Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
qurbonlik keltirishda yordamga kelishadi. Buddaga sig‘inishadi. ... [2, 271; 281]. Bundan ko‘rinadiki, 
Samarqand Sug‘dning markazi sifatida mintaqa hayotida muhim mavqega ega bo‘lib, bu yerda 
mamlakat qonunchiligini aks ettiruvchi qonunlar majmuasi saqlanadigan maxsus ibodatxona mavjud 
bo‘lgan hamda ushbu joyda diniy masalalar bilan birga ijtimoiy hayotga oid boshqa masalalar ham 
ko‘rib chiqilgan. Bir so‘z bilan aytganda Samarqanddagi ushbu ibodatxona jamiyat hayotida muhim 
ahamiyat kasb etgan. Samarqanddagi ushbu hukmdor saroyi qoshidagi ajdodlar ruhiga qurbonlik 
qilinadigan ibodatxonada qurbonlik marosimiga qatnashish orqali viloyat hokimlari markazga 
sodiqliklarini isbotlaganlar [3, 315]. Shunday ekan, diniy qarashlar siyosiy ahamiyat kasb etgan. 
Yilnomadagi Samarqand aholisining Budda diniga sig‘inishi masalasida ham turlicha qarashlar 
mavjud.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Sug‘dda budda dini bilan bog‘liq ba’zi tarixiy ma’lumotlar ham 
borki, ularda Hindiston bilan aloqalar bayon etiladi. Sug‘dning o‘zida buddaviylik kam tarqalgan. 
Faqat tasviriy san’at namunalarida uning belgilari ko‘zga tashlanadi. Panjikent devoriy suratlaridagi 
Maytreyi tasviri va Buddaning o‘tirgan holatini beruvchi terrakota shakli sof buddaviy namunalardan 
farqlanib, ularda sug‘diy va buddaviy an’analari sintezini kuzatish mumkin. O‘rta Osiyodagi 
buddaviylik dini hind madaniyati taraqqiyotida “ko‘prik” vazifasini o‘tab, madaniy aloqalarni rivojiga 
katta hissa qo‘shgani alohida ahamiyatga ega. Ushbu davrga kelib buddaviylik dini bu ikki mintaqa 
o‘rtasidagi nafaqat diniy madaniyat balki dunyoviy madaniyatning ham keng quloch yozishiga sabab 
bo‘lgan. Panjikent va Ustrushonaning markazi bo‘lgan Bunjikat devoriy suratlari o‘rganilganda hind 
mifologiyasi bilan bog‘liq ko‘plab alomatlar ko‘zga tashlanadi [1, 49]. 
VI/1 va XX/1 bino devorlarida alohida hollarda turgan hayvonlarning tasviri aks ettirilgan. Bu 
hayvonlar buqa, sher va shoqol sifat maxluqlar. Bu, so‘zsiz, bizga arab-fors adabiyotida “Kalila va 
Dimna” deb nomlangan mashhur hind ertaklari to‘plami “Panjatatra” dagi voqealarni eslatadi. O‘zi 
chizgan devoriy suratni “Panchatatra” dagi voqealar bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan rassom “Panjatatra” 
ni bilgan. Sug‘dda bu doston ma’lum bo‘lgan. Zarafshon vohasi bo‘ylab joylashgan Panjikent, 
Afrosiyob, Varaxsha qadimgi shahar xarobalari vohada tasviriy san’at taraqqiy etgan markazlar 
hisoblanadi. Ayniqsa, Samarqand va Panjikent rassomchilik maktablari bir-biriga har tomonlama 
yaqindir. O‘ziga xos aniqlik bilan aytish mumkinki, bu uchala markaz rassomlari bir-biridan ta’sir 
olgan holda ijod qilishgan. Masalan, Varaxshadagi “Sharqiy zal” bezaklari, uning chizilishi bir-biriga 
juda o‘xshash, ularni yoki bir rassom chizgan yoki boshqasi nusxa ko‘chirgan [9, 158-159].
Ta’kidlash lozimki, Sug‘dda va Markaziy Osiyoda islom diniga qadar diniy bag‘rikenglik 
bo‘lganligi nafaqat xitoy yilnomalari asosida, balki mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlari orqali ham o‘z 
tasdig‘iga egadir. Jumladan, A-9 raqamli hujjatda bir guruh aholi brahmanizm diniga o‘tganligi 
keltiriladi [4, 49].
Sug‘dning Kesh mulkidagi din to‘g‘risida xitoy yilnomalarida ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. 
Xususan: – 
“Shы (Kesh), ayni paytda “Kyuysha” va “Gyeshuanna” deb ataladi. ... Keshda har bir 
qurbonlik keltirish marosimida mingtagacha qo‘y so‘yiladigan ibodatxona bor. Har bir urushga 
ketishdan oldin shu yerda ibodat amalga oshiriladi” [8, 43]. 
Ushbu ma’lumot Veretragna (urush ilohi) haykalining Keshda bo‘lganligidan darak beradi. 
Ushbu ma’lumot Sug‘ddagi mulklarning urushdan g‘alaba tilab o‘z ilohlariga qurbonlik 
keltirishganligidan darak beradi. Gap shundaki, Sug‘d mulklari o‘zlarining markazga tobeliklarini 
hukmdor saroyidagi ibodatxonada bajariladigan qurbonlik marosimi – diniy amali bilan isbotlashgan. 
Bu ma’lumotlar Keshning bir muddat (650-655) Sug‘dning markazi bo‘lganligi bilan bog‘liqdir. 
Sug‘dning Kabudon (Hozirgi Jomboy va Bulung‘urning janubiy qismi) mulki to‘g‘risida Xitoy 
yilnomalarida ba’zi ma’lumotlar saqlanib qolgan. – “O‘rta Sao, G‘arbiy Sao (Ishtixon)dan sharqda, 
Kan (Samarqand)dan shimolda joylashgan. Hukmdorining poytaxti Gadichjen shahri” shaklidagi 
ma’lumotlardan [2, 313] uning boshqa yana bir nom ostida, ya’ni “Sao” yoki “O‘rta Sao” tarzida ham 
tilga olingani ma’lum bo‘ladi. 
Xitoyliklarning “Bey shi” yilnomasida Sug‘dning Kabudon mulkidagi diniy qarashlariga oid 
quyidagi ma’lumot diqqatga sazovor: – “Sao hukmdorining qarorgohi Nami (Zarafshon) daryosidan 
bir necha li janubda joylashgan. Bu qadimgi Kangyuy yeri (Qang‘). Bu hukmdorlikning boshqaruvchi 
xonadoni yo‘q. ... Mulkda Desi ruhi bor, G‘arbiy dengizdan (Kaspiy dengizi) sharqda joylashgan 
hamma hukmdorlikdagilar unga sig‘inishadi. U oltin sajdagoh kabi tasavvur qilingan, uzunligi 15 
futni tashkil etadi hajmda (4-4,5 metr). Har kuni beshta tuya, o‘nta ot va yuzta qo‘yni qurbonlik 
qilishadi. Ba’zida qurbonlik keltiruvchilar soni bir necha ming kishidan oshadi va hammasini 
tanovvul qila olishmaydi” [2, 271-276]
19 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish