Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 1,39 Mb.
bet38/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

Qisqacha xulosalar

Ekologiya iqtisodiyotining iqtisodiy mexanizmlari real maqsadga yerishishda ijrochi va bajaruvchining moddiy manffatdorligiga asoslanadi. Shunday mexanizmlarga umumiy harakatdagi institutlar (turli kadastrlar, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minlash tadbirlari, turli to’lovlar, kreditlash, soliqqa tortish bo’yicha imtiyozlar) hamda bozor munosabatlariga o’tish asosida paydo bo’lgan yangi belgilar (ekologik sug’urta, tabiat muhofazasi fondlari, rag’batlantiruvchi baholar, ekologik xizmatlar, shartnoma munosabatlari va boshqalar) kiradi.

Tabiiy resurs kadastrlari – tabiiy resurslar to’g’risida tabiiy-iqtisodiy axborotlarni kadastr shaklida byerishdir. Amaliyotda ularning quyidagi turlari keng qo’llaniladi: yer, suv, o’rmon, foydali qazilma konlari, ovchilik, alohida muhofaza qilinadigan hududlar kadastri va boshqalar. Endilikda tabiiy resurslarning kompleks hududiy kadastrini (TRKXK) tuzish amaliyotga kirib kelayotir. Bu esa bozor munosabatlariga o’tish sharoitida tabiiy resurslarni boshqarish qulay va to’plangan shaklda byeriladigan mukammal va kompleks axborotga ega bo’lishga imkon byeradi.

Tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirishning asosi davlat byudjetlari hisoblanadi. Barcha darajadagi byudjetlarning daromad qismiga tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun tegishli soliqlar, to’lovlar va ajratmalar o’tkaziladi.

Ekologik jamg’armalardan ekologik fondning respublika jamg’armasi va mahalliy jamg’armalari, atrof-muhit sug’urta jamg’armalari, korxonalarning ekologik jamg’armalari tarkib topgan.

Ekologiya sug’urtasi mamlakat hududlarida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar etkazish hollarini nazarda tutib, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mulkini ixtiyoriy va majburiy sug’urta qilish asosida amalga oshiriladi.

Tabiiy-ekologik resurslarga to’lovlar resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlar va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to’lovlar shaklida amalga oshiriladi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlarga yer uchun to’lovlar, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to’lovlar, suv ob’ektlaridan foydalanganlik uchun to’lovlar (suvdan foydalanish huquqi uchun to’lovlar, suv ob’ektlarini tiklash va muhofaza qilishga to’lovlar), o’simlik resurslaridan foydalanganlik uchun to’lovlar, hayvonot olami resurslaridan foydalanganlik uchun to’lovlar kiradi. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko’rsatganlik uchun to’lov undirish tabiiy resurslardan foydalanishning pul to’lash turlaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyatini kompensatsiya, rag’batlantiruvchi, ekologik yo’nalishlar belgilaydi. Bunday to’lovlar normativlarga asoslanib amalga oshiriladi.

Atrof-muhit ifloslanishining iqtisodiy ziyon etkazishini aniqlash metodikasi xalq xo’jaligiga zarar etkazishning qiymat shaklida ifodalangan va ehtimol tutilayotgan zarar ko’rishini yoki ushbu zarar ko’rishning kompensatsiyasiga sarflangan qo’shimcha xarajatlarni tahlil qilish va zarur xulosalar chiqarish yo’nalishi hisoblanadi. Uning ikkita asosiy usuli ishlab chiqilgan: 1) to’g’ri schyot (hisoblash) usuli; 2) empirik yiriklashtirilgan schyot (hisoblash) usuli. Ular tegishli formulalar orqali aniqlanadi. Bunda umumiy ziyon, komponentlar bo’yicha ziyon formulalaridan foydalaniladi.

Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasini hisoblash ularni amalga oshirish xarajatlarini ushbu tadbirlar tufayli yerishilgan iqtisodiy natijalar bilan taqqoslashga asoslanadi. Bu natija resursning buzilishi yoki yo’qotilishi oqibatida sodir bo’lgan iqtisodiy ziyonni bartaraf etish yoki ularning oldini olishning o’lchami (miqdori) bilan ifodalanadi. Iqtisodiy natijalarning ularga yerishish xarajatlaridan oshib ketishi tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi to’g’risida dalolat byeradi. Natijalar va xarajatlar o’rtasidagi farq iqtisodiy samarani ifodalaydi. Iqtisodiy samaradorlikning turli yo’nalishlari tegishli formulalar orqali aniqlanadi.

Ekstyernaliya xarajatlari yoki tashqi samaralar bu iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi (yoki oqibati) bo’lib, u ushbu faoliyatning sub’ektiga ijobiy yoki salbiy (ko’pincha) ta’sir ko’rsatadi. Ekstyernaliya xarajatlari tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan bog’liq holda paydo bo’ladi. Bunda atrof tabiiy muhitning sezilarli zararli oqibatlarsiz ma’lum miqdordagi chiqarmalarni o’ziga olishi (singdirishi) qobiliyati assimilyatsiya potentsiali hisoblanadi. Assimilyatsiya potentsiali hajmidan oshib ketgan chiqarmalar ziyonni keltirib chiqaradi va shunga mos holda ekstyernaliya xarajatlari yuzaga keladi. Ekstyernaliya ta’sirning xilma-xilligiga ko’ra temporal, global, sektorlararo, mintaqalararo, mahalliy turlarga bo’linadi. Atrof-muhitning assimilyatsiya potentsiali (AMAP) o’ziga xos tabiiy resurs bo’lib, u cheklangan yoki kamchil resurs hisoblanadi. AMAP turli usullarda aniqlanadi (renta va boshqalar).




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish