Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
Yuqorida keltirilgan “Desi ruhi” xususida turlicha fikrlar bildirilgan. Jumladan, O.I. 
Smirnovaning fikriga ko‘ra, xitoyliklarda shen deb nomlangan ushbu iloh Ishtixondan shimoliy-
sharqda joylashgan hududlarning homiysi bo‘lib, uning haykali aynan qayerda bo‘lganligi noma’lum. 
Xitoyliklarning Desi ruhi zamirida qaysi ilohni tasvirlashga harakat qilganliklari ham ma’lum emas. 
Tadqiqotchining taxminiga ko‘ra, Desi turklarning tös (“shakl”, “qiyofa”) deb nomlangan sanamiga 
to‘g‘ri keladi [7, 104]. L.I. Rempel fikriga asoslangan holda A. Raimqulov, A. Aslanovlar Desi ruhi 
Vedar (Chelak) hududida ilk o‘rta asrlarda zardushtiylikning xudolaridan biri Desi sharafiga 
bag‘ishlab bunyod etilgan ulkan ibodatxona bo‘lgan va unda “yovuz ruhlarni haydovchi” ma’budaning 
oltindan qo‘yilgan haykali qad ko‘targanligini keltirishadi [6, 154]. Desi ruhiga bunyod etilgan 
haykalni Vedar hududida deb hisoblash Vedar va Kabudonning bir-biriga yaqinligi sababli bo‘lsa 
kerak. Arablar va xitoyliklar O‘rta Osiyoda ham olovga va ham ilohlarga sig‘inish holatiga duch 
kelishgan. Bizningcha, arabchada sanam, fors-tojik tilida but, deb nomlangan haykal xitoychada shen 
deb nomlangan bu so‘z Desi haykaliga nisbatan ishlatilgan hamda xalqni turli ofatlardan qutqargan 
deb izohlash mumkin. 
Ushbu ma’lumot Kabudon o‘z davrida diniy markazlardan biri bo‘lganligidan va bu yerga 
ziyoratga kelganlar qurbonlik bilan kelganlaridan hamda Kabudonda ham xuddi Keshdagi kabi yirik 
ibodatxona bo‘lganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari Kabudonni ba’zida Samarqand tarkibidagi 
bir mulk, ba’zida esa alohida viloyat maqomida tilga olinishi, Kabudonning Sug‘dning chegara 
hududida joylashganligi, uning unumdor yeri va diniy markazlardan biri ekanligi hamda bu yerga turli 
hududlardan ko‘plab kishilarning ziyorat uchun kelishlari markaz Samarqandni Kabudonni 
boshqarishni o‘z qo‘liga olganligi borasidagi fikrni yanada kuchaytiradi. 
Yuqorida keltirilgan “Desi” ruhiga nafaqat Kabudonda balki Sug‘dning Ishtixon mulkida ham 
e’tiqod qilganliklari “Tan shu” yilnomasida keltiriladi. U quyidagicha mazmunda: “ G‘arbiy Sao 
(Ishtixon) mulki, Suy sulolasi davridagi Sao mulkidir; janubda Shы (Kesh) va Bolan hukmdorliklari 
bilan chegaradosh. Sidixыn (Ishtixon) shahridan boshqariladi. Shimoli-sharqda Yuydi shahridan o‘tib 
ketiladi, Desi ruhi ibodatxonasi bor. Aholisi unga sig‘inishadi. ...” [2, 38]. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin:
– Sug‘d va uning atroflarida yashagan aholining diniy qarashlari to‘g‘risida xitoy yilnomalarida 
keltirilgan ma’lumotlar tizimliligi va qiziqarliligi bilan ajralib tursada, ular qo‘shimcha dalillarga 
muhtoj. Ushbu manbalar arxeologik dalillar va boshqa turkum yozma manbalar yordamida yanada 
aniqlik kasb etishi mumkin; 
– Yilnomalardan Sug‘dda zardushtiylik, buddaviylik kabi diniy e’tiqodlarning keng 
yoyilganligini hamda ushbu dinlarning vakillari boshqalariga nisbatan Sug‘dda anchayin ko‘p bo‘lgan 
bo‘lishi mumkin. Sug‘diylarning o‘zaro muayyan uyushmaga uyushuvlarida ularning e’tiqodiy 
jihatdan yaqinligi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan;
– Xitoy yilnomalarida boshqa turkum manbalar orqali ma’lum bo‘lgan shomonlik, brahmanizm, 
moniylik kabi diniy qarashlar xususida ma’lumotlar yo‘q. Bunga sabab xitoyliklar Sug‘dni yaxshi 
bilmaganlar va bu yerga kelgan rohiblar ham bir marotaba bo‘lishgan. Shuning uchun ham mazkur 
diniy qarashlarning Sug‘ddagi holati xususida xitoy yilnomalari birlamchi manba bo‘la olmaydi; 
– Yilnomalardagi ma’lumotlarga e’tibor qilinsa, Sug‘ddagi har bir mulkning o‘z ibodatxonasi 
va yirik ziyorat markazi bo‘lganligi anglashiladi. Bu arxeologik manbalar asosida ham o‘z tasdig‘iga 
ega. Shuning uchun ham Sug‘dni bosib olgan arablar bu hududlarni ziyoratgoh sifatida qabul qilishni 
xohlamaganliklari uchun ham bu yerlarga Kofirqal’a (Kofirqal’alar bir nechta bo‘lgan) nomi 
berilgandir. 
Bir so‘z bilan aytganda ilk o‘rta asrlarda (islom diniga qadar) Sug‘ddagi diniy qarashlar, aholi 
orasida dinga bo‘lgan munosabat masalasida xitoy yilnomalarida keltirilgan ma’lumotlar bu boradagi 
tadqiqotlar olib borishda ma’lum yo‘nalishni belgilashda yordam berishi shubhasiz.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish