Nazorat-o‘lchov asboblarini ta’mirlash va rostlash Avtomobillarga o‘rnatilgan nazorat-o'lchov asboblarida quyidagi nosozliklar uchraydi: elektr simlarining uzilishi; datchik va ko'rsatkich orasidagi zanjirda tutashuvlarning buzilishi; asbob- laming o'zidagi ichki shikastlanishlar. Asboblarning texnik holati etalon asboblar bilan solishtirib yoki tekshirilayotgan issiqlik va masofadan boshqariladigan elektromagnit asboblar tomonidan istc’mol qilinadigan tok qiymatini o'lchash yo'li bilan tekshiriladi. Etalon sifatida xarak- terist ikalari texnik shartlarga javob be rad iga n tekshirilgan va rostlangan datchiklar va qabul qilgichlardan foydalaniladi. Priyomnik etalon datchik hilar komplekt holda, aksincha, datchik etalon yoki tekshirilgan priyomnik bilan komplekt holda tekshiriladi. Moy hosimini elektr impulsli ko'rsatkichini tekshirish va rostlash
Moy bosimini ko'rsatkich GARO-531 asbobida tckshiriladi. Dastlab qabul qilgich tekshiriladi. Buning uchun uni / va //uyalarga va markaziy qayta ulagichga ulanadi (4.45- rasm). Qayta ulagich ikkinchi holatga o'rnatiladi. Yuklash reostatining dastasi bilan sinalayotgan qabul qilgich zanjiridagi tok sekin-asta oshirib boriladi va qabul qilgichning strelkasi nolni ko'rsatishiga erishiladi. So'ng mikroampermetrni ulash tug- machasi bosilib, tokning qiymati aniqlanadi. Natija texnik shartlarda ko'rsatilgan qiymat- lar bilan solishtiriladi. 4.45- rasm. Temperatura va bosimni ko'rsatuvchi asboblarni tekshirish sxemasi: / — akkumulatorlar batareyasi; 2—GARO-531 asbobi; 3 — sinaladigan qabul qilgich. Qabul qilgich zanjiridagi tok qiymati yana oshganda asbobning turiga qarab uning strelkasi 0,5 MPa yoki 0,6 MPa ga mos keladigan holatga o'rnatiladi. Qabul qilgichning asosiy nosozliklari quyidagilardan iborat: rostlashning buzilishi: bimetall plastina chulg'ami- ning uzilishi yoki kuyishi. Chulg'amdagi simning uzilishi nazorat lampasi yordamida aniqlanadi. Chulg'am- dagi tutashuv ommetr yordamida aniqlanadi. Soz chulg'am 36—41 ga teng bo'lgan qarshilikka ega bo'lishi kerak. Kuygan chulg'am almashtiriladi va zanjirdagi uzilish yoki bimetall plastinaning tu- tashuvi bartaraf etiladi. Shikastlangan chulg'am chiqarib olingandan so'ng bimetall plastinaga yangi chulg'am qo'lda o'raladi. Chulg'am materiali sifatida konstantan simi olinadi. Chulg'am qisman shikastlanganda, qabul qilgich chulg'ami bilan ketma-ket ulangan qo'shimcha chulg'am o'raladi. Ikkala holda ham simning uzunligi shunday bo'lishi kerakki. unda qarshilik me’yoriy qiymatga ega bo'lsin. Qabul qilgichdagi nosoz- lik bartaraf etilgandan so'ng, uning datchigi tekshiriladi va rostlanadi. / — akkumulatorlar batareyasi; 2— GARO-53I asbobi; 3- tekshiriladigan datchik.
4.46- rasm. Bosimni ko'rsatuvchi datchiklarni tekshirish: Datchiklar nosozliklari va ularning bclgilari. Motorda gorizontal joylashgan manometr datchigi tekshirilganda uning asbobda to'g'ri joylashganligiga ahamiyat berish lozim. Datchik quyidagicha tekshiriladi. Uni nasosning oraliq muftasi (4.46- rasm) va markaziy qayta ulagich dastasiga ulab, / holatga qo'yiladi. Asboblar datchigi /va //uyalarga ulanadi. Havo nasosi dastasi bilan tekshirilayotgan datchik sistemasida 0 va 0,5 MPa havo bosimi hosil qilinadi va asbob manometri bilan nazorat qilinadi. Agar mikroampermetrning ko'rsatish tugmasi bosilganda. ko'rsatilgan bosimlarda 8—15 mkA va 120—140 mkAga to'g'ri keimasa, datchik rostlanadi. Datchikni rostlashdan avval uning kojuxidagi qalay bilan kavsharlangan teshik bigiz yordamida tozalanadi. Maxsus otvyortka bilan rostlovchi sektor buraladi va kontakt plastinalar orasida zarur tirqish o'rnatiladi. Sektorni soat strelkasi bo'yicha burib, kontaktlar orasidagi tirqish kattalashtiriladi va ko'rsatkichning strelkasi nol tomonga suriladi. Havo nasosi bilan tizimda datchik zanjirining 120— 140 mkA tokida 0,5 MPa havo bosimi hosil qilinadi. Almashtiriladigan qarshilikni tanlash yo'li bilan datchik zanjiridagi tok rostlanadi. Datchik kojuxi maxsus moslamadan olinib, qarshilik chulg'aniiga parallel ulab qo'yiladi. Tashqi ko‘zdan kechirib, himetall plastinaning yaroqliligi, soz- ligi va kontaktlaming tozaligi tekshiriladi. Datchikning nosozliklarini aniqlash. Kuygan yoki ifloslangan kontaktlar asta-sekin nadfil bilan tozalanadi. Agar kontaktlar kav- sharlari ajralgan yoki kuygan bo'lsa, bimetall plastinali tomonga 90—100 °C surib qo'yiladi va yangi kumush yoki kadmiyli kumush qotishmasi bor kontaktlar kavsharlanadi. So'ng plastinali kron- shteyn joyiga o'rnatiladi va kavsharlangan kontaktlar tozalanadi. O'zi va izolatsiyasi kuygan chulg'am yangisiga almashtiriladi. Uning qarshiligi 8—11 Й ga teng bo'ladigan qilib o'raladi. Nuqsonlar bartaraf etilgandan so'ng kojux yopiladi, datchik yuqorida ko'rsatilgandek qayta rostlanadi. Rostlangandan so‘ng, kojux dastaki pressda yoki shtampli parallel tiskilarda razvalsovkalanadi. Avariya holatidagi bosim signalizatorini tekshirish va rostlash uchun GARO-531 asbobiga o'rnatiladi va signal lampasi ulanadi. Elektr-issiqlik impulsli termometrlar quyidagicha tekshiriladi va rostlanadi: rostlashning buzilishi; qabul qilgich va datchik chulg'amlarining bimetall plastinkalarga tutashuvi; kontaktlaming kuyishi yoki kavsharlardan ajralib ketishi; qabul qilgich qizdirish chulg'amlarining ishdan chiqishi; datchikning ishdan chiqishi. Ulardan tashqari, asbob germetikligi buzilishi va 185 °C dan yuqori temperaturada asbob ballonlarini gayka-shtutser bilan tutash- tiruvchi kavsharlar crib ketishi mumkin. Agar gayka va ballon presslangan bo'lsa, asbob gcrnietikligicha qoladi, ammo temperatura 200—250 °C dan oshganda bimetall plastina cluilg'amining shoyi izolatsiyasi kuyishi oqibatida ishdan chiqadi. Qabul qilgichni tekshirish va rostlash. To'g'ri rostlangan qabul qilgich GARO-531 asbobiga o'rnatilganda uning chulg'amidagi tok ma'lum qiymatga yetganda 80 °C ni ko'rsatishi lozim. Agar qabul qilgichning ko'rsatishi texnik shartlarga mos kelmasa, maxsus kalit bilan sektorlardan biri shunday burilishi kerakki, unda strelka 100 ‘C da to'xtasin. So'ng ikkinchi sektorni burib, strelka 40 “C ga to'g'rilanadi. Agar qabul qilgichni rostlab bo'lmasa, uni qismlarga ajratib ta’mirlash lozim. Chulg'am almashtirilib, uzilish va massaga ulanib qolishni bartaraf ctib, qabul qilgich ta’mirlanadi. Shikastlangan chulg'am bimetall plastinkadan chiqarib olinadi va yangisi qo'lda o'raladi. Chulg'am materiali sifatida diametri 0,1 mm bo'lgan simdan foydalaniladi. Simning uzunligini qarshiligi 36—40 Q bo'ladigan qilib tanlanadi. Ta’mirlangandan so'ng qabu! qilgich ikki sektordan foydalanib, qaytadan rostlanadi. Impulsli temperatura datchiklarini ta’mirlash sxemasi 4.47- rasmda keltirilgan. Datchik isitkich bilan birga 2/3 qism suv bilan to'lg'izilgan stakanga joylash- tiriladi. Qayta ulagich birinchi holatga o'rnatiladi. Suvning temperaturasi 100 °C ga yetishi bilan si naiad igan datchik / va //uyalarga ulanadi. Tugmalarni bosib mikroampermetr ulanadi. Agar uning ko'rsatishi texnik shartlarga to'g'ri keimasa, datchik qismlarga ajratiladi va ta’mirlanadi.