sharoillarda texnik scrvisni yaxshilash nuqtayi nazaridan ularni sertifikatsiya qilishning dolzarbligini oshirdi. Sertifikatsiya—sifatni nazorat qilish tizimidir.
Ma'lumki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun sifat tizimidan foydalanmaydigan firmalar, sifatsiz niahsulotning qaytib kclishi oqibatida, barcha ishlab chiqarish hajmining umumiy bahosidan 20
% atroflda mablag' yo'qotadilar.
Mahsulot sifati — bu mahsulot xususiyatlarining yig'indisi bo'lib, uning vazifasiga mos bo'lgan aniq chtiyojlarni qondirishga yaroqliligidan kelib chiqadi.
Har bir mahsulot o'zining sifat ko'rsatkichlariga ega. Mahsulot sifatining ko'rsatkichi — mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki iste'mol qilish aniq sharoitlariga nisbatan qaraladigan, uning sifatiga kiradigan bir yoki bir necha xossalarini ifodafovchi miqdoriy tavsifdir.
Avtomobillarning sifat ko'rsatkichlarini texnik va texnologik ko'rsatkichlarga ajratish mumkin.
Avtomobil
sifatining texnik Ko'rsatkichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mo'ljallanishi — uning yordamida bajarishi mo'ljallangan asosiy vazifalarni aniqlaydigan xossasini tavsillaydi;
puxtaligi — avtomohilning puxialigini tashkil etuvchi bir yoki bir ncchta xossaning miqdoriy tavsifidir;
ergonomikligi — inson—mashina tizimini avtomobildan foydalanish qulayligi va shinamligi nuqiayi nazaridan tavsiflaydi;
ekologikligi — yanada inurakkabroq, inson — mashina — nnihit tizimini avtomobildan foydalanish jarayonida tabiatga zararli la'siri nuqtayi nazaridan tavsiflaydi;
estetikligi — shakl ratsionalligi, konipozitsiyaning bir butunligi va avtomobildan foydalanishning mukammalligini tavsiflaydi;
patent huquqi — avtomobilda ishlatilgan texnik yechimlarning
yangilanish darajasi, ularning patent bilan himoyalanganligi, shuningdek, to'sqinliksiz xorijda amalga oshirish imkoniyatini lafsiflaydi.
Avtomobil sifatining
texnologik Ko'rsatkichlari o'?, ichiga quyidagilarni oladi:
texnologiyalilik — konstruksiyaning uni tayyorlashga va foydalanishga
moslashganligini tavsiflaydi;
transportabellik — avtomobilni u mo'ljallangan vazifasi bo'yicha ishlatishdan bo'lak bo'lgan, boshqa joyga tashish (ko'chi-rish)ga moslashganligini tavsiflaydi;
standartlash va bir xillashtirish — avtomobilni standartlar, bir xillashtirilgan va original
qismlar bilan jihozlanganligi, shuningdek,
32