va boshqa texnik
shartlar bilan chegaralangan, boshlang‘ich (chizmadagi) ko‘rsatkichlardan chctga chiqishlari bo'lniagan detallar kiradi. Ta’mirlanadigan detallar guruhiga yeyilish miqdori va boshqa chctga chiqishlar texnik shartlar bo‘yicha ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketmagan va ularni tiklash iqtisodiy jihatdan maqbul bo'lgan detallar kiradi. Yaroqsiz detallar guruhiga yeyilish miqdori yoki yeyilish darajasi ni tiklab bo'lmaydigan yoki ularni tiklash iqtisodiy jihatdan nomaqbul detallar kiradi.
Ta’mirlash korxonalarida detallarni saralashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
ko'rinadigan nuqsonlarni aniqlash uchun detallarning sirtini ko'zdan kechirish, ya’ni uning umumiy texnik holatini tekshirish, yorilishlar, eshilishlar, tishlashishlar, yopishib qoiishlar va boshqa nuqsonlarni aniqlash;
yeyilish miqdorini aniqlash uchun o'lchov asboblaridan foydalanish;
dctallardagi yashirin (ichki) nuqsonlarni maxsus asboblar bilan moslamalar va qurilmalar yordamida aniqlash.
Avtomobil detallarida quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin: bukilish, buralish, belgilangan
oMchamdan chetga chiqish, ish yuzalarida notekisliklar paydo bo'lishi, noperpendikularlik va noparallellik. Avtomobillaming mas’uliyatli detallari (tirsakli val, shatun, rul mexanizmi detallari va boshqalar) dagi bukilish, buralish, markazdan chetga chiqish va ish yuzalaridagi notekis- liklarni aniqlash uchun tekshirish plitalaridan,
maxsus prizma va markazlardan, chizg‘ichlardan, tirqish va burchak o'lchagichlardan, indikatorlardan foydalaniladi. Noperpendikularlik, noparallelliklarni va murakkab tuzilishga ega bo'lgan detal sirtlari o'qlarining o‘zaro joylashishining buzilishini aniqlash uchun soat turidagi indikatorli yoki optik asbobli maxsus moslama va qurilmalar ishlatiladi.
Yashirin tashqi va ichki darzlar kabi nuqsonlarni dctalni buzmasdan nazorat qilish mumkin. Runga magnit, fluoressent, ultratovush usullari kiradi.
Po'lat va cho'yandan tayyorlangan dctallardagi yashirin darzlami aniqlash ning keng tarqalgan va yetarlicha aniq usullaridan biri — magnit defektoskopiyasi yordamida mas'uliyatli
detallar tekshiriladi, chunki avtomobil harakatining xavfsizligi mazkur detallarning texnik holatiga bogliq. Bunday defektoskopiya asbobi o
lzining oddiyligi va dctalni tekshirish uchun uncha katta vaqt talab qilmasligi bilan ajralib turadi.
Magnit defektoskopiyasi quyidagicha amalga oshiriladi. Tek- shiriladigan detaldan magnit oqimi o‘tkaziladi. Agar detalda darz
— Avtomobillarni ta'mirlash 49
2.1- rasm. Magnit oqimining yo‘nalishini aniqlash
sxemasi.
bo'lsa, magnit o'tkazuvchanlik bir xil bo'lmaydi (magnit qarshilik bir xil bo'lmaydi). ya'ni magnit oqimining qiymati va yo'nalishi o'zgaradi (2.1- rasm).
Darzlar chegarasida magnit qutblari hosil bo'ladi, ular magnit manbayi uzilgandan so‘ng, o'zlarining magnit maydonini hosil qiladi. Bunday magnit maydonni aniqlash uchun detaining tck- shiriladigan yuzasi maxsus suspenziya—ferroniagnitli tcmir oksidi kukuni (I I dizel yonilg'isi yoki kerosinga 50 g magnit kukuni) bor suyuqlik bilan qoplanadi. Buyumda darz bor joyning pcrimctri bo'yicha kukunli maydoncha hosil bo'ladi, u darz chcgarasini aniq ko'rsatadi (2.2- rasm). Detallarni magnitlash yo'nalishi unda bo'lish ehtimoli bo'lgan nuqson (darz) ning joylanishiga bog'liq. Yuzadagi ko'ndalang joylashgan nuqsonni aniqlash uchun magnitlashni bo‘ylama yo'nalishda o'tkazish lozim.
Bo‘ylama nuqsonlarni aniqlash uchun esa detalni magnitlashni aylamna Lisulda olib borisli kerak.
Nuqsonlarning joylashishidan qat'iy nazar, ularni aralash magnitlash sxemasi asosida aniqlash ko'proq qo'llaniladi.
Ta’mirlash korxonalarida qo'zg’almas M-217, SNV-3, IJMD- 900 va qo‘zg'aluvchan 77
PMD-3M, PMD-68 magnit defektoskoplari ishlatiladi. Magnit defektoskopi yordamida po'lat va cho‘yandan yasalgan detallardagi nuqsonlarni aniqlash mumkin. Bunday usulda rangli metallardan yasalgan detallardagi nuqsonlarni aniqlab bo'lmaydi. chunki ular magnitlanish xossasiga ega с mas. Rangli metalldan tayyorlangan detallar uchun fluoressent (lumi- nessent) defektoskopiyasi usuli qo'llaniladi. Bunda detalga fluoressent eritmasi surtiladi (mo'yqalam yordamida yoki detalni fluoressent eritmali vannaga botirib olish yo'li bilan). Fluoressent suyuqligi yuzani ho'llash
va yoriq ichiga kirib borib, unda ushlnnib qolish xususiyatiga ega. 10—15 minutdan so'ng fluoressent suyuqligi detal yuzasidan 0,2 MPa bosimli sovuq suv oqimi bilan yuvib tashlanadi. Keyin detal isitiigan va siqilgan havo yordamida quritiladi. Detaining quritilgan yuzasiga silikagel kukuni purkaladi. Quruq kukun yoriqlardagi fluoressent suyuqligiga suriladi. Agar mazkur