ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
Un tegirmoni
3
3
225
3
66,8
1764
992266
Vino-uzumchilik sanoati
7
2
96
5
187,4
53464
5528045
Pivo tayyorlash
1
1
225
1
177,4
14367
16188406
Sholi oqlash
1
1
25
-
-
-
-
Ichak ishlab chiqarish
1
-
-
1
10,9
2207
65095
Paxta tozalash
4
2
376
2
94
26501
5217690
Teri-ko‘nchilik
2
1
90
2
57
13676
319486
Ipak qurti urug‘ini saralash
2
-
-
2
54
15976
61544
Elektr energiyasini ishlab
chiqarish va uzatish
1
1
55
1
8
5918
28241
Jami
25
12
1808 20
815,8
3185021
14268469
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, vino-uzumchilik va paxta tozalash sanoati boshqa tarmoqlarga
qaraganda taraqqiy etgan. Birinchisi yalpi mahsulotning 38,7 % ini, ikkinchisi 36,5 % ini beradi.
Sanoat mahalliy xomashyo bilan ishlaydi, mahsulotlar esa (vino-uzumchilik va paxta tozalash)
mahalliy bozorlar, shuningdek, Rossiyaning ayrim bozorlarida sotiladi [4].
Samarqand okrugida savdo-sotiq munosabatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u o‘ziga xos
ravishda tashkil topganini ko‘rishimiz mumkin. Okrug hududida jami aholi ehtiyojlarini qondirish
uchun 39 ta bozor faoliyat olib borgan bo‘lib, ularning joylashuvi tumanlarning iqtisodiy-siyosiy
holati, shart sharoitlaridan kelib chiqib turlicha bo‘lgan. Masalan, Yangi Qozon Ariq tumanida
Urgutda, Yuqori Darg‘om tumanida – Jumabozor va Bog‘izag‘onda, Pastdarg‘om tumanida Daud va
Juma temir yo‘l stansiyasida, Damariq tumanida – Jom, Chimboy va Kattaqo‘rg‘on shahrida,
Qoradaryo tumanida Joyisag‘ir, Ishtixon – Qoraqo‘yli, Oqtepa va Payshanbada, Oqdaryo tumanida –
Yangiqo‘rg‘on, Loyish va Dahbedda, Mitan tumanida – Mitan, To‘sin, Oqtepa va Qo‘shrabotda,
Payariq tumanida – Juma, Oylovat, Garasha, Qorabdal va Chelakda, Bulung‘ur tumanida 7 ta –
Cho‘yantepa, Oqtepa, Jomboy, Yakanshik, G‘azara, Gukur va Rostovsevo stansiyasi (hozirgi
Bulung‘ur shaharchasi)da, Yangiqo‘rg‘on tumanida – Yangiqo‘rg‘on, Kushk, Usmat, Payshanba-
Saugre, Sangzor va Kurapatkin temir yo‘l stansiyasida, Jizzax tumanida – Ravot, Bog‘don va Jizzax
shahrida bozorlar faoliyat yuritgan [6].
Bu bozorlar shahar va qishloqlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lab turgan hamda aholining asosiy
oldi-sotdi joylari hisoblangan. Savdo aloqalari okrug doirasidagi tumanlar bilan chegaralanib
qolmasdan, qo‘shni okruglar bilan ham olib borilgan.
Bozorlardan tashqari okrug hududida 754 savdo shahobchalari bo‘lib, ularning 13 tasi
kooperativ, 5 tasi O‘zbek savdoga qarashli, 19 tasi iste’molchilar kooperatsiyasiga, 2 tasi dehqonning
paxtasini sotib olish punkti va 715 tasi xususiy bo‘lgan. Shuningdek, Samarqand okrugining ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Okrugda
bu davrda 120 ta sovet maktabi, 276 ta eski maktab, 28 ta savodsizlikni tugatish maktabi, 7 ta qizil
choyxona, 2 ta kutubxona va 2 ta partiya maktabi faoliyat yuritgan [6].
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Markazning rayonlashtirish komissiyasi tomonidan XX asr 20-
yillarining o‘rtalarida O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan ma’muriy-iqtisodiy rayonlashtirishi natijasida
O‘zbekistondagi ma’muriy-hududiy birliklarning nomlari, chegaralari o‘zgartirildi. Rayonlashtirish
siyosatining amalga oshirilishi oqibatida viloyatlar, uyezdlar, volostlar o‘rniga okruglar, rayonlar
(tumanlar) va qishloq sho‘rosi (selskiy sovet) tashkil qilindi. Qishloq sho‘rosi (selskiy sovet)ning
vazifa va funksiyalari aniqlashtirildi.
Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan rayonlashtirish siyosati va uning o‘lka
xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga doir o‘sha davr arxiv hujjatlari va
manbalarining tahlili shundan dalolat beradiki, Zarafshon vohasida tuzilgan okruglar O‘zbekiston SSR
da tuzilgan okruglar orasida o‘ziga xos mavqega va o‘ringa ega bo‘lgan okruglar ekanligidan dalolat
beradi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan holda Zarafshon vohasining sovet davri tarixini o‘rganish
bugungi kunda ham ahamiyatga ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |