O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0*RTA MAXSUS TA’LIM VAZ1RL1G1
0‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Q. H. Mahkamov, A. Ergashev
AVTOMOBILLARNI TA’MIRLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
ToMdirilgan va tuzalilgan
3-nashri
„OQITUVCHT NASHRIYOT-MATBAA IJOD1Y UY1 TOSH KENT - 2008
Taqrizchilar: t.f.d., prof. SH. V. Saidov;
t.f.d., dots. В. M.
Iminjonov;
Mirzo Ulug'bek nomli sanoat kasb-hunar kolleji kasbiy tayyorgarlik bo'yicha direktori muovini Z. G‘aniyev.
Ushbu darslik avtomobillarni ta'mirlash fanining namunaviy dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda avtomobillarni ta’mirlash asoslari, avtomobillarni tubdan ta’mirlash
texnologiyasi, detallarni ta'mirlash usullari,
ularning tasnifi va mazmuni, ta'mirlash samaradorligini oshirish hamda jarayonlarni ixtisoslashtirish masalalari bayon etilgan.
Darslik kasb-hunar kollejlarining 020001 — „Avtotransportni ishla- tish va ta'mirlash" yo'nalishida talim olayotgan o'quvchilar uchun moMjallangan bo'Iib, undan ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalarining ishchilarini kasbga o'rgatishda ham foydalanish mumkin.
. 4307000000 —90 л
A — Qal. bnyurl.—21)08. © ,.0-qituvchi“ NMILI. 2005.
353(04) - 2008 © „O'qiiuvchi" NMIU. lo'ldirilgan va ISBN 978—9943—02—072—6 tuzaiilgan 3-nashri. 2008.
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatda avtomobil ishlab chiqarishga asos solindi va respublika taraqqiy etgan avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga qo'shildi. Bu o‘z-o‘zidan ulanga texnik xizmat ko'rsatish, ta’mirlash sifati va madaniyatini yanada oshirishni talab qiladi. chunki hozirgi paytda respublika xalq xo'jaligi barcha jabhalarining laraqqiyoti avtomobil transportidan samarali foydalanish bilan uzviy bog'langan.
Avtomobillardan foydalanish jarayonida ularning agregat va qismlari, detallarining yeyilishi va shikastlanishi natijasida ular ish xususiyatini yo'qotadi.Ishlatish davrida uning yo'qotilgan xusu- siyatlarni tiklash uchun avtomobillarning agregat va qismlarini ta’mirlash talab etiladi.Ta’mirlash sifati ко
гр jihatdan chilangarning bu sohada olgan bilimi va uning samarali ta’mirlash usullarini tanlay olish qobilyati hamda malakasiga bog'liq. Bu masalalar ko‘p jihatdan avtomobil va motorni ta'mirlash fanini o‘rganish jarayonida o‘z yechimini topadi.
Darslik avtomobillarni ta'mirlash fanining o'quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, u o‘quvchilarga avtomobillarni maxsus ta'mirlash korxonalarida ularning agregat va qismlarini tubdan ta’mirlash texnologik jarayonlarini amalga oshirish usullarini
o
rgatishga, avtomobillarni ta’mirlash korxonalarida mehnatni me’yorlash va ta’mirlash korxonalarining ishlab chiqarish bo‘lim- larini loyihalash asoslari to‘g‘risida umumiy tushunchalar berishga bag'ishlangan.
Darslikning 2002-yilda nashr etilgan birinchi nashridan so‘ng o‘tgan davr ichida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti muno- sabatlarining qaror topib borishini hisobga olgan holda darslik qayta ishlanib, o‘zgartirishlar va yangiliklar kiritildi. Bugungi kunda markazlashgan yirik tuhdan ta’mirlash korxonalari faoliyatining
asta-sekin pasayib borishi, mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarish, ularga texnik servis xizmati ko‘rsatish va ta’mirlashning rivojlanishi kabi omillar an’anaviy ta’mirlash
tizimida sezilarli 0‘zgarishlar sodir bo‘1ayotganini ko'rsatmoqda. Rejali-ogohlan-
tiruvchi texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash tizimi o'rnini texnik servis tizimi egallay boshladi. Shu sabahli texnik servis ko‘rsatish tizimida avtomobillarni joriyva tubdan ta'mirlash ishlarining ulushi ortib bormoqda.
Ushbu darslikni yozishda mualliflar Toshkent davlat tcxnika universiteti professor va o'qituvchilarining shu sohada olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari
va amaliy tajribalaridan, shuningdek, o'zlarining shu universitetda ko‘p yillar davomida o‘qigan ma’ruza- laridan foydalandilar.
Mualliflar darslik to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini biJdirgan kitobxonlarga o‘z minnatdorchilikiarini bildiradilar.
BOB. AVTOMOBILLARNI TA’MIRLASH