Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Atmosfyera havosini muhofaza qilish tadbirlari majmuasi



Download 1,39 Mb.
bet44/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

Atmosfyera havosini muhofaza qilish tadbirlari majmuasi. O’zbekistonda boshqa davlatlar qatori atmosfyera havosini muhofaza qilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Atmosfyera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun asosida amalga oshiriladi, bu qonun O’zR Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda tasdiqlangan.

Atmosfyera havosini muhofaza qilish ko’p omillarga bog’liq:



  1. avtotransportdan chiqadigan zararli chiqindilarni imkoni boricha kamaytirish;

  2. sanoatga kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyani joriy etish;

  3. maishiy chiqindilarni yoqishga barham byerish;

  4. minyeral xom- ashyolar qazib olinadigan konlarda va karyerlarda turli gaz, chang va boshqalarni havoga chiqishni minimal miqdorigacha kamaytirish va boshq. (3-chizma).

Havoni eng ko’p avtotransport zaharlashi tufayli asosiy etiborni sanoat bilan birga transportning shu turiga qaratish maqsadga muvofiq. Avvalo har bir avtomobilni sog’lom tutish bilan birga unda foydalanilayotgan yoqilg’i turiga ahamiyat byerish darkor. Amalda foydalanilayotgan etilli benzin tarkibida qo’rg’oshinning mavjudligi avtomobillarda neytralizatorlar-zararli moddalarni tutib qoluvchi moslamalarni o’rnatishga imkon byermaydi. Agarda qo’rg’oshin aralashtirilmagan benzin yoqilg’isidan foydalanish yo’lga qo’yilsa tashqariga chiqarilayotgan chiqindilarning katta qismini tutib qolish imkoni tug’iladi. Shvetsiyada tajriba tariqasida avtomobillarda o’rnatilgan neytralizator-katalik filtrdan foydalanish natijasida havoga chiqarilayotgan uglyerod oksidini 34 %, uglevodorodlarni 36 %, azot oksidlarini 58 % ga kamaytirishga yerishilgan.

Yoqilg’idan foydalanishda dizel dvigateli bilan xarakatlanuvchi avtomobillar ham iqtisodiy, ham ekologik tozalik jihatdan ustivorlikka ega. Dizel dvigateli bilan harakatlanuvchi avtotransportda tashqariga chiqarilayotgan chiqindilarning jami zaharlik darajasi benzin bilan yuruvchi avtomobillarga qaraganda 3 marta kam. Lekin ba’zida dizel yoqilg’isi bilan xarakatlanuvchi avtobus yoki yuk avtomashinalaridan quyuq qora tutun chiqayotgani kuzatiladi. U chala yongan uglyerod bo’lib, kuyadan iborat. Tutun avtomobilning nosog’lomligidan xabar byeradi. Lekin dizel yoqilg’isida qo’rg’oshin yo’q, uglyerot oksidi va uglevodorodlar miqdori 50-90 % kam. Gap avtotrasportdan har doim sog’lom holda foydalanishga bog’liq.

Atmosfyera havosining ifloslanishini avtomobillar hisobiga keskin kamaytirishning yo’li ularni gazli yoqilg’idan foydalanishga o’tkazishdan iborat. Bu bilan zaharli gazlarni havoga deyarli 100 marta kam chiqishiga yerishiladi. Shuningdek, neft maxsulotlaridan foydalanish ham ancha kamayadi. Bu hol ham iqtisodiy, ham texnik jihatdan asoslangan. Hozirda O’zbekistonda 13 ming dan ziyod avtomobil tabiiy gaz yoqilg’isi bilan harakat qilmoqda. Lekin bu sohada avtomobillarni tabiiy gaz bilan taminlash darajasi, gaz moslamalarning texnik jihatdan yuqori samaraga etmaganligi tufayli avtomobillarni tabiiy gaz yoqilg’isiga o’tkazish sekin amalga oshirilmoqda.

Neft mahsulotlarining borgan sari qimmatlashib borayotganligi va atmosfyera havosining ifloslanishida avtotransportning hissasi kattaligini e’tiborga olgan holda avtomobillarni elektr toki asosida harakatga keltirish bo’yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Bu holga 70-yillarning boshlaridagi neft krizisi katta turtki bo’ldi. 80-yillarda ishlab chiqilgan Avstraliya elektromobillari tezligi soatiga 130 km ga teng, lekin bir martalik elektr bilan ta’minlash bor-yo’g’i 200 km masofaga etdi. Hali bu borada yuqori texnik samaradorlikka yerishish uchun ko’p ishlar bajarilishi darkor. Rivojlangan mamlakatlarda elektromobillarning eng samarali turini yaratish bo’yicha talay ishlar qilinmoqda, albatta bu mashinalar XXI asrning asosiy avtomobili bo’lib qoladi. Elektromobil shovqinsiz xarakatlanganligi, tashqariga zararli chiqindilarni chiqarmasligi tufayli eng ekologik toza transport turi bo’lib qoladi.

Endilikda Quyosh nurini elektr tokiga aylantirish asosida xarakatga keladigan avtomobil turini yaratish sohasida ham konstruktorlik ishlari olib borilmoqda.

Atmosfyeraga chiqarilayotgan sanoat chiqindilarini tozalash katta amaliy ahamiyatga ega. Gazlarni tozalash deganda ulardan foydali moddalarni ajratib olish yoki ularni xavfsiz holatga keltirish tushuniladi. Shu maqsadda korxona dudburonlariga gaz va changlarni tutib qoluvchi maxsus moslamalarni o’rnatish hamda ularning barqaror samarali ishlashini nazorat ostida bo’lishligiga yerishish amaliy ahamiyat kasb etadi. Oltingugurt angidrididan tozalash maqsadida ammiakli usulni qo’llash bilan sulfit va bisulfat ammoniy olinadi, oltingugurt angidridini neytrallash usulini qo’llash bilan sulfit va sulfat, katalik usulni qo’llash bilan kuchsizroq oltingugurt ishqorini olish mumkin.

Ishlab chiqarish jarayonida har qanday moslamalarning o’rnatilishiga qaramay havoning ifloslanishi sodir bo’lishi davom etadi. Bu borada chiqindisiz va kam chiqindili ishlab chiqarish texnologiyasining qo’llanishi yuqori samara byeradi. Xom-ashyoni majmuali ishlash va mavjud texnologiyani takomillashtirish yo’li bilan chiqindisiz ishlab chiqarishga yerishiladi. Buning natijasida atrof muhitga zararli moddalar butunlay chiqmaydi.

Chiqindisiz texnologiyada ishlab chiqarishni shunday tashkil qilish zarurki, bunda “tabiiy resurslar-ishlab chiqarish-iste’mol-ikkilamchi resurslar” zanjirining har bir tugunida xom-ashyo majmuali foydalaniladi, enyergiya isrof qilinmaydi, mahsulotlar tegishli sohalar bo’yicha foydalanishga yo’naltiriladi. Binobarin, bu jarayonlar negizida atmosfyera havosi butunlay zarar ko’rmaydi. Nihoyatda samarali chiqindisiz va kam chiqindili texnologiya Muborak gazni qayta ishlash korxonasida, Buxoro neftni qayta ishlash majmuasida to’lig’i bilan qo’llanilmoqda, yangitdan qurilayotgan Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida, Talimarjon IESida bu texnologiya hisobga olingan.

Sanoat rivojlangan va transport qatnovi kuchli bo’lgan shaharlarda sanitariya-muhofaza mintaqalari vujudga keltirish ayni muddao. Sababi- sanoat korxonalari odatda 500-1000 metr, ba’zan 5-7 km masofaga qadar atrof muhit havosiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuni e’tiborga olib mazkur mintaqa yashil daraxtzor, butazor va gulzordan yoki o’tloqdan iborat bo’lgani ma’qul. Daraxt avvalo shovqinni yutadi, chang va turli kimyoviy gazli chiqindilarni tozalaydi. 1 ga. maydondagi o’rmon yiliga 32 kg dan 63 kg gacha changni yutadi, uglyerod ikki oksidini yutib kislorod ishlab chiqaradi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish