Hashish muftasining yetaklovchi disklari ish yuzalari qanday ta’mirlanadi?
Korpus detallarida qanday nuqsonlar uchraydi va ular qanday usullarda bartaraf etiladi?
Avtomobillarni boshqarish mexanizmlarini va yurish qismlarini ta'mirlash Old o‘qni ta'mirlash
Old o'qning nosozliklari quyidagilardan iborat: old o'q halka- sining, shkvorenning egilishi va buralishi, shkvoren teshiklarining, bobishkalarning, chekka tayanch yuzalarining va ressorlarni qotirish maydonchalarining yeyilishi. Nosozliklarni ta'mirlash. Darz ketgan old o'qlar yaroqsiz hisoblanadi. Egilgan va buralgan old o'q balkalari stcndlar va maxsus moslamalar yordamida tekshiriladi. Balkalar termik ishlovini buzmasdan, sovuqlayin to'g'rilanadi. Shkvoren o'rnatiladigan teshiklar ta’mir oMchamigacha razvyortkalanadi va ularga vtulka qoqiladi. Razvyortkalashda teshiklarning qiyalik burchagini ta'mirlashga katta ahamiyat berish lozim, chunki qiyalik burchagining joylashishi avtomobilni oson boshqarishga va shinalarningyeyilisliiga katta ta’sir ko'rsatadi. Teshiklarni razvyortkalashda normal qiyalik burchagini saqlash uchun konduktordan yoki maxsus moslamadan foydalaniladi. Shkvoren stoporining teshigi yeyilgan boisa, ta’mir oMchamigacha razvyortkalanadi va kattalashtirilgan o'lchamdagi stopor o‘rnatiladi. Bobishkalarning tayanch yon sirtlarining yeyilishi elektr yoy payvandlagichda nominal o'lchamgacha payvandlanadi. Payvandlangan yuzalarga teshish yoki frezalash dastgohlarida maxanik ishlov beriladi. Ayrim hollarda, bobishkalar yeyilganda, yeyilishni kompensatsiyalash maqsadida po'lat shaybalardan foydalaniladi. Ressorlarning qotirish maydonchalarining yeyilgan sirti suyuqlantirib qoplanadi va jilvirtosh bilan jilvirlanadi. Burish kulachoklarini ta'mirlash
Burish kulachoklari nuqsonlarining xarakteriga qarab, ular ta’mirlanishi yoki yaroqsizga chiqarilishi mumkin. Ularning asosiy nuqsonlari quyidagilardan iborat: podshipnik o‘tqazish joyining va shkvoren vtulkasi teshigining yeyilishi, rezbaning yeyilishi va uzilishi, shponka uyalarining yeyilishi, sinish, darz ketish va boshqalar. Nosozliklarni bartaraf etish. Old g'ildirak podshipniklari halqasining o'tirish joylari yeyilganda xromlash. temirlash, qattiq nikellash yo'li bilan metall qatlami qoplanadi. Gaykaning shikastlangan rezbalariga ta’mir o‘lchamidagi rezba kesiladi yoki suyuqlantirib metall qoplanadi va normal o'lchamdagi rezba kesiladi. Burilish kulachoklarining sinishi va sapfalarining darz ketishi, burish richaglari konussimon teshiklarining sezilarli darajada yeyilishi, old o‘q balkalari proushinalari va shponka uyalarining yeyilishi bu detallarni yaroqsiz hisoblashga asos bo'ladi. Burilish kulachoklari shkvorenlarini ta'mirlash
Shkvorenlarda vtulkalar bilan birikuvchi tashqi sirtlar yeyiladi. Shkvoren laming yeyilgan sirtlari xromlab yoki temirlab ta'mirlanadi. Bunda qoplangan xrom qatlamining qalinligi diametri bo'yicha 0,3 mm dan oshmasligi lozim. Shkvorenni ta’mir o'lchamigacha qayta jilvirlash mumkin. Bu holda shkvoren o'qining teshigi yo'niladi vaunga vtulka presslanadi, burilish kulachogining vtulkasi esa kichik teshikliligiga almashtiriladi Rul mexanizmining chervyak va roliklarini ta’mirlash
Chcrvyak va roliklaming ish yuzalarida bo‘sh!iqlar, darzlar, sinishlar, pog'onali yeyilishlar va metall qatlamlab ko‘chgan bo'lsa, ular yaroqsizga chiqariladi.
Chet lari yeyilgan roliklar jilvirlanadi, yigMshda esa qalinliklari kattaroq boMgan tayanch shaybalar o'rnatiladi. Ayrim hollardagina chcrvyakning ish sirtida kichik chuqurchalar va konussimon tayanch sirtlarda yeyilishlar bo'lganda chervyak jilvirlanadi yoki qattiq qotishma qoplangan plastinali keskich bilan yo'niladi. Yo‘nishda karter va podshipniklar orasiga qo'shimcha shaybalar o'rnatiladi. Ressorlarni ta’mirlash
Ressor listining nuqsoni xarakteriga qarab, ular ta’mirlanishi yoki alniashtirilishi mumkin. Ressor listlarning xarakterli nuqsonlariga ressor clastikligining yo'qotilishi natijasida salqilanishining kamayishi kiradi. Bunda ularda darzlar paydo boMadi va ayrim listlar sinadi. Bundan tashqari, ularning vtulkasi o'rnatiladigan teshik, quloqlarning chctlari va listlarning o'zida qalinliklari bo'yicha yeyilish sodir boMadi. Rcssorning o’zak listlari boshqalariga qaraganda ogMrroq sharoitda ishlaydi. Shuning uchun ham ular ko'p sinadi. Ressordagi nosozliklarni bartaraf etish. Normal shaklini va elastikligini yo'qotgan listlar kuydiriladi va shablon bo'yicha egiladi (shablon sifatida yangi listdan foydalaniladi). Bundan so'ng ular toblanadi va talab etilgan qattiqlikkacha bo'shatiladi. Vtulka o'rnatiladigan teshiklar yeyilgan boMsa, unga quloqclialar egiladi. Listning shaklida uncha katta o'zgarish bo'lmasa, ular sovuqlayin listning egilgan tomonidan bolg'a bilan zarb berib parchinlab to'g'rilanadi. Darz ketgan listlar yangisiga yoki ressor poMatidan yasalganiga almashtiriladi. List kerakli oMchamda qizdirilgan yoki sovuq zagotovkadan press qaychilarda kesib yasaladi. So'ng qotirish boltlari o'rnatish teshiklarining o'rni belgilanadi va ular bo'yicha teshiladi. O'zak listga quloqclialar yasaladi. Buning uchun ular 950 — 1000°C gacha mahalliy qizdiriiadi, so'ng listlar yana shu tcmperaturagacha qaytadan qizitiladi. List maxsus shablon listga yotqizilib. kerakli egrilik radiusini olgunga qadar egiladi va toblanadi. Toblash uchun 870 — 900 ‘C gacha qizdiriiadi va 60 °C gacha isitilgan moyga tushiriladi. Listlar 400 — 500 °C temperaturagacha qizdirib bo'shatiladi. YigMshdan oldin listlar yuviladi, grafitli moyda yoki tarkibida 70 — 80 % solidol va 20 — 30 % grafit bo'lgan moyda moylab qo'yiladi. Yig'ilgan ressor pressda salqilikka, ya’ni salqilanganda u qanday masofaga uzayishini aniqlash uchun sinaladi. Ressorga tushuvchi 236 yuklamaning ma’liim qiymatida salqilik strelkasi nolga teng bo'ladi, yuklama olingandan so'ng esa 11 dastlabki salqilik yoyiga qaytishi lozim. Kardan vallar vilkasi krcstovinalarini ta’mirlash
Kardan vallarning krestovinalari shiplari va rezbalari, vilka- larning esa podshipnik teshiklari, rezbalari, shlitslari yeyiladi. Yeyilgan krestovinalar xromlash, suyuqlantirib qoplash, vtulkalarni presslab o'rnatish va plastik deformatsiyalash yo‘!i bilan ta’mirlanadi. Suyuqlantirib qoplangan shiplarning qattiqligi me’yoridan kam bo‘1masligi lozim. Vtulka presslanib, ta'mirlanadigan shiplar dastlab jilvirlanadi. Po'lat vtulkalar 0,03 — 0,06 mm li taranglik bilan presslanadi. Vilkalar shlitsalari ta’mir o'lchamiga qadar cho'ziladi va podshipnik teshiklarining sirtlarini elektr yoyda suyuqlantirib qoplash; shliisali qismni almashtirish va podshipnik teshigiga vtulka presslash yoki teshik sirtini tebranma yoy usulida suyuqlantirib qoplash; vilkani pressda siqish yo'li bilan ta'mirlanadi. Vilkani siqib ta'mirlashda uning shlitsalariga qo'shimcha ishlov bermaslik uchun andaza steijeni o'rnatiladi. Old g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan zoldir tayanchii burish kulachoklarini ta’mirlash
Bunday burish kulachoklarida zoldir yo'laklari, shlitsalar va boshqa sirtlar yeyiladi. Zoldir yo'laklari quyidagicha ta'mirlanadi Kulachok kallagi 550 — 600 °C gacha qizdiriladi, so'ng N3 yoki N4 gaz gorelkasi yordamida suyuqlantirib qoplanadi. Suyuqlantirib qoplashda qo'shimcha material sifatida diametri 2 — 3 mm bo'lgan sormayt N2 materialidan foydalaniladi. Suyuqlantirib qoplashda yeyilgan uchastka 2 — 3 mm qoplanishi, suyuqlantirib qoplangan qatlamning bo'rtishi 0,5 mm dan oshmasligi lozim. Kallak suyuqlantirib qoplangandan so'ng yana bir bor pechda 800—820 °C gacha qizdiriladi va 60 mm uzunligi moyda toblanadi. Suyuqlantirib qoplangan uchastkaning qattiqligi HRC 58-65 oralig'ida bo'lishi lozim. Bo'shatilgandan so'ng detal uchli charx- tosli bilan jilvirlanadi. Dastlab ishlov berish sifati normal o'lchamga ega bo'lgan yupqa bo'yoq qatlami bilan qoplangan zoldirni dumalatib tekshiriladi. Ta'mirlangan zoldir yo'laklarining yakuniy sifati uni zoldir bilan birga yig'ilib tekshiriladi. Zoldirlar diametrlari bo'yicha bir-biridan 0,04 mm dan ortiq farqlanmasligi lozim. Yig'ilgan sharnir to'g'ri holatidan 450 mm yelkada 150 N kuch qo'yilganda 10— 15” ga burila olishi lozim. Qolgan nuqsonlar esa shunga o'xshash boshqa detallarni ta'mirlashdagi kabi ta'mirlanadi.
4.59-rasm. Tormoz barabanini tokarlik dastgohida yo nish: Tormoz barabaniarim ta'mirlash
/ —baraban; 2— moslamani ushlab turuvchi o‘q; 3 — o'q. Tez-tez tormozlash natijasida tormoz harabanlarining ichki yuzalari yeyiladi. Bara- banning yeyilgan yuzalari ta’- mir olchamigacha maxsus moslama yordamida tokarlik dastgohida yoki avtomobilning o'zida yo'niladi (4.59-rasm). Baraban sirtlari 0,6 mm dan ortiq o'yilganda va diametri 4 — 6 mm ga kattalashganda yo'niladi, u darz ketgan va singan bo'lsa, yaroqsiz hisoblanadi. G’ildirak disklarini va gupchaklarini ta’mirlash. Gupchaklarda g'ildirak podshipnigi uyasi va orqa g'ildirak yarim o'qi flanesj qotirish shpilkasining teshigi yeyilishga uchraydi. Gupchakda podshipnikni o'rnatish joyining yeyilishi unga polosa po'latdan, quvurdan yoki po'lat zagotovkadan yo'nib tayyorlangan vtulka presslab ta’mirlanadi. Vtulkani presslash tarangligi 0,05 — 0.15 da amalga oshiriladi va nominal o'lchamgacha yo'niladi. Orqa g'ildirak yarim o‘qi flanesini qotirish sh pi Ikatari teshiklarining yeyilgan rezbalari ta’mir o'lchami bo'yicha rezba ochiladi yoki teshik boshqa yangi joyda teshiladi va unga nominal o'lchamdagi rezba ochiladi. Rezba kesishda o'zaro aJmashinuv- chanlikni buzmaslik va keyinchalik moslashning oldini olish maqsadida konduktordan foydalanish tavsiya etiladi. G'ildirak disklarida konussimon teshiklar yeyiladi, ular zenkerlanib, konussimon shayba payvandlab qo'yiladi. Pachaqlanish va egilishlar sovuq holatda yoki shikastlangan joyni gaz alangasida qizdirib to'g'rilanadi.