a va b — zichlagich sirii. riladi. Undan so‘ng oyna tabaqaga
rasm. Oynani yig'ish moslamasi: a — oboymada; b — ramkada.
siqiladi, shnur uchi ichkaridan o'tkazib tortiladi. Bunda zichlagich- ning cheti oyna tabog'ining qirrasi 4dan tashqariga chiqadi.
Oynani ramkaga va oboymaga qo'lda o'rnatish ma’lum darajada tajriba talab etadi. Bunday operatsiyani bajarish uchun maxsus moslama (4.75-rasm), rezina va yog'ochdan yasalgan bolg'alar, kigizli, rezinali yoki yumshoq matoli qoplamaga ega bo'lgan stol kerak (4. 75- rasm). Oynalarni o'matishda pnevmatik yuritmaga ega bo'lgan bunday moslamalarni qo'llash mehnat unumini oshiradi, oynalarning shikastlanishini bartaraf etadi.
Yig‘ishdan oldin oboymalarning ahvoli va to'g'ri chiziqliligi tekshiriladi, agar zarur bo'lsa, ular maxsus moslamalar yordamida to'g'rilanadi. So'ng kerakli qalinlikka ega bo'lgan zichlovchi qistirma tanlanib, oyna presslanadi va qistirma oboyma chetidagi sathiga teng bo'lgan masofada kesiladi.
Shunga ahamiyat berish kerakki, oyna presslangandan so'ng o'zining eski joyiga zich o'tirsin, aks holda u yomon ko'tarilib tushiriladi. Oboyma bilan yig'ilgan oyna, eshikning ichki oyna tabog'ining tirqishi orqali o'rnatiladi va u oyna ko'targichning richaglari bilan oboymani birlashtiradi.
Kabinani ta’mirlashdan so‘ng yig‘ish. Kabinani yig'ishning o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda awalgi texnologik jarayonlarni bajarishda yo‘l qo'yilgan barcha kamchiliklar oshkor bo'ladi. Shuning uchun ham ayrim paytlarda moslash bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ishlar bajariladi.
Kabinani yig'ish jarayonini yetarli darajada mexanizatsiya- lashtirilmaganligi, asosiy ishlar qo'lda bajarilganligi uchun, bu ishlar juda murakkab hisoblanib, katta mehnat talab qiladi.
Kabinalarni yig'ishda asbob va moslamalarni tanlashga katta ahamiyat berish lozim. Universal asbob va moslamalardan tashqari, ma’lum operatsiyalarni bajarish uchun maxsus asboblar juda ko'p qo'llaniladi. Kabinalarni yig'ishda uchraydigan birikmalarni qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas, ajraladigan va ajralmaydigan turlarga bo'lish mumkin.
Qo'zg'almas ajraladigan birikmalarga boltli, vintli, qo'zg'aluvchan, ajralmas birikmalarga esa payvandlangan, parchinlangan va boshqa shunga o'xshash birikmalar kiradi.
Kabinalarni yig'ishda va ta'mirlashda, ayrim paytlarda, detallarni qotirish turlari o'zgarishi mumkin. Masalan. nuqtasimon payvandlashni gaz payvandlashga; parchinli birikmalarni payvandlashga va boshqalar. Ta’mirlashda ajraladigan birikmalarni ajralmas birikmalarga almashtirish mumkin emas, chunki bunda qaytadan ta'mirlashning imkoni bo'lmaydi.
Kabinalarni yig'ishda eng murakkab operatsiya bu — moslash va oxiriga yetkazish ishlari hisoblanadi. Bu operatsiyalarni bajarishda, asosan, elektr va pnevmatik yuritmali universal asbob va mos- lamalardan foydalaniladi. Ta'mirlash jarayonida olib yuriladigan egiluvchan valli arralovchi uskunalardan ko'proq fovdalaniladi. unga turli xildagi asboblar (abraziv toshlar, duinalor, cgovlar va boshqalar) ni o'rnatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |