Iqtisodiy samaradorlikni hisobga olish uchun zarur bo’lgan
boshlang`ich ma`lumotlar quyidagilardan ko’rsatkichlardan iborat:
1.Xisob yilida qayta tiklanadigan yoki puxtalanadigan detallar soni,
dona.
2. YAngi qurilmaning narxi, so’m.
3. Qurilmaning balansdagi narxi, so’m.
4. YAngi detalning o’rtacha bahosi, so’m.
5.Qo’shimcha ish xaqqini xisobga oluvchi koeffitsient.
6. Ishlab chiqarish maydoni, m2
7. 1m2 ishlab chiqarish maydonining narxi, so’m.
8. Jixozlarning amortizatsiya chegirmalari, %.
9. Binoning amortizatsiya chegirmalari, %.
10. Jixozlarning joriy remonti uchun ajratmalar, %.
11. Detalni qayta tiklash uchun material sarfi, kg.
12. Ishchilarning soatlik ish xaqi, so’m.
13. Detalni qayta tiklash yoki puxtalash donalik vaqti, soat.
14. Payvandlash materialining narxi, so’m/kg.
15. Ish joyiga xizmat ko’rsatish koeffitsienti.
16. Detalning qoldiq bahosi, so’m.
17. Qo’shimcha material va energiya resurslari sarfi so’m.
18. Ustama harajatlar so’m.
Ushbu ko’rsatkichlar barchasi mavjud xamda yangi usullar uchun aloxida
aniqlanadi. Turli qoplash usullarining texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari solishtirish
yo’li bilan ham aniqlash mumkin.
V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI
5.1.Umumiy ma`lumotlar
Hayot faoliyati deganda bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va
yashash tarzidir.
Mehnat muxofazasi - mehnat protsessida insonning xavfsizligi, sog`lig`i
va ish qobilyatini saqlab qolishni ta`minlaydigan qonunlar akti va ularga
tegishli sotsial- iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy tadbirlar sistemasidir.
Xavfsizlik texnikasi - xavfli ishlab chiqarish faktorlarining, ya`ni
xavfsizlik qoidalari buzilganda baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar keltirib
chiqaradigan faktorlarning insonga ta`sir etishining oldini oladigan tashkiliy va
texnikaviy tadbirlar sistemasidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - xavfli ishlab chiqarish faktorlarining.
YA`ni kasalliklar keltirib chiqaradigan faktorlarning ishlovchilarga ta`sirining
oldini oladigan tashkiliy, gigenik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar hamda
vositalar sistemasidir.
Mehnat muhofazasi bilan yong`in xavfsizligi va yashindan ximoya qilish
chambarchas bog`liqdir, chunki ishlab chiqarish va turmushda yuz beradigan
yong`inlar va momaqaldiroq razryadlari faqat moddiy boyliklarga emas, balki
kishilarxayotiga ham xavf tug`diradi.
Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada
bo’ladi va shu bilan birga har doim uni o’rab turgan muhitga bog`liq bo’lib
kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o’zini o’rab turgan atrof-
muhit hisobiga oziq- ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy
narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
5.2.Payvandlash, qoplash va purkash usullarida texnika xavfsizligi
Metallarni payvandlashda, qoplashda, qirqish va kavsharlash ishlarini
bajarishda elektr toki, yonuvchi gazlar, kislorod va kislota eritmalaridan
foydalanilganda xavfsizlik texnikasi va atmosferani
muxofaza etish masalalariga oid qoidalarni bilish muhim ahamiyatga ega. Aks
holda kutilmagan baxtsiz hodisalar ro’y berishi mumkin. Masalan, elektr yoyi
yordamida payvandlashda tok urishi, yoydan tarqalayotgan ultrabinafsha,
infraqizil nurlar ko’zni qamashtirishi, suyuq metall tomchilari terini kuydyrishi
mumkin. Gaz alangasida payvandlashda esa nurlar ta`sirida ko’z
zararlanishi, generator gaz ballonlarining
portlashi, gazlar bilan zararlanish hollari yuz berishi mumkin.
Har bir tsex, uchastkalarda xavfsizlik texnikasi masalalariga oid tegishli
instruktsiyalar bo’ladi. Bu instruktsiyalarda qayd etilgan shartlarni ishchi
bajarishi shart. SHu sababli bularning ayrimlarini eslatib o’tamiz.
Metallarni elektr ey yordamida payvandlashda tok ta`sirida bo’ladigan
payvandlash stoli mis sim bilan yaxshilab erga tutashtirilishi, elektrod dastasi
izolyatsiyalanishi, payvandchi korjoma kiyib, qora ko’zoynak
taqib yoki shlem kiyib, rezina gilamchada yoki quruq taxtada turib ishlashi kerak.
Agar qandaydir sabablarga ko’ra payvandchini tok urib hushidan ketsa,
darhol qurilmani elektr tarmovdan uzib vrachni chaqirish va ishchi o’ziga
kelguncha sun`iy nafas oldirish kerak.
Gaz yordamida payvandlash va qirqishda generator hamda gorelkalarni toza
tutish, shlanglarda teshiklar bulmasligi, payvandlash postida atsetilen
gazi yig`ilmasligi, neft mahsulotlari quyilgan idishlar payvandlash va
kavsharlashdan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Bosim ostidagi idishlarni
payvandlamaslik, payvandlash xonasida oson o’t oluvchi benzin, kerosin,, atseton
va boshqalar bo’lmasligi, xona gaz va changdan tozalab turilishi, ventilyator
ishlab turishi va boshqalarga qat`iy ahamiyat berish darkor.
Yeyilgan detallarni kontakt payvandlash usulida qayta tiklash qurilmasi
elektr payvandlash jixozlari tarkibiga kirgani uchun birinchi navbatda
iste`molchilar uchun elektr qurilmalaridan foydalanish, yong`in va xavfsizlik
texnikasi qoidalariga qat`iy amal qilish talab etiladi.
SHu bilan birga ta’mirlash korxonalari uchun ishlab chiqilgan «Ta’mir
korxonalarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalari»ga
amal qilinadi.
Elktrokontakt, plazma yoyi yordamida xamda lazer nuri bilan payvandlash
qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish vaqtida yuqoridagi qoidalar bilan bir
qatorda ularni ishlab chiqargan zavod tomonidan ishlab chiqilgan qurilmadan
foydalanish va texnik xizmat ko’rsatish vaqtida amal qilinadigan qoidalarni ham
bajarilishi talab etiladi.
Qurilmalarni tarmoqqa ulash va uzish ishlari, hamda qurilmadan
foydalanish vaqtida, uning ishga yaroqli holatini nazorat qilib turish
ishlari elektrotexnik ma`lumotga ega bo’lgan xodim tomonidan amalga
oshiriladi.Qurilmalarni ishga tushirishdan oldin uni tashqi nazoratdan
o’tkaziladi.
Bunda elektr kabeli va o’tkazgich simlarini ulanish kontaktlarining
mustaxkamligiga, himoyaviy erga ulanganligiga, o’tkazgich simlari
izolyatsiyasining butunligiga, himoya vositalarining borligi va ularni ishga
yaroqliligiga alohida e`tibor beriladi. Nosozliklar aniqlanganda qurilmani ishga
tushirish ta`qiqlanadi. Qurilmaning jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan
aylanuvchi qismlariga himoya to’siqlari o’rnatilishi shart. Qurilmaning o’zi,
elektr shkafi, payvandlash transformatorining tashqi himoya qobig`i, elektr
energiyasini qurilmaga ulab-uzish qulfi ishonchli holda himoyaviy erga ulangan
bo’lishi kerak. Payvandlash qurilmasining turiga qarab ishlashga xavfsizlik
texnikasining II yoki yuqori malakali (lazer usuliga) guruxiga kiruvchi
payvandchilarga ruxsat beriladi. Payvandlash qurilmasida ishlaydigan
payvandchi maxsus kiyim-bosh bilan ta`minlangan bo’lishi kerak. Ko’zni
asrash uchun payvandchi xiralashtirilgan maxsus ko’zoynak taqishi kerak yoki
ximoya ekranlar kuchaytirilgan ximoya oynalari bilan (plazma usuli uchun).
Payvandchining ish joyi havo tozalagich yoki havo so’rgich bilan
jihozlanishi shart. Kuchlanish ostida turgan qurilmaga texnik xizmat ko’rsatish
ta`qiqlanadi.
Eyilgan detallarni payvandlash usulida qayta tiklash maydoni xududida
yong`inga havfli (benzin, spirt, atseton, laklash-moylash materiallari kabi)
materiallar saqlashga yo’l qo’yilmaydi. Ishni tugatishdan avval ish joyi qat`iy
nazoratdan o’tkazilib yong`in chiqishi mumkin bo’lgan barcha sabablar bartaraf
etiladi. Payvandlash ishlariga bu ishlarni bajarish yuzasidan imtixon topshirgan va
guvoxnoma olgan kishilargina qo’yiladi. CHarxtoshni stanokka o’rnatish va uni
aylantirishdan oldin charxtoshni urib ko’rib va lupa orqali ko’rib, unda
yoriqlar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Abraziv charxtosh gupchagi bilan yig`ilgan holida UBS stanogida
muvozanatlanishi zarur. Dastgoxga o’rnatilgan charxtoshni ishlatib ko’rib,
mustahkamligi tekshirilgan bo’lishi zarur. Bunda charxtoshning aylanish
tekisligi oldida turish man etiladi. Dastgoxni yurgizib yuborishdan oldin valni
qo’lda aylantirib uni abraziv charxtoshga tegmayotganligiga ishonch hosil qilish
kerak.
Jilvirlashdan oldin dastavval valni aylantiradigan dvigatelni so’ngra
abraziv charxtoshni aylantiradigan dvigatelni ishga tushirish
kerak. Dastgox bilan ishlayotganda oyoq ostida yog`och materialdan
to’shama
bo’lishi shart.
VII. XULOSALAR VA TAKLIFLAR
O’zbekistonga yangi texnika olib kelinishi texnikaga bo’lgan ehtiyojini
yaqin o’rtada bari-bir qoniqtirmaydi. SHu sababli mavjud texnikalarni yangi
texnologiya, texnikalar yordamida tiklash, ularning mustaxkamligini oshirish va
ishlash muddatini uzaytirish dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
1. Bu vazifani bajarishda qishloq xo’jalik texnikalari detallarining resursini
oshirish uchun eyilganlarini qayta tiklash ishlarini yanada takomillashtirishga
olib keluvchi zamonaviy usullarga, hamda istiqbolga ega bo’lgan mavjud va
yangi zamonaviy materiallardan hamda ularning aralashmasidan foydalanishga
asoslangan yangi texnologiyalar yaratish zarur bo’lib kelmoqda.
2. Hozirda sanoatda 80 dan ortiq payvandlash, qoplash va purkash usullari
mavjudligiga qaramasdan ularning faqat ma`lum turlarini (masalan, gaz
alangasi yordamida, elektrokontakt, flyus qatlami ostida, plazma yoyi
yordamida va lazer nuri bilan kabilarni) texnik va texnologik ko’rsatkichlarini
etiborga olgan holda istiqbolli deb hisoblash mumkin.
3. Detallarni istiqbolli usullar bilan qayta tiklashda, puxtalashda xilma-xil
qoplama materiallar qo’llanib kelinmoqda. Masalan simlarning 77 ta markasi,
elektrodlarning 50 dan ortiq, kukun materiallarining 120 dan ortiq. SHuni
ta`kidlash lozimki kukun materiallarining aksariyatini narhi simlarga nisbatan bir
necha barobar yuqori. SHu sababli ularni qo’llashda iqtisodiy
ko’rsatkichlarini, haroratning imkoniyatlarini, eyilgan detallarni turlarini
e`tiborga olish lozim. Harorat gaz alangasida va elektr yoyning turli usullarda
turlicha bo’ladi. Masalan, gaz alangasini harorati yonuvchi gazga qarab 2000 dan
3200 0S gacha, elektr yoyning harorati 5600 dan 7000 0S gacha, plazma yoyining
harorati 15000 dan 30000 0S gacha.
4. Qoplama materiallarining narhini kamaytirish yo’llaridan biri optimal
tarkibli kukunlar aralashmasidan yoki sim bilan kukunning qo’shgan
texnologiyasidan foydalanishdir.
5. Bitiruv malakaviy ishining birinchi va ikkinchi qismlarda berilgan taxliliy
ma`lumotlar ko’ra ayrim usullar va tiklash uchun yoki puxtalash uchun
muxtoj bo’lgan detallarning turiga qarab quyidagi materiallardan
foydalanganda ijobiy natijalarga erishish mumkinligi aniqlandi:
5.1. Gaz alangasi, elektrokontakt, elektro yoy bilan himoya muhitida hamda
plazma yoyi yordamida payvandlashda qoplashda va purkashda, sof holdagi
simlar va kukunlardan tashqari, quyidagi aralashmalarni ishlatish maqsadga
muvofiqdir: Sormayt +1,5% alyuminiy, himoya gazi argon, eyilishga
chidamligi toblangan po’lat 45 ga nisbatan 4,10 tashkil etadi. US-25+1,5%
alyuminiy, ximoya gazi argon, 4,19 ni; FBX-6-2+1,5% alyuminiy, ximoya
gazi argon, 4,68 ni; PG-XN80SR3, ximoya gazi argon, 4,76 ni;
Sormayt+2,0% ferrosilitsiy, ximoya gazi, – SO2, ni 3,76; US-25%+ 2,0%
ferrosilitsiy, ximoya gazi, SO2 - 3,82ni; FBX-6-2+1,5% ferrosilitsiy, ximoya
gazi, SO2 , –4,23 ni; Sormayt + 6% alyuminiy, ximoya gazi azot- 3,55 ni; US-
25+6% alyuminiy, ximoya gazi azot- 3,63 ni; FBX-6-2+45% alyuminiy,
ximoya gazi azot- 4,20 ni; Sv-08MX 85 %, PG-SR4 15 %, ximoya gazi argon-
3,14 ni; Sormayt 1 (72%) +Np-30XGSA (28%) ximoya gazi argon- 3,52 ni;
Sormayt 1 (70%) +Np-30XGSA (28%)+2,0% ferrosilitsiy, ximoya gazi – SO2,
3,02ni; 50% PG-XN80SR2 + 50% PG-S27- 4,68 ni; 50% SNGN +50%
sormayt-1 (PG-S1)-4,78 ni; 50% PG-XN80SR2+50% FBX-6-2-5,1ni; 30%
PG-XN80SR3+70% PG-S1-4,15 ni; 20% PG-XN80SR4+80% PG-S1-3,98ni
tashkil etadi
6.Tarkibida qattiq qotishmalari bo’lgan kukun kompozitsion materiallar, qayta
tiklangan yuzaning geterogen strukturali bo’lishini taminlab, o’zining yuqori
qattiqligi va boshqa o’ziga xos xossalari tufayli, qayta tiklangan detallarning
abraziv va boshqa eyilish mexanizmini yaxshi tomonga o’zgartirib ularning
eyilishga chidamliligini o’nlab martoba ortishini taminlashi aniqlandi. Natijada
qayta tiklangan detallarni mashinaning butun xizmat davrida almashtirilmaydigan
detalga aylantirish mumkin bo’ladi.
VIII. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvori yo’nalishlariga
bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi». Toshkent, Xalq
so’zi gazetasi, 2013.
2.. O’rinov N.F., Norqulov A.A., Saidova M.N. "Materialshunoslik va
konstruktsion materiallar texnologiyasi", Toshkent, Fan, 2003.y-405 b
3. Yo’ldashev SH.U. "Mashinalar ishonchliligi va ularni ta`mirlash asoslari",
Toshkent, O’zbekiston, 1994. y-315 b.
4. V.V.Kurchatkin «Nadejnost i remont mashin», Moskva, «Kolos», 2000.g-
215 st.
5. V.V. Varnakov "Texnicheskiy servis mashin selskoxozyaystvennogo
naznacheniya", Moskva. Izdatelstvo "Kolos", 2000. g-275 st.
6. N.A. Sosnin, S.A. Ermakov i P.A. Topolyanskiy "Plazmennie texnologii.
Svarka, nanesenie pokrыtiy, uprochnenie ", Moskva, "Mashinostroenie", 2008.
g-345 st.
7.Radchenko M.V. "Zashitnie i uprochnyayushie pokrыtiya" Barnaul, 2010 g-235b
8. Kosimov K. "Eyilgan detallarni qayta tiklash va puxtaligini oshirish"
Toshkent. «Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti», nashiryoti. 2006. g-
310 st.
9. Xasui A., Morchigaki O. "Naplavka i napыlenie" (YApon tilidan
tarjimasi). Moskva, «Mashinostroenie», 1985. g-220 st.
11. G`oipov H.E. "Hayot faoliyati xavfsizligi" Toshkent, YAngi asr avlodi,
2000. y-360 b.
12. Qudratov A. va boshqalar. "Hayot faoliyati xavfsizligi" Toshkent, A`loqachi,
2005. y- 335 b
13. Internet malumotlari "ziyonet.uz, ula.uzsci.net, svartek.ru" va boshqalar .
12.Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Kuznetsov YE.S. (Magdiyev
Sh.P.tarjimasi),TAYI, 2003 y-220b
13.Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. YE.S.Kuznetsov taxriri ostida.
Prof. q.M.Sidiqnazarov raxbarligida tarjima qilingan. –Toshkent, 2006 y. -612 b.
14.Texnicheskaya ekspluatatsiya avtomobiley. Uchebnik dlya Vuzov. Pod red.
prof. YE.S. Kuznetsova. M: Nauka, 2004 g. – 535 s.
15. Xamraqulov O.X., Magdiyev Sh.P. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. –
Toshkent, O’zbekiston, 2006 y. – 321 b.
16. Borovskix Yu.I. va boshkalar. Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat
ko’rsatish va ta’mirlash. -Toshkent: «Mehnat», 2001 y. – 573 b.
17. S.M. Qodirov. Avtomobil va traktor dvigatellari. T.: “O’qituvchi”. – 1992y-
315b
18. X.Mamatov «Avtomobillar». Toshkent «O’zbekiston» - 1995y-245b
19. Y.I.Borovskiy va boshqalar «Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat
ko’rsatish va ta`mirlash». Toshkent «Talqin» - 2008 y-520b
20. Akbarov A.S., Polvonov A.S., SHaripov Q.A. va boshqalar Transport
vositalarida ishlatiladigan materiallar T.: Fan 2003y-230b
Internet ma`lumotlari: httpg’g’ www.avto.ru .
http:g’g’
www.carpoint.som
- server dlya avtolyubiteley.
http:g’g’
www.auto.msk.
ru – Vsyo ob avtomobilyax.
Do'stlaringiz bilan baham: |