THE RELIGION ATTITUDE IN SOGD
(on the base of chinese chronicles)
This article has analyzed religious
views of people who had lived in one of
cultural regions of Central Asia – Sogd and
its changes in early middle century. The
article is written on the base of Chinese
chronics issue.
Keywords:
Samarkand, Kesh,
Kabudan, Desi, temple, Arabic invasion,
religious tolerance.
UDK: 9(575.14)
O‘RTA OSIYODA O‘TKAZILGAN
RAYONLASHTIRISH DAVRIDA ZARAFSHON VOHASI
A.J.Bodirov
O‘zRFA Tarix institutining mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya. Muallif sovet hukumatining XX asr 20-yillarini ikkinchi yarmida Zarafshon
vodiysida amalga oshirgan rayonlashtirish siyosatini arxiv materiallarini o‘rganish orqali tahlil qilgan.
Tadqiqotda rayonlashtirish davrida Zarafshon vodiysida qishloq xo‘jaligi, sanoat va ijtimoiy sohadagi
ahvolni qanday holatda bo‘lganligini ham yoritib berishga harakat qilgan.
Kalit so‘zlar: ovul , volost, uyezd, okrug, rayonlashtirish, qishloq sho‘rosi, qishloq jamoasi.
XX asrning 20-yillarini ikkinchi yarmida sovet hokimiyati tomonidan o‘tkazilgan rayon-
lashtirish siyosati Zarafshon vohasini ham chetlab o‘tmadi.
1925-yilning 29-yanvarida O‘zbekiston SSRda ilk bor ma’muriy-hududiy tuzilishning o‘tkazi-
lishi natijasida dastlab 7 viloyat (Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxandaryo, Qashqa-
daryo, Xorazm), alohida Konimex rayoni va keyinchalik Tojikiston ASSR tashkil topdi. Bu paytda
O‘zbekiston SSR tarkibida 23 uyezd va 241 volost bo‘lgan[1]. O‘zbekiston SSR Markaziy
revkomining qaroriga ko‘ra Zarafshon vohasida Zarafshon (hozirgi Buxoro va Navoiy viloyati) va
Samarqand viloyati hamda alohida Konimex rayoni tashkil etildi.
Zarafshon viloyati tarkibida 4 ta uyezd (Buxoro, G‘ijduvon, Karmana, Nurota) va alohida
Konimex rayoni bo‘lgan. Uyezdlar 23 volostga bo‘linib, viloyat markazi Buxoro shahri bo‘lgan.
Samarqand viloyati 4 uyezd: Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Xo‘jand territoriyalaridan
iborat bo‘lib, bu uyezdlar 57 ta volost, 304 ta qishloq jamoasi (selskoe obshestva) va 1862 ta qishloq
va ovullarni o‘z tarkibiga oladi. Viloyatda bu vaqtda 100658 xo‘jalikda 450891 nafar aholi istiqomat
qilgan [2].
1926-yil 29-sentabrda O‘zbekiston SSRda rayonlashtirish siyosatining o‘tkazilishi natijasida
O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 5-sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risidagi
qarori qabul qilindi [3].
Bu qarorga muvofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 viloyat, 23 uyezd, 241 volost va
1163 qishloq jamoasi (selskoe obshestva) o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 okrug, 87
tuman va 1720 qishloq sho‘rosi (selskiy sovet) tashkil qilindi [1].
21
Do'stlaringiz bilan baham: |