Javobgarlik va ma'suliyat markazlari bo'yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish Rahmatullayev Feruz
Reja:
1. Javobgarlik markazlarining turlari
2. Ma'suliyat markazlari faoliyatini moliyaviy
baholash me'zoni
3. Ma'suliyat markazlari faoliyatini baholashda
nomoliyaviy me'zonlar
4. Javobgarlik markazlari bo'yicha xarajatlar
hisobini tashkil etish
5. Javobgarlik markazlari bo'yicha daromad
va xarajatlarni aniqlash
1.Javobgarlik markazlari turlari
Javobgarlik markazlari – xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir alohida olingan bo‘g‘inlari (bo‘lim, uchastka, tsex, texnolagik liniya va shu kabilar) bo‘yicha boshliqlarining (menejerlarining) shaxsiy mas’uliyatlarini va javobgarligini belgilab berish tushuniladi
Rivojlangan bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlar amaliyotida
javobgarlik markazlarining quyidagi 4 ta turi alohida ajratib ko‘rsatiladi:
1. Xarajatlar markazi.
2. Tushum markazi (Sotish markazi).
3. Foyda markazi.
4. Investitsiya markazi.
Xarajatlar markazi – alohida javobgarlik markazi hisoblanadi va uning rahbari o‘zi mas’ul bo‘lgan bo‘g‘inda xarajatlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi, shunga muvofiq ro‘y beradigan og‘ish (chetlanishlar) uchun javobgar sanaladi. Xarajatlarni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishda ularni ikki guruhga bo‘lishadi: me’yorlashtirilgan (normativ) xarajatlar hamda diskresion xarajatlar. Normativ xarajatlar orqali markaz faoliyatini oldindan belgilangan me’yoriy xarajatlar yordamida nazorat qilish mumkin va bu deyarlik ortiqcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Hisobot davrida vujudga kelayotgan me’yordan chetlanishlar tezkor tarzda aniqlanib tegishli o‘zgartirishlar, ya’ni tuzatishlar kiritib boriladi.
Diskresion xarajatlar markazi bo‘yicha sarflar hamda chiqimlarni hisobga olish esa boshqa tartibda amalga oshiriladi. Bunday xarajatlar bilan faoliyat yakunida erishiladigan natija o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni kuzatish juda qiyin va shunga yarasha ularni hisobga olishda bir tomonlama yondashib bo‘lmaydi. Odatda, barcha holatlarda xarajatlar miqdorini oshirib yubormaslik, uni imkon qadar qisqartirish juda ijobiy holat deb e’tirof etiladi. Lekin, aynan hozir biz ko‘rayotgan diskresion xarajatlar misolida emas. Chunki, bu holatda xarajatlar smetasi bo‘yicha oldindan belgilab berilgan sarf va chiqimlar miqdorini haqiqatda bajarilgan miqdori bilan taqqoslab, bir tomonlama xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Tushum markazi – bu javobgarlik markazining bir turi bo‘lib, uning rahbari (menejeri) mahsulotlarni sotishdan olgan tushumlari natijasi uchun javobgar hisoblanishadi. Shuning uchun tushum markazi rahbari uchun tovarlarni sotishdan olinadigan tushum va bevosita uni belgilovchi ko‘rsatkichlar, ya’ni sotish hajmi va tovarga qo‘yiladigan baho asosiy nazorat qilinadigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday markazlarga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning turli xil hududlarda ochgan sotuv bo‘limlarini (dilerlik, distribyutorlik xizmatlari) kiritish mumkin.
Investitsiya markazi – bu javobgarlik markazining bir turi bo‘lib, uning rahbari nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarga ham javob beradigan bo‘limdir. Amaliyotda, sof foydasini investitsiya qilish vakolatiga ega bo‘lgan ana shunday markazlarning maqsadi foyda olish hamda sarflangan mablag‘larining rentabelligini ta’minlash, investitsiyalarning daromadli bo‘lishini va pirovard natijada xususiy kapital miqdorini o‘stirishdan iborat bo‘lmog‘i darkor.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish borasidagi vakolatlari bo‘yicha xarajatlar markazi rahbarining ham, tushum markazi rahbarining ham imkoniyatlari cheklangan. Xarajatlar markazi rahbari aynan o‘z bo‘limidagi xarajatlarning sarfi uchun javob beradi, yakuniy natijaning shakllanishi va uning taqsimotini esa boshqalar amalga oshiradi. Xuddi shuningdek, tushum markazi rahbari sotuv hajmi uchun javob beradi, lekin, ishlab chiqarish jarayoniga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sotuv bahosini belgilashga aralasha olmaydi. Mabodo, ana shu jarayonlarning bir nechtasi birlashtirilsa, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish hamda bevosita uni haridorlarga sotish birlashtirilsa, shunday tarzda tashkil qilingan markazning mahsulot sotishdan kutilayotgan oxirgi moliyaviy natija uchun motivatsiyasi kuchayadi. Bunday markaz rahbarlari mahsulotni ishlab chqarishdan oldin u qancha bahoga ketishi mumkin, bozorda unga talab qay yo‘sinda tashkil topgan, bahoni qay darajada belgilagan ma’qul va sotuvdan tushgan tushum miqdori ma’qulmi-yo‘qmi, degan savollarning barchasini oldindan puxta tarzda o‘ylab, keyin ishlarini rejalashtiradi. Shu tarzda tashkil qilingan hamda rahbarlari ham ishlab chiqarish xarajatlari hamda sotish hajmi uchun bevosita javobgarligi belgilagan markaz turi - foyda markazi, deb hisobga olinadi.
Content
Demak, foyda markazi rahbari xarajatlar va foyda uchunjavob beradi. Foyda markazida rahbar daromad uchun, shuningdek, xarajatlar miqdori uchun javob beradi – shulardan kelib chiqib, sotish hajmini, bahoni, xarajat kabi ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi. Foyda markazi, o‘z navbatida, bir nechta xarajatlar markazidan tashkil topishi mumkin. Foyda markazini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek rajalashtirilgan foyda olish byudjeti ko‘rsatkichlari yordamida boshqarish mumkin
2.Mas’uliyat markazlari faoliyatini moliyaviy
baholash mezoni
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik mamlakatlarda faoliyat
yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida moliyaviy
xarakterga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichlardan foydalanadilar:
-foyda;
- aktivlarning rentabelligi;
- qoldiq foyda;
-iqtisodiy qo‘shimcha qiymat. Xarajat va daromad markazlari
faoliyatining samaradorligini aniqlashda ushbu ko‘rsatkichlar mos
kelmaydi.
Javobgarlik markazlari faoliyatini nazorat qilishda faqat birinchi
ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin, xolos. Sarmoya (investitsiya)
markazi faoliyati natijasini tahlil etishda esa keyingi uchta
ko‘rsatkichdan (aktivlar rentabelligi, qoldiq foyda va iqtisodiy
qo‘shimcha qiymat) foydalanish, maqsadga muvofiq. Ushbu
ko‘rsatkichlarni hisoblashda ana shu javobgarlik markazlariga tegishli
bo‘lgan aktivlar qiymati va majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlar
bo‘lishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi sotilgan mahsulot
(xizmatlar)dan kelib tushgan tushum va mos ravishda ana shu
mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish uchun
sarflangan xarajatlarning farqi sifatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi
subyekt faoliyatini baholaydigan daromad ko‘rsatkichi mustaqil emas,
balki ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Bo‘limlarning foydasini
hisoblagandan so‘ng, keyingi ikkita, ya’ni aktivlarning rentabelligi va
sof (qoldiq) foydani hisoblash mumkin.
Boshqaruv hisobi va tahlili nuqtayi nazaridan aktivlar rentabelligi
(AR) ko‘rsatkichi aktivlarga sarf etilgan sarmoyaning qanchalik samarali
foydalanganligini ko‘rsatadi. Aktivlar rentabelligi formulasi quyidagi
ko‘rinishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |