1 — dasia; 2— shtampning yuqori yarmi; J — shtampning pastki yarmi; 4 — andaza;
J— yo'naltiruvchi.
4.54- rasm. Shesternalarni cho'ktirish usulida ta'mirlash shtampi:
Cho'ktirish quyidagicha olib boriladi. Ta'mirlanadigan detal qizdirilib shtampga joylashtiriladi (4.54- rasm). Shtampdan tashqari, 40—50 tonnalik gidravlik yoki qizdirib-shtamplash krivoshipli pressi va termik pech bo'lishi lozim.
0‘tqazish tcshigining diametri o'zgarmasligi uchun birlasha- digan val shakliga va o'lchamiga teng bo'lgan andaza valdan foydalaniladi.
I8XGT poMatidan yasalgan shesternalarni 900—1160” С gacha qizdirib cho'ktirish tavsiya etiladi, 40X po'latidan yasalgan shesternalarni esa 900—1000 *C gacha qizdirib cho'ktiriladi. Sementatsiya qilinadigan po'latlardan yasalgan shesternalar karburatorda qizdiriiadi, o'rtacha uglerodli po'latdan yasalgan shesternalar tuzli vannalarda qizdiriiadi. Cho'ktirishda siljiydigan metall gardishning chekka sirtlaridan yeyilgan tishlar va o'tqazish teshigi tonion suriladi.
rasm Yeyilgan shesternalarni ta’mirlash:
a — gupchakni kesish; b — halqasimon muftani payvandlab qo'yish; d — shesternaiar blokining bir qismini almashtirish.
Shtamp o'lchamlarida, keyingi ishlov berish uchun, tishning qalinligi bo'yicha 1.4—1,5 mm, tashqi diametri bo'yicha 0,5 — 0,8 mm va ichki teshik diametri bo'yicha 1,2—1,4 mm qo'yim qoldirilishi lozim.
Tokarlik va tishkeskich dastgohlarida mexanik ishlov berishdan oldin shesterna 630 — 850°C gacha qizdirilib normallashtiriladi, havoda sovitiladi. Mexanik ishlov berilgandan so'ng shesternaga termik ishlov beriladi. Bu usulda ta’mirlangan shesternaiar, yangi shesternalarga qo'yiladigan talablarga to'liq javob berishi lozim.
Bir tomonlama yeyilgan shesternalarni keyinchalik ishlatish mumkin. Unda shesterna ishlamaydigan tomoni bo'yicha buriladi. Bunda ayrim shesternalarga o'zgartirish kiritish talab etiladi. Masalan, shesterna nosimmetrik gupchakka ega bo'lsa, gupchak- ning bir tomoni, simmetrik bo'lishi maqsadida kesiladi (4.55- rasm, a). Shesterna valga to'g'ri o'tirishi uchun yig'ish paytida valga, gupchakning kesilgan qismiga teng bo'lgan halqa kiygiziladi. Shesternaning qolgan o'lchamlari esa birlashadigan val va boshqa detallarga mos keladi.
Bir tomonlama yeyilgan uzatmalarni almashtirish vilkasi uchun halqasimon ariqchasi bo'lgan suriluvchi shesternaiar, nafaqat yeyilmagan tomoni bilan 180° ga buriladi, balki T5KI0 qattiq qotishmali plastinali keskich bilan gupchakning bir qismi kesiladi (4.55- rasm, b) va qarama-qarshi tomoniga yangi halqali mufta payvandlab qo'yiladi.
Shesternalarning simmetrik joylashishi shesterna tishlari bir tomonlama yeyilganda, ulami yeyilmagan tomonlari bilan ishlashi uchun 180° ga burib qo'yish, tishli uzatmalaming resursini oshirish imkonini beradi. Shesterna burilganda uning tishlari dumaloqlanishi lozim. Qo'zg'aluvchan shesternalarning vilka o‘rnatiladigan yeyilgan ariqchalari, yeyilish izlari yo'qolgunga qadar yo'niladi. Bunda uzatnialami almashtirish vilkasi dastlab eritib qoplanadi, so'ng yo’nilgan ariqcha o'lchami bo'yicha mexanik o'lchov beriladi. Shesterna shlitsalari yeyilgan bo'lsa, unga shlitsali vtulka presslash yo'li bilan ta’mirlanadi (4.53- rasmga qarang).
Dumalash podshipniklarini ta'mirlash
Dumalash podshipniklari ishi jarayonida ulardagi o'q bo'yicha yo'nalgan va radial tirqishlar kattalashadi, transmissiyada shovqin paydo boMadi, ishqalanish qismlari qizib ketadi va qismdagi boshqa detallarning yeyilishi ortib ketadi. Podshipniklarning texnik resursiga val o'qlarining noparallelligi va qiyshiqligi katta ta'sir ko'rsatadi
Dumalash podshipniklarining asosiy nosozliklari quyidagilardan iborat: podshipniklarni korpusga va val bo'yinlariga o'tqa- zishlarning kuchsizlanishi; dumalash sirtlarining yeyilishi; halqalar, dumalash elementlari va separatnrlarning sinishi, uvalanib sinishi; ishqalanish sirtlari rangining o'zgarishiga qadar qizishi.
Dumalash podshipniklari ishqalanish sirtlarining qizishi natijasida ranglari o'zgargan bo'lsa, metali singan yoki darz ketgan, uvalangan yoki dumalash sirtlari o'yilgan, korroziya xarakteridagi o'yiqchalar paydo bo'lgan bo'lsa, ular yaroqsizga chiqariladi.
Podshipniklar maxsus korxonalarda ta'mirlanadi. Ta’mirlashda quyidagi operatsiyalar bajariladi: podshipniklarni qismlarga ajratish, detallarini tekshirish va saralash, halqa sirtlarini jilvirlash, ichki va tashqi yuzalarini xromlash yoki temirlash, dumalash yo'laklarini jilvirlash, podshipnikni kattalashtirilgan o'lchamdagi zoldirlar yoki roliklar bilan komplektlash, separatorlarni moslash va parchinlash.
Rezbali birikmalarni ta’mirlash operatsiyasi ular nuqson- larining xarakteriga bog'liq. Rezbali birikmalarda quyidagi asosiy nuqsonlar uchraydi: rezbaning yeyilishi va uzilishi, uning uvalanib tushishi, rezbali teshiklarda bolt, shpilka stcrjenlarining sinib qolishi, rezba qirralarining o'tkirlanib qolishi.
Rezbali birikmalarni ta’mirlash usullari 4.4-jadvalda keltiril-
gan.
Rezbali birikmalarni ta'mirlash usullari
Rezbaning ta'mirlashdan so'nggi o'lchami
|
Valdagi rezhalarm ta’mirlash usuli
|
Teshikdagi rezbani val rezbasiga moslash
|
Nominal
|
Yeyilgan rezbani kesish. Valni eritib qoplash. Yo'nish, nominal o'lcham bo'yicha rezba kesish
|
Kattalashtirilgan teshikka nominal o'lchamli teshigi bo'lgan rezbali tiqin kiritish.
Yeyilgan rezbani yo'nish. Teshikni suyuq!- antirilgan metall bilan to'ldirish, teshik teshish, yangi rezba ochish. Teshish va rezbani yangi joyda kesish.
|
Kattalashtirilgan
|
Ko'p bosqichli o‘l- chamga ega bo'lgan shpilka yoki bolt yasash.
Valni eritib qoplash, yo’nish va yangi rezba kesish
|
Teshikka kattalashtirilgan rezba uchun ishlov berish
|
Kichik lashti ri Igan
|
Yo'nish va kichiklash- tirilgan o'lchamda rezba kesish
|
Kichiklashtirilgan o'lchamdagi rezbali yangi detal yasash.
Kichiklashtirilgan rezbali tiqin o'rnatish.
Kichiklashtirilgan rezbali tiqin o'rnaiish, teshish va kichiklashtirilgan o'lchamda yangi rezba kesish
|
Rezbali tiqinga rezba faqat birinchi ikki metchiklar yordamida kesiladi. Rezbali tiqinlar yumshoq po'latdan yasaladi.
Rezbali tiqin kiritishdan awal unga moy-bo‘yoq yoki BF-2 yelimi surtiiadi. Tiqin yangi teshikka taqalguncha burab kiritiladi. Tiqin va detal tutashgan joyda teshik teshilib, unga po‘lat stoporlovchi shtift presslab qo'yiladi, bn shtiftlar detallar birikmasini qotib turishini ta’minlaydi. Agar rezba bir necha teshiklarda ta’mirlansa,
birlashtiriladigan detallarning o'zaro to‘g‘ri joylashishini ta’minlash maqsadida ular konduktor bo'yicha teshiladi.
Avtomobil transmissiyasining korpus detallarini ta’mirlash
Korpus detallarining asosiy nosozliklari podshipniklarni o'tqa- zish tcshiklarini va podshipnik uyalarining, o'rnatish shtiftlarining yeyilishi, teshiklardagi rezbalarning yeyilishi, shikastlanishi va teshiklar tutashuv devorlaridagi, yonaki va pastki devorlardagi darzlar, devorlaming teshilishi va boshqalardan iborat.
Teshiklarning o'tqazish yuzalari yeyilganda markazlar orasidagi masofa, vallarning parallelligi va podshipniklarni o'tqazish buziladi, natijada transmissiya detallarining yeyilishi tezlashadi.
Uzatmalar qutisi korpusida val podshipniklari teshiklarining o'qdoshligi, bu o‘qlarning o'zaro parallelligi, markazlar orasidagi masofaning buzilishi uchrab turadi. Bu nuqson uzatmalar qutisi korpusi teshiklarining ilashish muftasi bilan mos kelmasligi natijasida sodir bo'ladi. Korpusning egilishi, qotirish boltlarining notekis qotirilishi, o'tqazish va o'rnatish yuzalari shikastlangan korpus detallari qo'llanilishi natijasida teshiklarning o'qdoshligi buziladi. Korpus devorlarining deformatsiyasi natijasida vallarning parallelligi buziladi.
Korpus detallaridagi nosozliklarni ta'mirlash. Yeyilgan o'tqazish teshiklari aylanuvchi elektrod bilan mikroeritib qoplash, mahalliy tcmirlash, epoksid kompozitsiyasi yoki vcrtikal yo’nish dastgohida GOSTIT1 moslamasi yordamida yo'nib ta’mirlanadi. Tokarlik yoki tesh ish dastgohlarida yo'nilgan teshikka vtulka yoki halqa presslanadi va ular nominal o'lchamgacha yo'niladi.
Uzatmalar qutisi korpusidagi teshiklarni yo'nish moslamasi (4.56-rasm), korpusni qotirish uchun mahkamlagich 2 va 5 li cho'yan plita I, o'rnatish tiqinlari to'plami 6dan (ular yordamida korpus, yo'nishdan awal, plitaga markazlashtiriladi) iborat. Plitaning o'rta qismida pog'onali teshik mavjud. Diametri 180 mm boMgan teshik pastki teshiklarni yo'nishda keskichning chiqishi uchun mo'ljallangan, dastgoh stolidagi diametri 78 mm bo'lgan teshik plitani markazlashtirish uchun baza hisoblanadi.
Uzatmalar qutisining korpusi moslamaning plitasiga o'rnatiladi va o'rnatish tiqinlari yoki dastgoh shpindeliga qotiriladigan indikator kallagi yordamida markazlashtiriladi.
Agar korpus shpindcl o'qiga nisbatan o'rnatish tiqini bilan markazlashtirilsa, uning pastki qismi plita teshigiga, yuqori qismi esa uzatmalar qutisi korpusidagi teshikka kirishi lozim. Teshikka
rasm. Uzatmalar qutisi korpusidagi teshikni markazlashtirish va yo'nish moslamasi:
/ —plita; 2 va 5 — mahkamlagichlar; 3 va 4— boltlar; 6— o'rnatish tiqini;
7—oraliq val orqa podshipnigini o'rnatish teshigini yo'nish uchun andaza.
mexanik ishlov berish rejimi quyidagicha; shpindelning aylanishlar chastotasi 100 — 200 ayl/min; bir aylanishga to‘g‘ri keluvchi shpindelning surilishi xomaki ishlov berishda 0,20 mm/ayl va toza ishlov berishda 0,08 — 0,125 mm/ayl; kesish chuqurligi xomaki kesishda 3,0 mm gacha, toza yo'nishda — 0,02 — 0,05 mm.
Korpus teshigini tokarlik dastgohida yonish. Korpusni qotirishdan avval keskich tutqich chiqarib olinadi, korpusni ko'ndalang supporting karetkasiga shunday qotirish kerakki korpusning o'rnatish devori dastgohning orqa babkasiga qaragan bo'lsin (4.57-rasm). Yo'niladigan teshikka, zoldirli podshipnik
4.57-rasm. IJzatish qutisi korpusi teshigini tokarlik dastgohida yo'nish;
o'rnatiladi va uning te- shigiga keskichli borsh- tanga kiritiladi, u dastgoh babkalariga qotiriladi.
/— support; 2— uzatmalar qutisining korpusi; 3— keskich; 4— borshtanga.
Yo'niladigan kor- pusga tayanch qistir- malar qo'yib qiyshiqligi bartaraf etiladi va xo- mutlar yordamida qo- tirib qo'yiladi. So'ng podshipniklar chiqarib olinadi va korpusdagi teshik yo'niladi. Teshiklari 232
4.58-rasm Orqa ko'prik korpusi teshigini yo'nish uchun moslama:
/ — borshtanga; 2— tiqin-podshipnik; J — keskich li kallak, 4— keskich.
yo'nilayotganda korpus siljib ketishi mumkin, oqibatda markazlar orasidagi masofa va teshik oqlarining parallelligi buziladi. Shuning uchun uzatmalar qutisi korpusida tokarlik dastgohida faqat bir- Ikki teshikni yo’nish mumkin. Bunda har gal korpusning o'rna- tilishini tekshirish talah etiladi. Korpusdagi halqa vintlar yordamida, razvalsovkalab yoki yelim bilan presslab mahkamlanadi.
Orqa ko'prik korpusidagi o‘tqazish teshigini yo'nish moslamasi keskich kallakli borshtanga va ikkita tiqin-podshipnikdan iborat (4.58- rasm). Keskich kallagiga qattiq qotishmadan ishlangan plastinali keskich vintlar yordamida qotiriladi. Borshtanga yo nish dastgohining shpindeliga shtift bilan mahkamlanadi. Dastgohga orqa ko'prik korpusi o'matilgandan so'ng tiqin-podshipniklar qo'yiladi, ularga esa keskichli kallak borshtangasi o'rnatiladi. Borshtanga o'qining shpindel o'qiga mos tushishiga erishilgandan so'ng, boltli siquvchi plankalar bilan korpus dastgoh staninasiga qotiriladi. Ikkala teshik ham keskichning bir xil chiqishida ikki-uch o'tishda yo'niladi. Yo'nilgandan so'ng teshiklarning ovalsimonligi va konusliligi 0,04 mm dan oshmasligi lozim
Korpusning yo'nilgan teshigiga diamctrlari bo'yicha kattalashtirilgan orqa ko'prik vali podshipnigining stakani presslanadi. Agar ta’mir o'lchamidagi stakan bo'lmasa, me’yoriy o'lchamga ega bo'lgan stakandan foydalaniladi, dastlab uni tebranma yoyli yoki flus qatlami ostida eritib qoplash usulida, metall qatlami suyuqlantirib quyiladi. Undan tashqari, yo'nilgan teshikka oraliq halqalar presslanishi mumkin.
Orqa ko'prik korpusi o'qlarining o'qdoshliligi orqa ko'prikning yangi vali yoki indikator kallakli borshtanga moslamasi bilan aniqlanadi
Korpus detallarining podshipnik o'rnatiladigan yeyilgan teshiklari valga qotirilgan, elektr motorning egiluvchan valiga mahkamlangan elektrodlar yordamida mikrosuyuqlantirib qoplash yo'li bilan ta’mirlanadi. Elektrodning aylanishlar chastotasi 100 — 200 ayl/minutni tashkil etadi. Bundan tashqari, ta’mirlashda pnevmodrellar, teshish yoki tokarlik dastgohidan foydalaniladi.
Suyuqlantirib qoplashda diametri 100 mm va kengligi 50 mm gacha boMgan mis disk clektroddan va zanglamaydigan po'lat yoki mis simdan foydalaniladi. Teshik qoplangandan so'ng, uya o'lchamiga mos keluvchi puanson qoqib ishlov beriladi.
Transmissiya agregatlari korpuslaridagi darzlar va teshilishlar elektr yoy payvandlash bilan bartaraf etiladi. Undan tashqari, darzlarni jez bilan payvandlash, kam uglerodli po'lat listlardan yamoq qo'yish yoki yelimlab ta’mirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |