Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   147
Bog'liq
5-сон

Ключевые слова:
ключевые компетенции, инновации, компетентностный 
подход, навыки, инвестиции, этические требования.
 
 
IMPLEMENT A COMPETENCY-BASED APPROACH TO THE DEVELOPMENT OF BASIC 
COMPETENCES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. 
 
Urazimbetova А. – basic doctarant student of Tashkent State Pedagogical University 
 
Annotation.
This article focuses on the implementation of a competence-based 
approach to the formation of basic competencies in primary school students, and explains 
how identifying and selecting key competencies is determined by the main consumers of 
learning outcomes and what skills and attributes are valued in this society at present. 
132


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
However, the logic of a competent approach is that actualizing these or other competencies 
at each new stage of society's development. The basic competences offered in the context 
of an educational institution are shaped by the whole lifestyle, the spirit of the learning 
environment, the content of the curriculum and the personal impact of the teaching staff. 
The main competences are the methodological functions. 
Keywords:
key competencies, innovation, competence approach, skills, investment, 
ethical requirements. 
Bugungi kunda jahonda taʼlimni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan barcha ishlar 
kelajakka qo‘yilgan investitsiya deb baholanmoqda. Jamiyatda ijtimoiy-lingvistik 
strategiyalarning samaradorligini oshirish mexanizmlarini joriy etish barcha insonlar uchun 
bilim olish, kasb o‘rganish, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shish orqali qulay sharoitda 
yashash imkoniyatlarini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘rta taʼlim 
muassasalari, xususan, boshlang‘ich taʼlim o‘quvchilari taʼlimi tuzilmasi va mazmunini 
tubdan yaxshilash ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tayanch 
kompetensiyalarni shakllantirish masalasi hozirgi uslubiy adabiyotlarda til, lug‘at boyligi va 
nutq madaniyati haqida bilimlarga turlicha yondashuvlar asosida hal qilinadi.
Rasmiy hujjatlarda yangi atamadan foydalanish misollari mavjud, masalan, «Umumiy 
taʼlim 
mazmunini 
modernizatsiyalash 
strategiyasi» 
quyidagilar 
ifodalangan: 
«o‘quvchilarning intellektual, huquqiy, axborot va boshqa sohalardagi asosiy 
kompetensiyalari majmui to‘g‘risida gap bormoqda»
1
. Kompetensiyalarga yo‘nalganlik, 
shuningdek, asosiy mezonlari bilim, ko‘nikma, malakalar (BKM) bo‘lgan eski taʼlim 
paradigmasidan ajratishni, bunda BKMlarni taʼlim jarayonining zarur elementlaridan biri 
sifatida saqlash bilan taʼminlaydi. 
Bildirilgan fikrlarni taqqoslash va ularni prinsipial holatlar bo‘yicha umumlashtirish 
asosida kompetensiyalar va kompetentlikni aniqlashga va ular o‘rtasidagi mazmunli 
aloqalarni o‘rnatishga uch nuqtayi nazarni ajratish mumkin. 
Birinchi nuqtayi nazar uchun quyidagicha fikr xos: kompetensiya shaxssiz, bu meʼyor, 
talablar, sifatlar to‘plami, mutaxassisning o‘ziga xos malakaviy tavsifi. Uning vazifasi inson, 
mutaxassis, o‘quvchi maʼlum sharoitlarda va maʼlum joyda nima qilishni bilishi kerakligini 
aniqlashtirishdan iborat. Unga yechiladigan muammolarning yoki bajariladigan ish 
turlarining murakkabligini ifodalovchi mos darajalar, toifalar tayinlanishi mumkin. 
Kompetentlik mazkur holatda o‘rganilayotgan kompetensiyaga ega bo‘lgan insonning 
mavjud sifati tariqasida u xususiy mahalliy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, biror-bir kasbiy 
faoliyat uchun bir necha kompetensiyalarni egallash to‘g‘risida gap borsa, unda 
kompetentlik integrativ sifat kabi xizmat qiladi va kasbiy kompetentlik deb ataladi. 
Ikkinchi nuqtayi nazar «kompetensiya» tushunchasini kengaytiradi va uning doirasiga 
insonning o‘zlashtirgan funksiyalariga yakuniy talablarni, balki unda shakllanadigan psixik, 
fiziologik, aksiologik, ijtimoiy, faoliyatli tuzilmalarni ham qamrab oladi. Faqat shundan 
keyingina kompetensiyalar kompetentlik mavqeyiga ega bo‘ladi, chunki ularning obyektiv 
1
Степанов Е. Н. Педагогу о современных подходах и концепцияхвоспитания / Е. Н. Степанов, Л. М. Лузина. - М. : ТЦ Сфера, 
2005. -160 с. 
133


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
mazmuni shaxsiy sifatlarning subyektiv obraziga aylanadi. Ikkinchi nuqtayi nazarning 
birinchisidan farqi «kompetentlik» tushunchasini kengroq talqin etishdangina iborat. 
Uchinchi nuqtayi nazarga ko‘ra, kompetensiyalar to‘g‘risida faqatgina ularni xususiy 
masalalar va vazifalarni yechishga tayyorlik va qobiliyatlilik bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aytish 
mumkin, kompetentlik esa insonning muayyan sohadagi qator kompetensiyalarni 
egallaganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi kompleks tavsif sifatida qaraladi. Xususiy va 
mahalliy kompetentliklar tushunchasi mazkur holatda maʼnosini yo‘qotadi. 
Keyingi o‘rganishlarda ikkinchi nuqtayi nazarga tayanamiz. Unga ko‘ra 
«o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirish» so‘z birikmasi nafaqat o‘rinli, balki 
maktab taʼlimiy faoliyatining mazmunini ham tashkil etadi.
Tanlangan nuqtayi nazar taniqli pedagog А.V.Xutorskiyning fikri bilan aloqador bo‘lib, 
u kompetentlikni insonning mos kompetensiyaga egaligi, maktab taʼlimining maqsadi esa 
ierarxik tuzilishga ega bo‘lgan kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanishi hisoblaydi
1

«Kompetensiya» atamasiga aniq maʼnoli mazmun berishga ko‘pgina urinishlar mavjud. 
Bu boradagi muvaffaqiyatli va kamroq muvaffaqiyatli fikrlar tahlili bizni bahslarning davom 
etishi zaruratiga ishonch hosil qilishimizga va o‘z variantimizni taklif etishimizga undadi. 
Kompetensiyani muayyan sinf muhiti obyektlari va jarayonlarida maʼlum mahsulotni 
olish bilan subyektning xabardorligi, ko‘nikmalari, mazmunli yo‘nalganlik, moslashuv 
imkoniyatlari, faoliyat tajribasi va usullarining tizimli majmui sifatida taʼriflaymiz. 
Kompetensiya umumiy holatda jarayon sifati va uning natijalariga muayyan faoliyatli 
bosqichning mazmunli qismi doirasidagi maʼlum meʼyor, talablar majmui sifatida 
tushuniladi. U shaxssiz va ko‘p omilli. Bir tomondan, u bajarilgan ishning sifati belgilanadigan 
omillarning muayyan majmuini ifodalaydi, boshqa tomondan esa – har bir omil uchun 
miqdoriy shkalani belgilashi mumkin. 
Kompetentlik maʼlum insonning maʼlum kompetensiyani egallashi darajasini 
ifodalaydi. Kompetentlik ostida mos kompetensiyalarning mavjudligi va faol holatini 
tushunamiz, ularga ko‘ra inson maʼlum muammolarni amaliy hal etadi va buni kelajakda 
amalga oshira oladi. 
Kompetensiyalar va kompetentlik taʼlimiy ifodalarini taʼriflash bir qancha 
murakkabroqdir. Аyrim mualliflardan farqli ravishda biz mazkur tavsiflarni faqatgina 
insonning taʼlim muassasasidagi davriga bog‘lamagan bo‘lar edik. Uzluksiz taʼlim g‘oyasi 
madaniy meʼyor shakliga ega bo‘lgan va yangi taʼlim paradigmasining asosini tashkil etgan 
sharoitlarda, o‘quv jarayoni muayyan muassasalar, qatʼiy muddatli chegaralar va aniq 
ajratilgan o‘quv davrlari doirasidan tashqariga chiqadi. Ochiq taʼlim modeli umumtaʼlim 
o‘quv muassasalariga kirib kelmoqda, uning birinchi belgisi mazkur taʼlim bosqichidagi 
qonuniy eksternat hisoblanadi. Keltirilgan fikrlarning oqibati sifatida taʼlimiy kompetensiya 
yuqorida umumilmiy «kompetensiya» tushunchasiga ayrim umumiy tushunchalarni ochib 
berishda berilgan ifodasi bilan belgilanadi. 
Natijada quyidagi taʼrifga ega bo‘lamiz: taʼlimiy kompetensiya – o‘quvchining taʼlim 
sohalari va o‘quv fanlari tarkibiga kiritilgan namunaviy obyektlar va jarayonlar muhitida 
maʼlum mahsulotni olish bilan V.P.Bespalko shaxsiy asosiy xususiyatlariga quyidagilarni 
1
Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи ўқув 
топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Пед.ф.н.диссертaция. –Т.:2000. 128 б. 
134


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
kiritgan: ijtimoiy, ekzistensial (tajriba), psixik (intellektual), biologik (irsiy)
1
. Minimallik talabi 
ixtiyoriy maktab va ixtiyoriy o‘quvchi uchun taʼlim jarayonini amalga oshira olishni 
taʼminlaydi. Shu bilan birga, mazkur talab sharoitlar mavjud bo‘lgan joyda (qobiliyatli 
o‘quvchilar va mahoratli o‘qituvchilar) ixtiyoriy yuqori yutuqlarga yo‘lni to‘sib qo‘ymaydi. 
V.P.Bespalko shaxsning asosiy xususiyatlariga qisqa (annotatsiyali) taʼrifni va ularni shaxs 
sifatlari tushunchasi orqali talqinini keltiradi. Shaxsning ijtimoiy xususiyatlari strukturasiga 
insonning dunyoqarashi, axloqi, estetik va mehnat sifatlari kabi sifatlar kiradi. Аynan 
shaxsning ijtimoiy xususiyatlari bilan insonning insonlar orasidagi, tabiatdagi eng umumiy 
xulqi, uning u yerdagi sodir bo‘layotgan jarayonlarga munosabati va ulardagi ishtiroki 
darajasi belgilanadi. Shaxsning ekzistensial xususiyatlari bilan insonning hayotga tayyorligi 
darajasi, uning insonlar jamiyatiga foydasi, rivojlanayotgan ijtimoiy-ishlab chiqarish 
jarayonlaridagi uning o‘rni va qadr-qimmati darajasi belgilanadi. Bu sifatlar bilan ko‘p 
jihatdan insonning farovonligi va uning hayotdagi muvaffaqiyati bilan belgilanadi. Shaxsning 
ekzistentsial xususiyatlari tuzilishiga uning egallangan faol tajribasi, mahorati, onglilik, shaxs 
madaniyati, uning kundalik odatlari – ijtimoiy tan olishda insondagi qadrlanadigan va 
ommaviy taqdirlanadigan kabi sifatlari kiradi. Ijtimoiy hamda ekzistensial xususiyatlar shaxs 
tomonidan faqatgina tashkil etilgan o‘qish va insonlar bilan barcha mumkin bo‘lgan aloqalar 
natijasida egallanadi. Ular sharoitlar va taʼlimga ko‘ra hayot davomida o‘zgarishi mumkin. 
Bizning taklifimizda, avvalo, aniq va tushunarli metodologik asosni (Olam va inson: 
alohida va birgalikda) ajratdik va o‘zi hamda atrofdagi voqelik bilan uyg‘unlikka qobiliyatlilik 
inson va jamiyatga o‘zaro qoniqishni keltiruvchi samarali ijtimoiy mavjudlikning garovi 
hisoblanadi. Shuning uchun bundan so‘ng biz tomonimizdan ishlab chiqilgan asosiy taʼlimiy 
kompetensiyalarga tayanamiz. 
Аsosiy kompetensiyalarni aniqlash va tanlash taʼlim natijalarining asosiy isteʼmolchilari 
bilan belgilanadi va hozirgi vaqtda mazkur jamiyatda qaysi qobiliyatlar va sifatlar qadrli 
hisoblanishiga bog‘liq. Аmmo kompetentli yondashuv mantiqida jamiyat rivojining har bir 
yangi bosqichida u yoki bu kompetensiyalarni aktuallashtirish to‘g‘risida gap boradi. Taʼlim 
muassasasi sharoitlarida taklif etilgan asosiy kompetensiyalar butun hayot tarzi, uning taʼlim 
muhiti ruhi, o‘quv dasturlarining mazmuni va o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy taʼsiri bilan 
shakllanadi. Аsosiy kompetensiyalar metodologik funksiyani bajaradi. Mazkur fanga oid 
talablarning keyingi batafsil tushuntirishlari umumfan va fanga oid kompetensiyalarda 
amalga oshiriladi va ular alohida fanlar yoki fanlararo sikllarning o‘quv dasturlarini 
qurishning maʼlum metodik bazasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Biz, ko‘pchilik tadqiqotchilar kabi taʼlim muhitini kengroq maʼnoda taʼlim tizimlari
ularning elementlari, taʼlim materiali va taʼlim jarayonlari subyektlarining o‘zaro aloqasi 
sohasi sifatida tushunish mumkin deb hisoblaymiz. 
Tadqiqot ishimizda taʼlim sifatini boshqarishda innovatsion o‘zgarishlar muvaffaqiyatli 
strategiyalarini loyihalash faqatgina muayyan ijtimoiy-madaniy muhit: hudud, shahar, 
qishloq, tumanning taʼlim muhitining o‘ziga xos xususiyatlarining batafsil tahlilidan so‘ng 
mumkinligi to‘g‘risidagi xulosaga keldik. 
1
Беспалько, В. П. Образование и обучение с участием компьютеров. / В. П. Беспалько. - М. : изд-во Москов. псих.-социал. 
института; - Воронеж : изд-во НПО «МОДЭК», 2002. - 352 с. 
135


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Taʼlim muhiti xususiyatlari tahlilining zarurati hozirgi vaqtda milliy taʼlimiy muhitda 
ahamiyatli o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi, barqarorlikning ustun xususiyati noaniqlik 
xususiyatiga almashganligiga asoslanadi. 
Taʼlim muhitining noaniqligiga boshqa o‘zaro bog‘liq muhitlardagi rivojlanish omillari 
taʼsir ko‘rsatadi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va boshqalar. O‘zbekiston taʼlim 
muhiti noaniqligining taʼsir etuvchi omili taʼlim sifatida va darajasiga o‘zgaruvchan ijtimoiy 
va davlat ehtiyojlari hamda taʼlim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalashning uzoq 
muddatli jarayoni hisoblanadi. Xulosа qilib aytganda, asosiy kompetensiyalarning ko‘rib 
chiqilgan oltita majmui bir jihati bilan bir-birini eslatadi, boshqasi bilan esa ular farqlanadi. 
Pedagogika sohasidagi mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan asosiy 
kompetensiyalar majmui tahlili, maktab taʼlimiga zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy talablar 
mazmunida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy kompetensiyalari mualliflik to‘plamini 
ishlab chiqishga undadi. Аsosiy kompetensiyalarni tanlashning nazariy asosi bo‘lib, pedagog 
olimlar va psixolog olimlarning inson tabiati, uning subyektli vazifasi va mohiyatli 
xususiyatlari masalalaridagi tadqiqotlari, shuningdek, taʼlimda kompetentli yondashuvning 
konseptual qoidalari xizmat qildi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish