Qarshi davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.04.2020
Hajmi1,26 Mb.
#43584
  1   2   3   4
Bog'liq
yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan biklashda qollaniladigan payvandlash materiallari tahlil


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI  

FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI 

KASBIY TA’LIM KAFEDRASI 

 

 



 

 

5111000- Kasb ta’limi (5310600-Yer usti transport tizimlari va ularni 



ekspluatasiyasi) ta’lim yo‘nalishi

 talabasi    

Haydarov Husniddinning  

 

«Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan tiklashda                                                      



qo’llaniladigan payvandlash materiallari tahlili »  mavzusidagi 

 

BITIRUV  MALAKAVIY  ISHI   

 

“Himoyaga tavsiya etilsin”  



Fizika matematika fakulteti 

 

 



 

          

dekani __________ prof. A.Tashatov  

              

“____” _____________2016 yil  

                                                                                                                                                                                                           

 

                                                                 



      Ilmiy rahbar:              I.Qosimov 

 

                                            



 

 

 



 

Qarshi  – 2016 yil 



 

KIRISH……………………………………………………………………………3 

I.UMUMIY QISM 

1.1. Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy  tushunchalar…….....…………..….5 

1.2. Detallarni qayta tiklash tajribasidan qisqa ma`lumotlar …..………………….5  

1.3. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma`lumotlar………………10  

II. ASOSIY QISM 

2.1.  Payvandlash,  qoplash  va  purkash  usullarida  qo’llaniladigan  

materiallar xaqida umumiy ma`lumotlar…………………………...……….........25 

2.2.Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari. .………………...............25  

2.3. Payvandlash, qoplash, purkash kukunlari va kompozitsion materiallar..........29  

2.4. Ayrim istiqbolli usullar bilan qoplashda va purkashda qo’laniladigan  

aralashma materiallarning taxlili………………………………………….............32  

2.4.1. Gaz alangasi bilan kukunli materiallarni qoplash…………………..............32   

2.4.2. Kontakt payvandlash usuli bilan kukunli materiallarni qoplash…...............34  

2.4.3.  Plazma  yoyi  yordamida  kukunli  va  simli  materiallarni  qoplash tahlili.36  

2.5.  Payvandlash    usullarida  qo’llanadigan  ishchi  gazlar  xaqida  umumiy  

ma`lumot…………………………………………………………………………38 

III.ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH QISMI 

3.1.  Ta`mirlash  korxonasining  asosiy  ko’rsatkichlarini hisoblash.................... 41  

IV. IQTISODIY QISM 

4.1.  YAngi  usul  bilan  detallarini  qoplash,  qayta  tiklash  va  puxtalashning  

iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash………………………..............46 

V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI  

5.1.Umumiy ma`lumotlar………………………………………………………...50  

5.2.Payvandlash,  qoplash  va  purkash  usullarida  texnika xavfsizligi….............57  

VI. XULOSALAR VA TAKLIFLAR…………….…………………………......54  

VII. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………...………………….56  



 

KIRISH 

Bitiruv  malakaviy  ishning  dolzarbligi.  Transport  vositalarini    jadal  

rivojlantirishning    asosiy    shartlaridan  biri  bu  texnik  modernizatsiya  qilish,  yoki 

boshqacha  aytganda,  ilmiy-texnik  rivojlanishning    yutuqlariga    asoslangan    yangi  

texnika    va    texnologiyalarni  avtomobil  ishlab  chiqarish  jarayonlariga  joriy  etish 

hisoblanadi.  

Ushbu    muammoni    echish    maqsadida    oxirgi    yillarda    O’zbekiston 

xududiga  AQSH,  Germaniya,  Koreya,  Xitoy,  Rossiya  davlatlarida  zamon  

talablariga  javob  beradigan  va  u  yerlarda  ishlab  chiqilgan  avtomobil  jihozlari  va 

qismlari    olib  kelinmoqda.  Lekin,    O’zbekistonga    yangi    texnika    olib    kelinishi  

texnikaga  bo’lgan ehtiyojini  yaqin  o’rtada  bari-bir  qoniqtirmaydi.  SHu  sababli  

mavjud texnikalarni  yangi  texnologiya,  texnikalar  yordamida  tiklash,  ularning 

mustahkamligini  oshirish  va  ishlash  muddatini  uzaytirish  dolzarb  masala  bo’lib 

qolmoqda.  

Tadqiqot predmeti va ob’ekti: Transport vositalaida ishlatiladigan detallar 

va  uzellarni  tiklash,  avtotransport  korxonalari  va  MTPlar  hududlarida  tashkil 

qilinadi. 

BMIning 

maqsadi

Yeyilgan 

detallarni 

tiklashda 

qo’llaniladigan 

payvandlash  materiallarini  tahlil  qilish  va  detallarni  tiklashning    istiqbolli 

usullaridan  avtomobilsozlikda  ishlab  chiqarishini  yangi  namunadagi  mashina  

va jihozlar bilan texnik va texnologik yangilashda, ularni son jihatidangina  emas, 

balki, sifati va ishonchliligini ham oshirish, ayniqsa, buzilmasdan ishlashi, xizmat 

muddati va saqlanuvchanligini oshirish ham ko’zda tutiladi. 



BMI ning vazifasi: 

1.Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy  tushunchalarni ilmiy va nazariy jihatda 

tahlil qilish. 

2. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma’lumotlarni o’rganib chiqish

3.  Payvandlash  va qoplash ishlarini  amalga  oshirish uchun  ishlatiladigan  jihoz va 

uskunalarni konstruksiyasi, ishlash prinsipini o’rganish.  

4.  Payvandlash,  qoplash  va  purkash  usullarida  qo’llaniladigan  materiallar  haqida 

umumiy ma`lumotlar to’plash va fizik,kimoyiy tarkibini o’rganish. 



 

5.  Istiqbolli  usullar  bilan  qoplashda  va  purkashda    qo’laniladigan  aralashma 

materiallarning taxlil qilish. 

6. Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash. 

7.  Payvandlash,  qoplash  va  purkash  usullarida  bilan  ishlashda  texnika  xavfsizligi 

va gigenasi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 



Mavzuni o’rganilishining qiyosiy tahlili:   Bugungi  kunda  xalq  xo’jaligining  

avtomobilsozlik,        avtomobillar  yo’llarini    hamda    binolar    qurilish    kabi  

sohalarida    ishlab    chiqarilayotgan  mashina,  jihoz  va  asbob-uskunalarda  ilmiy-

texnik rivojlanish yutuqlarini joriy  etish,  yangi  turdagi  istiqbolli  materiallardan  

keng    foydalanish  natijasida    ularning    sifat    va    ishonchlilik    ko’rsatkichlari    tez  

sur`atlar  bilan  ortib  bormoqda.    Avtomobilsozlik    sohasida    ham    mavjud  

texnikalarga    texnik    xizmat  ko’rsatish  va  ta`mirlash  bo’yicha  yangi  tizim  joriy 

etildi..Ammo    hukumatimiz    tomonidan    mashinalar    sifatini    va  ishonchliligini  

oshirish    borasida    amalga    oshirilayotgan    yangi    va    samarali  chora-tadbirlarga  

qaramasdan  qishloq  xo’jaligida  xizmat  muddati  tugagan, sifati  va  ishonchliligi  

bugungi    kun    talabiga    javob    bermaydigan  texnikalardan  ham  foydalanilmoqda. 

Bunga  detallar  resursini  mashinaning  umumiy  resursidan  kamligi asosiy  sabab  

bo’lmoqda.   

BMI  ning  ilmiy  yangiligi. 

Yeyilgan  detallarni  istiqbolli  usullar  bilan  tiklashda 

qo’llaniladigan  payvandlash  materiallari  tahlili  bo’yicha, 

tarkibida    qattiq  

qotishmalari  bo’lgan  kukun  kompozitsion materiallar,  qayta  tiklangan  yuzaning  

geterogen  strukturali  bo’lishini taminlab,  o’zining  yuqori  qattiqligi  va  boshqa  

o’ziga  xos  xossalari tufayli,  qayta  tiklangan  detallarning  abraziv  va  boshqa  

eyilish  mexanizmini  yaxshi  tomonga  o’zgartirib  ularning  eyilishga  chidamliligini 

o’nlab martoba ortishini taminlashi aniqlandi. 

BMI  ning  amliy  ahamiyati:  Tadqiqot  natijasida  qayta  tiklangan  detallarni 

mashinaning  butun  xizmat  davrida  almashtirilmaydigan  detalga  aylantirish 

mumkin bo’ladi.  

 

 

         



 

I.UMUMIY QISM 

1.1. Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy  tushunchalar  

Har  qanday  avtomobilni  ishlatish samaradorligi  ko’pincha ularning    yig`ish  

birliklari  va  detallarning  ishonchliligiga  bog`liq.  

Ishonchlilik    birinchi    ishga    tushirilgan    yangi    mashina    uchun    xam,  

kapital remont qilingan mashina uchun xam muxim.  

Mashinaning  ishlashi  jarayonida  uning  detallari  ish  sirtlarining  shakli  turli 

yuklamalar  va  atrof-muxit  ta`sirida  asta  o’zgara  boradi;  qo’zg`aluvchan 

birikmalardagi  oralik  masofasi  o’zgaradi    va    qo’zg`almas    birikmalardagi  

taranglik  buziladi;   

detallarning  elastikligi,    magnitlanuvchanligi    va    boshqa    xususiyatlari  

yo’qoladi;  

ularning o’zaro joylashi buziladi; natijada shesternyalarning  tishlashish  

sharoitlari yomonlashadi, qo’shimcha yuklar va titrashlar paydo bo’ladi;  

qurum  va    quyqa    qatlamlar    xosil    bo’lib,    qizigan    detallardan    issiqlik    chiqib 

ketishi    susayadi    va    xakazo.    Natijada    mashina    ishonchliligniing    asosiy 

ko’rsatkichlari pasayadi va yomonlashadi.  



1.2.Detallarni qayta tiklash tajribasidan qisqa ma`lumotlar 

Transport vositalarini ta`mirlash jarayonida 70% xarajatlar yangi  zaxira  qismlarni  

olish  va  ularni  ishdan  chiqqan  detallarni almashtirishga sarflanadi. Detallarni 85 

% da eyilish chegaralari 0,3 mm dan  oshmaydi.  Ularning  qoldiq  resurslari  60%  

va    undan    yuqori    bo’ladi,  faqat    20%    ni    qayta    tiklash    imkoniyati    yo’q.  

Tiklangan    zaxira    qismlar,  rivojlangan  mamlakatlarning  bozorida,  aksariyat 

ko’pchilikni tashkil etadi va  ularning  narxi  yangi  detallarga  nisbatang 1,5-2,5 

barobar  orzon  bo’ladi hamda ishlash muddati yangiga nisbatan kam emas.  

Hozirda texnikalarni va zaxira qismlarning narx-navosi ancha yuqori  

bo’lganligi    sababli    transport  vositalari  mahsulatlarini    ishlab    chiqaruvchi 

korxonalar qayta tiklangan detallardan foydalanishga majbur bo’lmoqda. Transport 

vositalarini  ta`mirlashning    iqtisodiy  samaradorligini    oshirishda    detallarning  

qoldiq  ish  muddatidan foydalanish katta axamiyatga ega.   


 

Avtotraktorlar  va  qishloq  xo’jalik  mashinalarining  barcha  detallarni  ish 

muddatlariga qarab uch guruxga bo’lish mumkin.   

Birinchi guruxga o’z ish muddatini to’liq o’tagan va ta`mirlash paytida  

yangisi    bilan    almashtirilishi    lozim    bo’lgan    detallar    kiradi.    Bunday  detallar 

nisbatan oz bo’lib, barcha detallar sonining 25-30 % tashkil etadi.  

Bu    guruh    detallarga    porshenlar,    porshen    xalqalari,    podshibniklarning 

vkladishlari,  turli  vtulkalar,  dumalanish  podshibniklari,  rezinatexnik buyumlar 

va boshqalar kiradi.  

Ikkinchi  guruh  detallarni  (25-30  %)  ta`mirlamasdan  yana  ishlatish  

mumkin. Bu guruh detallarga ish sirtlari joiz chegarada eyilgan detallar kiradi.  

   


Uchinchi    guruhga    detallarning    asosiy    (40-50%)    kiradi.    Ulardan 

ta`mirlangandan  keyingina  qayta  foydalanish  mumkin.  Bu  guruhga  ancha  

qimmat  va  murakkab  shakldagi  detallar,  masalan,  tsilindrlar  bloki, tirsakli val, 

uzatmalar qutisining karteri, orqa qo’prik, taqsimlash vali va  shular  kabi  qisimlar  

va  detallar  kiradi.  Bu  detallarni  tiklash  narxi ularni tayorlash narxining 10-50 

% dan oshmaydi.  

Transport  vositalarini    ta`mirlash,  iqtisodiy  samaradorligini  oshirishning 

asosiy manbai ikkinchi va uchinchi guruh detalarining qoldiq  

ish muddatidan foydalanishdan iborat.  

Adabiyotlardagi  malumotlarga  ko’ra  qayta  tiklanuvchi  detallar geometrik 

shakli,  nuqsonining  xususiyati  va  texnologik  xususiyatining  umumlashganligiga 

qarab  xam  klassifikatsiyalanishi  mumkin.    Detallarni    klassifikatsiyalash  

namunaviy  va  boshqa  turdagi texnologik  jarayonlarni  ishlab  chiqish,  bir-biriga  

o’xshash    detallarni  tiklashda  qo’llash  uchun  universal  texnologik  jihoz  va 

moslamalar  yaratish,  qulay    ish    joyini    yaratish,    ishlab    chiqarishni    ratsional  

tashkil    etish  kabilarga  imkon  beradi.  Akademik    SH.U.Yo’ldoshev    qayta  

tiklanishi    mumkin    bo’lgan  detallarning    quyidagi    (1.1-rasm)    sodda    va    qulay 

geometrik  shakllarini ko’rsatgan. 

 


 

 

Rasm 1.1. Detallarining ishchi yuzasi bo’yicha klassifikatsiyasi 



   

SHakli bo’yicha detallar sirtining eyilishi quyidagicha taqsimlanadi:  

tsilindrik sirt 52 %, konussimon va sferik sirt 3 %, shlitslar 3 %, pazlar,  

ariqchalar, lisonlar 5 %, rezbalar 10 %, tekis sirt 1 %, shesternya tishlari  

2 %, profil va fason sirtlari 1 % tashkil etadi.   

A.V.Polyachenko  texnik  xujjatlarda  transport  vositalarining  qayta  tiklash 

ko’zda  tutilgan  430  nomdagi  detallarning  eyilish  turlarini  o’rganish    natijasida  

ularni    asosiy    turlari    bo’yicha    quyidagi  taqsimlanishini    aniqlagan:    abraziv,  

gidroabraziv    va    gazoabraziv  eyilishlar    47    %    ni,        fretting-korroziyadagi  

eyilishni    16    %,    adgezion    va    erozion  eyilishlar  14  %,  toliqib  eyilish  12  %, 

boshqa eyilishlar 11 %.   

Mashina    detallarida    uchraydigan    nosozliklarning    turlari    bo’yicha  tarqalish 

darajasi esa 1.2. rasmda keltirilgan.  

 


 

 

Rasm 1.2. Mashina detallarida uchraydigan nosozliklarning   



turlari va tarqalish darajasi 

  Qashqadaryo    viloyati    avtotraktor,  qishloq  xo’jalik  mashinalarining    tez 

eyiluvchi, hamda eyilish natijasida ishdan  chiqib,  mexanizm  va  mashinalarning  

ish    resursini    kamaytiruvchi  detallari,    jumladan,   

GAZ-53A,    ZIL-130,    MAZ-500

,  


DAMAS    avtomobillari  uzatmalar    qutisi    vallari,    VOM    (kuch    uzatish    vali),  

etaklovchi    g`ildirak yarim    o’qi,  rezbali  detallar,  taqsimlovchi  val,  oldingi  

ko’prik  yarim  o’qi,  tirsakli  vallar,  plunjer  juftliklari,  Isuzi  avtobuslari  suv  

nasoslarining  vallari, roliklari, shlitsali vallari va h.k. kabi 50 dan ziyod nomdagi 

detallarning eyilish  darajasi  aniqlandi  va  adabiyotda  bor  malumotlar    bo’yicha  

barcha materiallar tahlil  qilindi.    

Unga ko’ra ATK va xo’jaliklarda qo’llanilayotgan avtotraktor, qishloq  

xo’jalik texnikalarida eyilgan detallarning aksariyat qismi, ya`ni 85-87%   



 

“val”    shaklidagi    detallardir.    Ayniqsa,    transmissiya,    shassi    vallari  murakkab  

shaklga    va    ko’p    metall    sig`imiga    egaligi,    hamda,    nisbatan  qimmatbaholigi 

bilan ajralib turadi. Bularda  eyilish asosan 0,3 mm gacha  

ekanligi aniqlandi.  

Uch  xil  markadagi  avtomobillar  qayta  tiklanuvchi  detallarining  

konstruktiv-texnologik  ko’rsatkichlari  bo’yicha  tarqalish  darajasi  1.3.1.4. 

rasmlarda keltirilgan. 

 

Rasm 1.3. Qayta tiklanuvchi detal materiali tarkibidagi uglerod miqdori 



bo’yicha tarqalishi 

 

Rasm 1.4. Qayta tiklanuvchi detallarning qattiqligi bo’yicha  tarqalishi 



 

Avtotraktor va boshqa texnikalar detallarining asosiy metall bo’yicha  

tarkibi o’rganilganda (1.1-jadval) po’lat detallar 79,9 % ni, cho’yan detallar  

18,5 % ni tashkil etar ekan. Ularning ichida eng ko’p tarqalgani    45 markali  

po’lat ekan.      


 

            Po’latlarning asosiy markalar bo’yicha taqsimlanishi   

Jadval-1.1 

 

1.3. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma`lumotlar.  

Payvandlash va qoplash usullari mashina detallarini ta`mirlashning  

eng asosiy usullari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta`mirlash korxonalarida  

payvandlash  va  qoplash  usullari  bilan  55%  dan  ortiq  detallar  qayta  

tiklanmoqda.    Eyilgan    detallarni    qayta    tiklashda    qo’llaniladigan    usullar 

bo’yicha ma`lumotlar jadval 1.2. keltirilgan.  

Detallarni qayta tiklash usullari 

Jadval- 1.2 

 


 

Ta`mirlashda  shu  usullarning  keng  qo’llanishi    quyidagi  omillar  

bilan    ifodalanadi:  ularning  unumliligi  va  jarayonning  nisbatan  

oddiyligi,    qoplangan    qatlamning    asosiy    metall    bilan    mustahkam  birikishi, 

sifatli qoplama olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, eyilishga  

chidamliligi, oshirilgan qayishqoqligi va xakazo).  

YUqoridagi jadvalda keltirilgan  ayrim payvandlash, qoplash usullar  

bo’yicha qisqa taxliliy ma`lumotlarga to’xtalamiz.  Flyus qatlami ostida avtomatik 

va  yarim  avtomatik  payvandlab  qoplash.  Jarayon  yuqori  unumdorligi  bilan 

xarakterlanadi, bir soatda 35 kg metallni, 2 daqiqada esa 30...40 sm2 gacha yuzani 

qoplash  mumkin.  Usulning  afzalligi    shundaki,    qoplangan    metallni        legirlash  

yo’li        bilan    kerakli    fizik-mexanik  xossalarga  ega  bo’lgan  qatlamni  olish 

mumkin.   

Avtomatik va yarim avtomatik payvandlab qoplashda kukunsimon  

kompozitsion    materialdan    foydalanish    mumkin.    Bolgariyada    detallarning  

yuzasini    kompozitsion    material    bilan    qoplashda    quyidagi  texnologiyadan 

foydalaniladi (rasm 1.5.) 

 



 

Rasm 1.5. Kompozitsion qatlam olish usuli. 

     1- payvandlanayotgan detal;                    2- suyuqlanuvchi elektrod;   

     3- kukunsimon material bunkeri;        4- rolik;   5- sovutish suyuqligi. 

          Val    shaklidagi    detalning    eyilgan    yuzasiga    suyuqlanuvchi    elektrodni 

avtomatik  payvandlab  qayta  tiklashda,  yoydan  ma`lum  masofa  orqada  qattiq  



 

qotishma    kukuni    uzatiladi.    Qattiq    qotishmaning    kukuni    uning    orqasidan 

kelayotgan    rolikning    bosim    kuchi    ta`sirida    payvand    qatlam    ichiga    bosib  

kiritiladi.    Rolik    orqasidan    esa    sovutuvchi    suyuqlik    berilib    payvand    qatlam 

toblanadi. Ushbu usul payvandlangan metallda qattiq qotishmaning erib ketishidan 

saqlab,  kompozitsion  qatlam  olishni  ta`minlaydi.  Lekin  bu  usul  qattiq  qotishma 

zarralari  qatlam  yuzasida  joylashganligi  uchun  qatlam  qalinligi    bo’yicha    fizik-

mexanik  xossalarning  bir  xil  bo’lishini ta`minlay olmaydi.  

            Qattiq  qotishmali  kukunsimon  materialni  suyuqlanuvchi  elektrod  

orqasidan  payvandlash  vannasiga  yuborish  usuli  Belorussiyada  sinovdan  

o’tkazilgan (rasm1.6.)   

 

 



Rasm 1.6. Kukunsimon materialni payvandlash vannasiga 

uzatish sxemasi. 

1 - suyuqlanuvchi elektrod;                 2 - kukunsimon material bunkeri;  

3 - payvandlash vannasi;                   4 - payvand qatlam.  

          Kukunsimon  materialni  suyuq  metall  vannasiga  yuborish  turli usullarda: 

uning o’z og`irligi yordamida, maxsus uzatuvchi moslama yordamida,  

gaz oqimi yordamida amalga oshirish mumkin. O’tkazilgan tajribalar oxirgi  

uzatish  usulini  yaxshiroq  ekanligini  ko’rsatgan.  Kompozitsion  qatlam tarkibini 

matritsa sifatida asosiy va elektrod metali aralashmasi, hamda  

to’ldiruvchi sifatida esa qattiq qotishmalar tashkil etadi.   

           


 

Flyus ostida payvandlash usulining bir qator kamchiliklari mavjud:  

-kichik  diametrli  detal  yuzasida  (50...60  mm  dan  kam)  erigan  metalni  flyusli 

vannada ushlab qolishning qiyinligi;  

-shlak qatqalog`ini chiqarishning qiyinligi;  

-ishlash  sharoitini  nazorat  qilishning  qiyinligi  (flyus  bo’lganligi uchun);  

            Karbonat  angidrid  muhitida  avtomatik  va  yarim  avtomatik payvandlab 

qoplash. Karbonat angidrid muhitida qoplash bir qator muxim  

afzalliklarga    ega.    Ulardan    asosiylari    flyus    ostida    avtomatik    payvandlashga  

nisbatan  yuqori  unumdorligi  (18...20  sm2/min)  va  yuqori  

qoplash  koeffitsientiga  egaligi.  Ushbu  usul  bir  qator  texnologik afzalliklarga 

ega:   


-qoplash jarayonini kuzatib turish mumkinligi;  

-jarayonni to’xtatmasdan bir necha vallarni qoplash mumkinligi;  

-kichik diametrli detallarga qo’llash mumkinligi;  

-yupqa qatlam (0,8...1,0 mm) qoplash mumkinligi.  

Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:  

-katod elementlarining kuyib, bug`lanib ketishi;  

-erigan metal vannasida vodorod va azot bug`langanligi tufayli chokda   

 g`ovaklar xosil bo’lishi;  

-elektrod materiallarining ko’p qismi (10...15 % gacha) sachrab ketishi;  

-yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki  kukunli  

sim  va  keyinchalik,  termik  ishlov  berish  bilan  olish mumkinligi. 

1.3.1.Purkash va metallash usullari. 

         Purkash—tiklanadigan    detallarning    eyilgan    sirtlariga  metall    koplashning  

yangi    zamonaviy    bir    usulidir.    Bu    jarayonning  moxiyati    shundaki,    oldindan  

suyuqlantirilgan    metall    detalning  maxsus    tayyorlangan    sirtiga    siqilgan    gaz  

(xavo)    oqimi    bilan  purkaladi.    Purkalgan    metall    detalning    sirtiga    urilganda 

deformatsiyalanadi,    sirtdagi    g`ovaklarni    va    notekisliklarni  to’ldirib,    koplama  

xosil    kiladi.    Metall    zarrachalari    detal  sirtiga    va    o’zaro    asosan    mexanik  

birikadi.    Fakat    ayrim  nuktalarda  ular  payvandlanadi.  Detallarni    metall    purkab  

tiklash    jarayonining    yukori  unumliligi,    detalning    biroz    (120-180°S)    kizishi,  


 

koplamaning  eyilishga    yaxshi    chidamliligi,    texnologik    jarayonning    va 

qo’llaniladigan  uskunalarning  oddiyligi;  xar  kanday  metall  va kotishmalardan  

kalinligi  0,1-1,5mm  koplamalar  olish  

mumkinligi    bu    usulning    afzalligidir.    Koplamaning    unchalik  mustaxkam  

bo’lmasligi  va  detalning  sirtiga  sust  ilashishi  bu jarayonning  kamchiligidir,  bu  

kamchilikni    bartaraf    etish    uchun  qoplangan    materiallarni    eritish    uchun  

qo’shimcha  ishlov  berish lozim.   

         YUkori  chastotali  purkash  suyuqlantiriladigan  ashyo  (kukun)  ni    induktsion  

kizdirib    suyuklantirishga    asoslangan.  Suyuklantirilgan    metall    detal    sirtiga  

sikilgan    xavo    okimi  bilan  purkaladi.  YUkori  chastotali  purkash  apparatining 

kallagi (1.7-rasm)  yukori  chastotali  tok  generatoridan  ta`minlanadigan induktor  

va    tok    kontsentratori    (to’plagichi)    bilan    jixozlangan.  Tok  kontsentratori  sim 

uchining suyuklanishini ta`minlaydi.  

 

 

 



Rasm 1.7. YUkori chastotali purkash apparataning to’zitish (purkash) kallagi  

1-detal sirti; 2—gazmetall okimi; 3 — tok kontsentratori; 4-suv bilan sovitiladigan 

induktor;  5-    xavo  kanali;  6-sim;  7—  surish  mexanizmining  roliklari;  8-

yo’naltiruvchi vtulka.  

        YUkori  chastotali  purkashning  afzalligi  shundaki,  bunda metalning  kizish  

xaroratini    rostlash    mumkin    bo’lganidan    u    oz  mikdorda    oksidlanadi    va  

koplamaning    mexanik    mustaxkamligi  etarli  darajada  yukori  buladi.  Ish 

unumining  nisbatan  pastligi  ishlatiladigan    uskunaning    murakkab    va    juda  

kimmatligi  bu jarayonning kamchiligidir.   


 

Detanatsion    purkash    atsetilen    va    kislorod    gazlari  aralashmasining  portlashiga 

asoslangan (rasm 1.8).  

        Metallni    purkashda    apparatning    suv    bilan    sovitiladigan  stvolidagi 

kamerasiga  ma`lum  nisbatda  atsetilen  8  va  kislorod  2  beriladi.    Zarrachalarining  

yirikligi  50—100°  mkm  bo’lgan purkaladigan  metall  kukuni  4  azot  3  okimi  

bilan  kiritiladi.  

        Gazlar    aralashmasi    elektr    sham    1    bilan    yondiriladi.    Portlash  to’lkini 

kukun  zarrachalarini  juda  katta  tezlikda  xaydaydi,  stvol  uchidan  75  mm  oralikda 

kukun tezligi 800 m /s ga etadi.  

 

 

 



 

Rasm 1.8. Detonatsion purkash sxemasi 

1-elektr  svecha;  2-kislorod;  3-azot;  4-metal  kukun;  5-stvol;  6-purkab  yotkizilgan 

metall katlami; 7-portlash kamerasi; 8-atsetilen.  

        Kukunlar  detalga  urilganda  uning  kinetik  energiyasi issiklik  energiyasiga  

aylanadi.  Kukun  zarrachalari  4000°S  gacha kiziydi. Kukunning  xar  bir  kismi  

purkalgach,    yonish    maxsullarini  ketkazish  uchun  apparatning  stvoli  azot  bilan 

puflab  tozalanadi.  Bu    jarayon    avtomatik    tarzda    xar    sekundda    3—4    marta 

takrorlanadi.    Bir    davrda    detal    sirti    kalinligi    6    mkm    li  metall  katlami  bilan 

koplanadi.  

         Bu  usulda  purkash  afzalliklari:  jarayon  juda  yukori  unumli  bo’ladi,  stvol 

diametri 20—25 mm bo’lganda 15 sekund ichida 5 sm 2 sirtni  kalinligi  0,3  mm  



 

gacha    bo’lgan    qatlam    bilan    koplash  mumkin,  koplama  detal  sirti  ga  juda 

mustaxkam yopishadi, detal sirtidagi xarorat 200°S dan oshmaydi.  

       Jarayonning  kamchiliklari:  ish  vaktida  shovkin  baland  (150 detsibellgacha)  

bo’ladi,  binobarin  tovush  o’tkazmaydigan  maxsus xona zarur bo’ladi.  

             Metallash    (metall    purkash)    jarayoni    metall    simni    yoki  kukunni  

kizdirish,  suyuqlantirish  va  mayda  zarrachalarga  parchalab,  uni  sikilgan  xavo  

yoki    inert    gaz    okimida    detalning  tiklanadigan    sirtiga    yotkizishdan    iborat.  

Metallni  suyuklantirish  usuliga  karab  elektr  yoyli,  gazli,  yukori  chastotali  va  

plazmali    metallash    buladi.    Metallash    usulida    xar    kanday  ashyodan  

tayyorlangan   detal   sirtini   ortikcha   kizdirib    yubormay,  xar   kanday    metalldan  

kalinligi    0,3-3mm    katlam    xosil    kilib,  koplash  mumkin.  Koplash  jarayoni  bir 

necha boskichda bajariladi, xar boskichda kalinligi 0,3 mm li katlam xosil kilinadi.  

           Metallash  usulida  tiklangan  sirt  eyilishga  juda  chidamli bo’ladi.  

          Metallash  tsilindrik  va   yassi  sirtlarning  eyilgan katlamini  boshlang`ich  

o’lchamlargacha    to’ldirish,    korpus  detallardagi    darzlarni    va    chukurlarni  

to’ldirish,  eyilishga chidamli,  ishkalanishni  kamaytiradigan,  olovga  bardoshli, 

zanglashdan  saklaydigan  va  pardoz  koplamalarni  yotkizish  uchun ko’llaniladi.  

        Metallash  sifati  koplamaning  tuzilishi,  kattikligi  va eyilishga  chidamliligi,  

suyultirilgan    metallning    asosiy  metallga    puxta    yopishishi    bilan    aniklanadi.  

Suyultirilgan  metallning    asosiy    metallga    ilashish    puxtaligi    detal    sirtini 

tayyorlash  va  metallash  tartibiga  bog`lik.                             SHuning  uchun  

detallar  metallash    oldidan    kir,    moy    va    zangdan    yaxshilab    tozalanadi. 

Purkaladigan  metall  zarrachalarining  asosiy  metallga  yaxshi  

yopishishi    uchun    detalning    sirtiga    dastlabki    mexanik    ishlov  berib,    to’g`ri  

geometrik  shaklga  keltiriladi  va  g`adir-budur kilinadi.  

 


 

 

 



Rasm 1.9. Elektr yoyli metallash uskunasi va  elektrometallizatorning sxemasi 

1-kompressor;  2-moynam  tutgich;  3-ressiver;  4-moynam  ajratgich;  5-tarmok;  v-

transformator; 7-sim galtak; 8- elektrometallizator; 9-dumalok sirt; 10-sim uchlari; 

11- yunaltiruvchi mexanizm; 12-yo’naltiruvchi uchliklar; 13-soplo; 14- suyultirish 

zonasi; 15-tekis sirt.  

         Elektryoyli    metallash.    Bu    usulning    moxiyati    shundaki,  suyultirib 

purkaladigan diametri 1—2 mm li sim g`altak 7 dan (1.9-rasm, «a») mexanizm 11 

yordamida elektrometallizator 8 ning (1.9-  rasm,  «b»)  yo’naltiruvchi  uchliklari  

12  orkali  uzluksiz uzatib turiladi. Tarmok 5 dan transformator 6 orkali keladigan 

elektr  toki  ta`sirida  sim  10  uchlari  orasida  elektr  yoyi  paydo bo’lib,  ularni  

suyuklantiradi.    Ayni    vaktda    soplo    13    orkali  suyultirish    zonasi    14    ga  

kompressor    1,    tutkich    2,    ressiver    .7,  ajratgich  4  orkali  bosim  ostida  xavo 

beriladi.  Xavo  suyuklangan  metallni    diametri    10—50mkm    va    zarrachalarga  

parchalaydi  va ularni  60—250  m/s  tezlikda  dumalok  9  yoki  tekis  15  sirtga 

purkab  yotkizadi.  Kiyin  suyuklanadigan   metallardan  xosil  kilingan  koplama  

kalinligi    o’rta    xisobda    1,0—1,5    mm,    oson  suyuklanadigan  metallarniki  esa 

2,5—3,0mm  bo’ladi.  Elektromexanik    ishlov    berishda    detalga    tok    uzatuvchi  

asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi.  

       Spiralsimon  chiziklar  tekislangandan  keyin  val  diametrining  kengayishi  0,4 

mm dan oshmaydi. Termik ta`sir bo’lgani  uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.  

      Detalning    charchashga    mustahkamligi    10...12    %    gacha    ortadi.    Hosil 

bo’lgan  ariqchalarni  har  xil    materiallar  bilan  to’ldirish,  masalan  sim  



 

payvandlash,  tavsiya  etiladi.  Sim  payvandlash  tok  uzatuvchi  rolik  bilan  

bajariladi.  Metallografik  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  sim ariqchalarni  yaxshi  

to’ldirar  ekan  va  qo’shilgan  metallning  birikish mustahkamligi  10...20  kg/mm  

ga  etar  ekan.  Eyilishga  chidamliligining ortishiga  erishiladi.  Ushbu  usul  keng  

laboratoriya    tadqiqotlaridan  o’tmoqda,    hamda    ta`mirlashda    qo’llanilishi  

bo’yicha  bir  necha  misollar mavjud.  

         Kontakt  payvandlab  qoplash  usuli  bosim  ostida  payvandlash  usullariga  

kirib,    uning    po’lat    lenta,    sim    va    metall    kukunlarini  suyuqlantirmasdan  va 

suyuqlantirib qoplash turlari mavjud. Ushbu  usul  faqat  metallarni  payvandlashda  

qo’llaniladi    va    unda  asosiy    energiya    manbai    bo’lib    birikuvchi    detallarning  

kontakt    yuzasidan  elektr  toki  o’tishi  natijasida  ajralib  chiqadigan  issiqlik  xizmat 

qiladi.   

       Kontakt    payvandlashda    bosim    kuchi    turg`un    elektr    kontaktini 

shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash,  hamda deformatsiya  

va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.   

      Payvandlanuvchi  metallar  uchun  elektr  qarshilik  odatda  juda  kichik bo’ladi  

(mikroomlarda),  tok  o’tish  vaqtini  ham  metallni  gazga  to’yinib  

qolishi    mumkinligi    hisobiga    katta    olib    bo’lmaydi    (odatda    u    sekundning 

qismlarini    tashkil    etadi).    Natijada    kontakt    payvandlashda    etarli    miqdordagi  

energiyani    hosil    qilish    uchun    tok    kuchini    katta    olish    kerak  bo’ladi.  Bu  esa 

kontakt  payvandlash  jihozining  o’ziga  xosligini  belgilaydi.  Ushbu  o’ziga  xoslik 

kontakt payvandlash mashinasining qisqa muddat ichida tarmoqdan katta miqdorda 

(o’nlab va yuzlab kilovatt) elektr energiyasi olishini  talab  etadi.  Bu  elektr  nuqtai  

nazaridan    foydasiz    bo’lgani    uchun  kontakt    payvadlashni    elektr    ta`minotida  

energiya    yig`ish    tizimi  kiritiladi.    Natijada    boshqa    payvandlash    usullariga  

nisbatan    o’rtacha  elektr    energiya    sarfi    ancha    kamayadi.    Ammo    kontakt  

payvadlash  jihozi murakkab va qimmatroq bo’ladi.  

      Kontakt  payvandlashda  jarayon  ikki  xil  variantda  olib  borilishi mumkin:  

1)  metallni  suyultirmasdan  yuqori  plastik  holatgacha  qizdirib;      

2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini  


 

hosil  qilib.  Ikkala    jarayon    ham    ishlab    chiqarishda    qo’llanilib    keladi.   Ammo 

suyuqlantirib  payvandlash  energetik  va  texnologik  nuqtai  nazardan samaraliroq  

hisoblanadi.    CHunki    unda    elektr    energiya    sarfi    kam,    payvand  chok    esa  

mustahkam    bo’ladi.Elektr    kontakt    usulini    amalga    oshirish    uchun  quyidagi 

(rasm 1.10.) jixozdan foydalanish mumkin.   

Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon  

detallarning  eyilgan  yuzalarini  va  podshipnik  o’rnatiladigan  korpus  

detallarini qayta tiklash mumkin.  

                           

 

 

Rasm 1.10. Kontakt payvandlash dastgohi.  



       Usulni  jihozining  murakkabligi  bilan  birga  olinadigan  payvand  

qatlam qalinligining cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud.              Galvanik 

qoplash  usuli  elektr  toki  ta`sirida  metall  tuzlarining  eritmasidan    metallarning  

ajralib  chiqishi  xossasiga  asoslangan.  

       Galvanik qoplamalar detalning eyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.   

Galvanik   usullar    yordamida    kam    eyilgan   detallarni   qayta   tiklash  imkoniyati  

mavjud.  Bu  usullarning  afzalligi  shuki,  elektroliz  jarayoni  

rejimlarini  o’zgartirish  yo’li  bilan  tanlangan  metallning    mexanik xossalarini 

o’zgartirish mumkin.  

           Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past  

va  qattiqligi  yuqori  chastotali  tok  bilan  toblangan  po’lat  45  

qattiqligining  75  foizini  tashkil  etishi,  charchash    mustahkamligining     



 

25...30    %    kamligi,    tayyorgarlik        operatsiyalarining    murakkabligi    va    katta 

mehnat  talab  qilishi,  katta  hajmdagi  ishlab  chiqarish  maydonining kerakligi,  

xizmat  qiluvchilar  salomatligiga  zararliligi  kabi kamchiliklari mavjud.  



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish