ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2016-yil, 2-son qiziqqan Vasiliy Vyatkin 1877-yilda asos solingan Samarqand viloyati statistika komitetining a’zosi
bo‘ldi. Uning faol ishtiroki bilan 1896-yilning 21-iyulida Samarqandda “Muzeu Samarkandskogo
statisticheskogo komiteta” (“Samarqand statistika komitetining muzeyi”) ochildi.
V.L.Vyatkinning dunyoqarashi, asosan, Turkistondagi rus ziyolilari ta’sirida, shuningdek O‘rta
Osiyoning buyuk mutaffakirlari ishlarini o‘rganish orqali shakllana bordi[4].
Turkiston o‘lkasiga, uning boy tarixi va xalqiga chin yurakdan mehr qo‘ygan V.L.Vyatkin bu
yerda tarixiy fanlar va maorifning ravnaq qilishi uchun o‘zining kuch-g‘ayratini ayamadi. Ta’lim
rivojida bosh omil sanalgan – hamma foydalanishi uchun qulay bo‘lgan kutubxona yaratishga katta
e’tibor qaratdi. Uning 1902-yilda “Russkiy Turkestan” gazetasi mushtariylarining Samarqand shahrida
ommaviy kutubxonaning yo‘qligi xususidagi arziga javob tariqasida yozgan maqolasida: “...Samar-
qandda muzey qurilishiga zarurat bordek ko‘rinadi. ... Viloyatning Harbiy gubernatori xalq o‘qishlari
to‘garagining ishiga va allaqachonlar pishib yetgan ommabop kutubxonaga bo‘lgan talabga
xayrixohlik bildirib, o‘tgan yilning (1901-yil – F.Sh.) boshidayoq, general-gubernator oldiga shahar
mablag‘i hisobidan muzey binosini qurish uchun iltimosnoma bilan chiqqandi, ayni vaqtda ...
qiroatxonasi bo‘lgan va xalq kitobxonlari uchun zalga ega kutubxona qurilishiga ruxsat berish
masalasi ham kiritilgan edi. Hozirgi paytda loyiha va smeta tasdiqlanish arafasida turibdi. Biz umid
qilamizki, navbatdagi mavsumda inshoot qurilishi ochiladi” [5], – deb qayd etilgan.
V.L.Vyatkin o‘z tadqiqotlarini Samarqanddagi ko‘p sonli vaqf hujjatlarini o‘rganishdan
boshlab, asta-sekin boshqa yozma yodgorliklarni tadqiq etishga kirishdi. Shu o‘rinda V.A.
Shishkinning quyidagi mulohazasini keltirib o‘tish joiz: “Maxsus tarixchi-sharqshunos ma’lumotini
olmagan yosh Vyatkin, biror-bir ilmiy rahbarsiz, Samarqandga kelganiga ikki yil o‘tmay, o‘zining
chuqur va serqirra bilimidan guvohlik beruvchi bir qator ilmiy ishlar turkumini nashr eta boshladi” [6].
Shunday qilib, tadqiqotchining o‘lkashunoslikka oid «K istoricheskoy geografii Tashkentskogo
rayona» [7] (“Toshkent rayonining tarixiy geografiya
siga oid”) va «Materialы k istoricheskoy
geografii Samarkandskogo vilayata» [8] (“Samarqand viloyati tarixiy geografiyasiga oid materiallar”)
kabi ishlari ilmiy jamoatchilik diqqatini tortdi. Bu ishlar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan katta
hajmdagi vaqf hujjatlaridan foydalanilgan holda yozilgan edi. Jumladan, V.V.Bartold V.L.
Vyatkinning Samarqand tarixiy geografiyasiga oid yozilgan maqolasi xususida: “Nisbatan kichik
hajmli bo‘lsa-da, V.L. Vyatkinning maqolasi yangi boy materiallar jalb qilinishi jihatidan mukammal
asar nomiga sazovordir” [9], – deb yozgan edi.
V.L.Vyatkin yozma manbalardan xabardor bo‘lish va ular bilan ishlay olish eng muhim
vazifalardan biri hisoblanishini va bu O‘rta Osiyoni o‘rganishda “rus tadqiqotchilari uchun tayanch
nuqtasi” bo‘lib qolishini bir necha bor ta’kidlagan edi. U mahalliy aholidan noyob qo‘lyozmalarni
sotib olinishi va ommaviy tarzda xorijga olib chiqib ketilayotganligini nihoyatda salbiy baholab:
“Turkistondagi qo‘lyozmalar soni asta-sekin kamayib bormoqda; qo‘lyozmalar xorij kutubxonalari va
havaskor kolleksionerlar uchun jadallik bilan sotib olinmoqda; ularning narxlari juda tez
ko‘tarilmoqda, chunki xorijliklar narx masalasida deyarli xasislik qilmaydi...
Nafaqat azaldan savodxonligi yuqori bo‘lgan islom mamlakatlarida, balki hamma yerda
xalqning ham tashqi, shuningdek ichki turmush tarzini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar o‘tmish
haqidagi fanning serqirra jihatlari sanalib, – ba’zida xalq tarixiy hayotining u yoki bu sohasidagi
yagona manba hisoblanadi. O‘lkada haligacha saqlanib qolgan mavjud yozma xazinani chet elliklar
tomonidan talon-taroj qilinishidan saqlash va ularni Toshkent ommaviy kutubxonasi uchun xarid
qilish zarur”[10], – yozgan edi
V.L.Vyatkinning o‘zi ham butun umri davomida katta hajmdagi sharq qo‘lyozmalarini
to‘plagan edi. Uning vafotidan so‘ng ular Davlat ommaviy kutubxonasi jamg‘armalaridan o‘rin olib,
bu qo‘lyozmalar 273 jilddan iborat bo‘ldi [11].
V.L.Vyatkinning Samarqanddagi qadimiy me’moriy yodgorliklar bilan qiziqishi tufayli yana bir
tarixiy fan yo‘nalishi – tarixiy topografiyani chuqur o‘rgandi.
1903-yilning 18-aprelida V.L.Vyatkin: “Musulmon manbalari asosida O‘rta Osiyo tarixini, yo‘l-
yo‘lakay me’morchilik san’ati tarixi yodgorliklari masalasini o‘rgangan, eng asosiysi mahalliy
xalqlarning og‘zaki va yozma tilini biluvchi shaxs sifatida” [12] Samarqanddagi barcha
yodgorliklarning nazoratchisi etib tayinlandi. Bu vazifaga inshootlar holatini nazorat qilish va
ta’mirlash ishlarini tashkil etish ham kirar edi.
U xizmat faoliyatini dastlab Samarqanddagi tarixiy yodgorliklarning holati xususida Samarqand
viloyati Harbiy gubernatori nomiga yozilgan axboroti [13] bilan boshlab yubordi. U mazkur
murojaatnoma bilan bir vaqtning o‘zida: 1) hokimiyatga, 2) Samarqand shahar xo‘jalik
27