Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
kelgan tadqiqotchilar birinchi navbatda V.L.Vyatkinga murojaat qilishardi, chunki u Samarqand 
obidalari bo‘yicha yetuk mutaxassis edi. 
Aynan uning tashabbusi bilan 1918-yilda komissiya tuzilib, 1417-1420-yillarda Mirzo Ulug‘bek 
tomonidan qurilgan madrasaning shimoli-sharqiy minorasiga “tez yordam” ko‘rsatish maqsadida M.F. 
Mauer va B.N. Kastalskiylar kabi injenerlar uning tarkibiga kiritildi [28]. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivida saqlanayotgan V.L.Vyatkinning shaxsiy fondida [29] 
O‘zbekiston uchun murakkab bo‘lgan bir davrda Samarqanddagi Registon maydonining bugungi 
qiyofasini saqlab qolish uchun qay darajada amaliy va ilmiy sa’yi-harakatlar qilinganligiga guvohlik 
beruvchi ko‘plab hujjatlar, bayonnomalar, xatlar, murojaatnomalar saqlanib qolgan. M.Ye.Masson 
yozganidek, “komissiya a’zolari Ulug‘bek madrasasi ulkan ilmiy va badiiy ahamiyatga molik 
ekanligini va uning asosiy old qismi (fasadi) burchakdagi minorasiz nihoyatda ko‘rimsiz bo‘lib 
qolishini tiyran anglab yetgan edilar”, chunki busiz ham 1870-yilda madrasaning to‘rt minorasidan 
biri, keyinchalik boshqasi qulab tushgan edi. Komissiyaning ayrim majlislari to‘g‘ridan to‘g‘ri 
Registon maydonida bo‘lib o‘tar, deyarli har bir majlisda madrasa minorasini tezroq qutqarib qolish va 
uni to‘g‘rilash borasida qizg‘in munozaralar bo‘lardi. Ish jarayonlari 1918-1932-yillar davomida 
bajarilib, u muvafaqqiyatli amalga oshirildi. Bu jahon tarixidagi ta’mirlash amaliyotining misli 
ko‘rilmagan voqeligi ham edi. 
Bevosita Samarqand bilan bog‘liq xizmat vazifalari va ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda 
V.L.Vyatkin Sredazkomstaris tomonidan bir necha bor arxeologik qazishmalar o‘tkazish, mintaqadagi 
me’moriy yodgorliklarni o‘rganish uchun o‘z faoliyati vakolatlari doirasida O‘zbekistonning turli 
mintaqalariga xizmat safariga yuborib turilgan [30]. Qayerda ishlamasin, u yana doimo o‘zi uchun 
qadrdon bo‘lgan Samarqandga qaytib kelardi [31]. 
1926-yilda Sredazkomstaris tugatilgach V.L.Vyatkin Samarqandda joylashgan Uzkomstarisning 
birinchi raisi etib tayinlandi.
V.L.Vyatkinning Samarqanddagi bebaho madaniy yodgorliklarni o‘rganish va muhofaza qilish 
borasidagi xizmatlari beqiyosdir. U maxsus bilimga ega bo‘lmay turib, oliy darajadagi iqtidorli 
tadqiqotchi, beqiyos tashkilotchi, ulkan tashabbuskor, o‘z ishining beg‘araz fidoyisi bo‘la oldi. 1908-
1909-yillarda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining qoldiqlari topilishi munosabati bilan V.L.Vyatkin haqli 
ravishda akademik V.R.Rozen nomidagi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Olim faoliyatini e’tirof 
etishning eng asosiy mezoni bu uning Samarqand mahalliy aholisi orasida katta hurmatga loyiq 
bo‘lganligidir.
Fe’l-atvoriga ko‘ra V.L.Vyatkin o‘ziga xos inson edi. Xususan, M.Ye.Masson o‘z ishlarining 
birida N.P.Ostroumovning xotiralarini keltiradi:“... “Odamovi” Vyatkin ... qaysar, odam suymas, o‘ta 
shaxsiyatparast. Boshqalardek, xuddi Nikolay Petrovichdek mahalliy aholidan eshitgan ertaklari, 
maqolalari va topishmoqlarini hamma bilan bo‘lishishni xohlamaydi. Hammasini o‘zi uchun saqlab 
qo‘yadi. Kamiga yana juda tortinchoq. Jamoatchilik ichida o‘zini tutib turolmaslidan uyaladi. Ammo 
umuman olganda, u ko‘p narsaning uddasidan chiqadigan yosh yigit”[32]. 
O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganish uchun birlamchi manbalarni bilish va o‘qiy olishning 
qanchalik muhimligini anglab yetgan V.L.Vyatkin o‘z vaqtida:“Tilni va arab yozuvini o‘rganish kerak 
bo‘ladi, tarixiy dalillarni qanday yoritishimizdan qat’iy nazar biz doimo birlamchi manbaga murojaat 
qilamiz... Madaniyat tarixini, turmush tarzi tarixini, jamiyat va jamoatchilik unsurlari tarixini yozish 
uchun baribir O‘rta Osiyoning umumiy tarixini o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Tarixchi umuman barcha 
materiallarga suyanishi kerak, buning uchun esa tilni egallashi zarur”[33], deb yozgan edi. Olimning 
bu mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
M.Ye.Massonning shaxsiy arxivi ro‘yxatini o‘rganish chog‘ida V.L.Vyatkinning ba’zi bir nashr 
etilgan va chop etilmagan ilmiy ishlari qo‘lyozmalarini: 1) «K voprosam izucheniya uzbekov v 
Sredney Azii. XVI vek» (“O‘rta Osiyodagi o‘zbeklarni o‘rganish masalasiga oid. XVI asr”) 
mashinkada yozilgan, 150 varaq; 2) «Vasiki sidjiyat i utverjdeniye prodaj» (“Sijiyat vasiqasi va 
savdoni tasdiqlash”)ning tarjima qo‘lyozmasini 513 varaq hajmda topishga muvaffaq bo‘ldik. Bu 
asarlar hozirgacha biron bir tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib tahlil etilmagan.
Vasiliy Laverentyevich Vyatkin o‘zining sermazmun va kashfiyotlarga boy umrining 35 yilini 
O‘rta Osiyo tarixiy fanlari rivojiga, olimlarning yangi avlodi tarbiyasiga baxshida etgan edi. 
Vasiliy Vyatkin 1932-yilning 26-iyunida vafot etdi. Uning ilmiy va amaliy xizmatlari e’tirof 
etilib, u Samarqanddagi Registonga dafn etildi, ammo keyinchalik 1934-yilning 29-dekabrida uning 
jasadi o‘zi tomonidan ochilgan Mirzo Ulug‘bekning Samarqanddagi rasadxonasi hududiga ko‘chirildi 
va o‘sha yerga dafn etildi. Uning istagiga ko‘ra, u to‘plagan asori-atiqalar kolleksiyasi (qadimgi 
30 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish