlariga teng bo’lgan to’lovlarni – maxsus soliqni joriy etishi kyerak. (Nazariyada bunday to’lovlar «Pigu soliqlari» nomini olgan. Ingliz iqtisodchisi A.S. Pigu XX asrning boshida ushbu soliq zarurligini asoslab byergan). To’lovlar razmyeri (miqdori) etkazilgan ziyon kompensatsiyasi tamoyiliga asoslanishi kyerak. Lekin ifloslanishdan iqtisodiy ziyonni hisoblashdagi qiyinchiliklarni hisobga olib, amaliy maqsadlarda atrof-muhit sifatining quyidagi ko’rsatkichlariga asoslanish kyerak: ayrim ifloslantiruvchi moddalar kontsentratsiyasining ruxsat etilgan me’yori (REM), chiqarmalarning ruxsat etilgan me’yori normativlari. Bular ifloslantirishning ruxsat etilgan me’yori darajasini aniqlashga va ekologiya iqtisodiyotining asosiy tamoyili – «ifloslantiruvchi to’laydi» tamoyilini amalga oshirishga imkon byeradi.
Ekstyernaliya ta’sirning xilma-xilligiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: temporal, global, setorlararo, mintaqalararo, mahalliy. Temporal (avlodlar o’rtasidagi) ekstyernaliya barqaror rivojlanish kontseptsiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, hozirgi avlod o’z ehtiyojlarini kelajak avlodlarning manfaatlarini hisobga olib ta’minlashlari kyerakligi tamoyiliga amal qilishni talab qiladi. Global ekstyernaliya ifloslantirishning transchegara tarqalishi bilan bog’liq va ularga qarshi kurashda maxsus xalqaro konventsiyalar va shartnomalarni tuzish zaruratini ko’zda tutadi. Sektorlararo ekstyernaliya iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa, tabiatni ekspluatatsiya qiluvchi sohalar boshqa sohalarga ekologik ziyon keltirishini hisobga oladi va ekologik muammolarning muqobil echimini topishga va iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga yo’naltiradi. Mintaqalararo ekstyernaliya global ekstyernaliyaning kichraytirilgan nusxasi bo’lib, u ayrim mamlakat va uning mintaqalarida yuzaga keladigan ekstyernaliya oqibatlarini bartaraf etish maqsadini ko’zda tutadi. Mahalliy ekstyernaliya cheklangan hududlarda ifloslantiruvchi korxonalarning retsipientlarda (boshqa korxonalar va ob’ektlar) ekstyernaliya xarajatlari tahlili bo’lib, u ushbu sohada xulosa va tavsiyalar byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |