2-MA`RUZA: Oldindan zo`riqtirilishning vazifalari
Reja: 1. Oldindan zo`riqtirilishning maqsadi, vazifalari
2.Oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarning asosiy turlari va ularning ishi
Beton mustahkam bo`lishiga qaramay, mo`rt bo`lganligi sababli, uning egilishdagi va cho`zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligining o`ndan birini tashkil etadi. Shuning uchun uning bu ko`rsatkichini yaxshilash maqsadida uni po`lat armatura bilan kuchlantiriladi.
Egilishga ishlaydigan oddiy temir-beton konstruksiyasiga kuch ta‘sir etganda, u ozgina egiladi va darzlar hosil bo`ladi (1.1- rasm) va shundash so`nggina po`lat armatura eguvchi kuchlar ta‘siriga qarshi ishlay boshlaydi. Ta‘sir etayotgan kuch hisobiy kuchdan oshib ketsa konstruksiya buziladi. Konstruksiyada darzlar hosil bo`lishini oldini olish usullaridan biri, unga ta‘sir etuvchi kuchlardan miqdori yuqori bo`lgan bo`ylama kuch ta‘sir ettirib erishish mumkin. Beton siqilishga yaxshi ishlagani sababli bu bo`ylama kuch ta‘sirida uning ko`ndalang kuchlarga qarshilik ko`rsatish xususiyati ortadi. Bunday usul bilan tayyorlangan konstruksiyalarni ―oldindan zo`riqtirilgan temir-beton konstruksiyalar deb ataladi.
Shuning uchun ―oldindan zo`riqtirilgan degan nom shartli ravishdadir va shuning uchun saqlanib qolmoqda va ko`pgina davlatlarda shu nom bilan atalish qo`llanilib kelmoqda. Faqatgina Germaniyada qisqagina ―zo`riqtirilgan temir- beton (Spannbeton) deb ataladi.
Oldindan zo`riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarning xossalari oddiy (zo`riqtirilmagan) temir-beton xossalaridan tubdan farq qiladi. Ular o`rtasidagi asosiy farqlardan biri konstruksiya materiallarining foydalanish vaqtida qo`yilgan tashqi kuchni turlicha qabul qilishidir.
Oddiy temir-betonda qo`yilgan barcha kuch dastlab darzlar hosil bo`lguncha faqat beton va qismat armatura tomonidan qabul qilinadi. Oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarda esa xamma yuk konstruksiyaning cho`ziluvchi zonasining armaturasi tomonidan qabul qilinadi. Temir- beton konstruksiyalari oldindan zo`riqtirilganda quyidagilarga erishiladi:
- Mustahkamligi yuqori va oshirilgan armaturadan taranglashtiriluvchi armatura sifatida sarf bo`ladigan po`lat miqdorini iqtisod qilish imkonini beradi;
Konstruksiya betonida darzlar hosil bo`lishiga qarshilikni oshirish, ya‘ni darzlarga chidamlilik, darzlar ochilishini chegaralash imkonini beradi;
Konstruksiya bikrligini oshirish, ya‘ni uning deformativligini kamaytirish hisobiga uzun proletlarni qoplash, juda baland inshootlarni qurish imkoniga erishiladi;
Konstruksiya kesim yuzasini o`lchamlarini kichraytirish hisobiga uni tayyorlashda sarf bo`ladigan betonni ham iqtisod qilish imkonini beradi va bu ko`pgina xollarda konstruksiyaning tannarxini arzonlashtirishga olib keladi;
Ko`p marta qaytariladigan yuk ta‘sirida ishlaydigan konstruksiyalarning chidamliligini oshiradi;
Yuqorida qayd etilgan va ko`pgina afzalliklar konstruksiyalarni zo`riqtirib armaturalash usuli bilan tayyorlash jarayonining qiyinligiga qaramay ulardan qurilishda foydalanish kun sayin ortib bormoqda. Afzalliklar shunchalik sezilarli darajadaligi sababli oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashdagi murakkabliklarga qaramay ulardan qurilishda foydalanish sezilarli tarzda rivojlanmoqda. Ba‘zi turdagi konstruksiyalar uchun armaturani taranglashtirib
oldindan zo`riqtirish xanuzgacha yagona yechimlardan biri bo`lib qolmoqda.
Oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarning asosiy turlari va ularning ishi
Oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarni bevosita kuchlanishni hosil qilish usuli bo`yicha, konstruksiyani betonlashtirish vaqtiga nisbatan oldindan yoki keyin armaturani taranglashtirib zo`riqishni hosil qilish bo`yicha ajratish mumkin. Armaturani betonlashdan oldin taranglab konstruksiya tayyorlash usuli betonlash va beton qotgunga qadar armaturani tarang xolda ushlab turish uchun kuchli anker moslamalari, tirgaklar va boshqalar zarur bo`lganligi uchun
―armaturasi tirgaklarga tortilgan konstruksiyalar‖ deb ataladi. Beton qotgandan keyin armaturani kuchli domkratlar yordamida taranglashtirish va kuchlanishni qotgan betonga berish imkoniyati bo`lganligi sababli ―armaturasi betonga taranglashtirilgan konstruksiyalar‖ deb ataladi. Keyingi vaqtlarda oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda ko`pgina yangi original yechimlar paydo bo`lmoqda. Chet ellarda so`ngi vaqtlarda ―odindan taranglashtirilgan‖ va
―keyin taranglashtirilgan‖ konstruksiyalar degan atamalar keng qo`llanib kelinmoqda. Chamasi Germaniyada qabul qilingan ―oldindan zo`riqtirilgan‖ yoki oddiygina ―zo`riqtirilgan‖ konstruksiya degan eng umumiy atama ularni tayyorlash texnologiyasi bilan bog`liqdir va ko`pgina xollarda birgina oldindan zo`riqtirilgan konstruksiya vazifasi, kesim yuzasi va yuk ta‘sirida o`zini tutishi bo`yicha armaturani tirgaklarga va betonga tortib tayyorlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |