Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
boshqarmasiga, 3) Imperator Arxeologiya Komissiyasiga va 4) xususiy sarmoyadorlarga “Turkiston 
o‘lkasi va Buxoro xonligi aholisi o‘rtasida Samarqand shahridagi qadimiy yodgorliklarni ta’mirlash va 
tuzatish uchun maxsus fondni to‘ldirishga obuna ochish uchun rusxat berilishi” masalasini qo‘ydi. 
“Menimcha, – deb yozgan edi V.L.Vyatkin, – musulmonlarning “savob” ishga hayrixohligi va shaxsiy 
saxovatpeshaligi, ularga tegishli bo‘lgan muqaddas qadamjolar – qadimiy yodgorliklarning holatini 
qo‘llab-quvvatlashni da’vat etuvchi obuna varaqalarini aholi o‘rtasida ma’muriyat va obro‘li shaxslar 
orqali tarqata olsak o‘zining ijobiy natijalarini berishi kerak” [14]. 
Bundan bir yil oldin, 1902-yilda V.L.Vyatkin mahalliy matbuot sahifalarida nashr etilgan 
maqolasida ham Samarqanddagi yodgorliklarning xaroba ahvolda ekanligini ta’kidlab, rasmiy 
hokimiyatni ularni saqlash uchun mas’uliyatli bo‘lishga chaqirgan va bu haqda: “...Biz madaniy-
tarixiy jihatdan bebaho bo‘lgan qadimiyatning ajoyib yodgorliklar haqida qayg‘urishimiz lozim va bu 
hokimiyat zimmasida bo‘lishi kerak” [15], – deb yozgan edi. 
Shahardagi me’moriy yodgorliklarni o‘rganish va ularni saqlashni asosiy kasbiy vazifalaridan 
biri deb bilgan V.L.Vyatkin, Samarqand yodgorliklarining nazoratchisi vazifasini bajarish asnosida 
shahar va uning atrofida joylashgan barcha yodgorliklarni ro‘yxatga olib, ularning tarixini tuzib 
chiqdi. U o‘zining butun vaqtini yodgorliklar qayd etilgan manbalarni izchillik bilan o‘rganishga 
bag‘ishladi. Bu borada sharq tillarini bilish, vaqf hujjatlarini o‘rganish va mahalliy aholi bilan olib 
borilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bilimlari tufayli u Turkistonning, xususan 
Samarqandning madaniy va tarixiy merosini munosib baholay oldi.
“O‘rta Osiyoning ajoyib o‘tmishiga oid Bibixonim – sobiq Jome’ masjidi shunday g‘aroyib 
yodgorlikki, bunyod etilishida o‘z davrining san’ati va mohir ustalarining mohorati jo etilgan, o‘zining 
ulug‘vorligi va qudrati bilan buyuk sarkarda Temurga xos bo‘lgan eng zalvorli va mahobatli 
inshootdir. Ammo Temurning bu ijod mahsuli tez orada batamom buzilish arafasida turibdi. Bizning 
nazarimizcha, avval Samarqand qadimiyatiga daxldor bo‘lgan: to‘rtta madrasaning uchtasi Registon 
maydonini o‘rab turgan: 1) Temurning nabirasi, 823 (1420)-yilda mashhur astronom va tarixchi 
nomini olgan, Samarqand hukmdori Mirzo Ulug‘bek tomonidan bunyod ettirilgan madrasani; 2) 
Sherdor; 3) Tillaqori hamda ... 4) yana biri, shahar chetidagi chorbog‘dagi Nodir devonbegi deb 
nomlanuvchi, Xo‘ja Ahror mozorida joylashgan 1040 (1630-1631)-yilda qurilgan muhim 
yodgorliklarni ta’mirlash va asrab qolishga diqqatni qaratish zarur. Temurning o‘zi tomonidan 
o‘limidan biroz avval qurdirilgan maqbara (Go‘ri Amir), bunyodkorlik ishlari asosan Samarqandda 
mujassam bo‘lgan mazkur hukmdorning betakror inshootlari sirasiga kiradi” [16]. 
O‘z maqolasida zudlik bilan ta’mirga muhtoj bo‘lgan Samarqanddagi obidalar holatiga jiddiy 
qayg‘urgan Vasiliy Lavrentyevich iztirob bilan: “Vaqt o‘tib bormoqda; bizda zavq va hayrat uy 
g‘otgan osori-atiqalarning unsiz guvohlari nuramoqda va buzilmoqda; yoriqlari kengayib, yangi 
yoriqlar paydo bo‘lmoqda, tayanch ustunlari tushib, peshtoqlari to‘kilmoqda, g‘ishtlari ajrab 
chiqmoqda, me’moriy chizgilari yo‘qolib bormoqda hamda ta’mirlash bo‘yicha ishlar 
murakkablashmoqda” [17], deb ta’kidlashga majbur bo‘lgan edi. 
Tarixiy yodgorliklarning ayrim parchalari o‘g‘irlanib, oqibatda ular xorijdagi muzeylar va 
shaxsiy kolleksiyalarda paydo bo‘lib qolayotganini V.L.Vyatkin “vandalizm” deb atagan. Jumladan, 
XIX asrning 80-yillarida tarixiy ahamiyatga molik qadimiyat buyumlarni yig‘ish maqsadida Turkiston 
shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan fransuz er va xotin Uyfalvlar Samarqandda bo‘lgan paytlarida tarixiy 
yodgorliklarning devorlaridan bolta yordamida rangli koshinlarni ko‘chirib olish uchun hali hech 
narsani anglab yetmagan o‘smirlarni yollashgan edi. Shundan so‘ng, koshinlar yettita qutiga joylash-
tirilib, Fransiyaga olib ketilgan [18]. Buning tasdig‘i sifatida V.L.Vyatkinning 1905-yilning 21- 
martida Samarqand viloyati Harbiy gubernatori nomiga yo‘llagan raportini keltirish mumkin. Hujjatda 
ta’kidlanishicha, kechasi Samarqanddagi Go‘ri Amir dahmasining kirish eshigidagi koshin yozuvlarini 
noma’lum kishilar ko‘chirganligi bayon qilingan [19]. 
Podsho ma’murlari tomonidan Peterburgdagi Shtiglis muzeyida saqlash uchun Shohizinda 
ansambli binosidan koshinlarning ko‘chirib olinishini turkistonliklarning huquqlarini qo‘pol buzilishi 
va madaniy riyokorlik deb hisoblagan V.L.Vyatkin afsus bilan: “... Har kuni ziyoratchilarni uzoq 
joylardan o‘ziga jalb qilayotgan muqaddas qadamjolarni tahqirlash musulmonlarda qanday hislarni 
paydo qiladi? Bu hissiyotlarni qo‘zg‘atishga haqqimiz bormi? Oqibatda, bittasi eshigini, boshqasi 
maqbara toshini, uchinchisi gumbazlar ustidagi parchinni olib ketsa, to‘rtinchisi esa Temurlan 
dahmasini olib chiqib ketishni orzu qilib qolsa va oxir-oqibatda bu talon-tarojga hech narsa 
qolmagandagina chek qo‘yish mumkin bo‘ladi. Biz uchun uyatli bo‘lgan bunday ishga, ma’muriyat 
nafaqat ko‘maklashadi, balki azaldan saqlanib kelinayotgan badiiy merosga bunday vahshiylarcha 
28 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish