ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
Zarafshon vohasida 3 ta Buxoro, O‘rta Zarafshon va Samarqand okruglari va alohida Qozoq
Konimex tumani (Beshrabot, Oytepa, Boymetantepa va Toshquduq volostlari bo‘lgan) tashkil etildi
[3].
I. Buxoro okrugi – markazi Eski Buxoro shahri, to‘liq Buxoro va G‘ijduvon uyezdlari asosida
quyidagi 7 tumandan iborat bo‘lgan:
1. Lenin (Shofrikent) (tuman markazi – Xoja Orif).
2. G‘ijduvon (tuman markazi – G‘ijduvon ).
3. Vobkent (tuman markazi – Vobkent).
4. Romitan- Xayrabod (tuman markazi – Lag‘laqa).
5. Buxoro (tuman markazi – Eski Buxoro).
6. Boxouddin (tuman markazi – Yangi Buxoro [Kogon]).
7. Qorako‘l (tuman markazi – Qorako‘l).
II. O‘rta Zarafshon okrugi – muvaqqat markazi Karmana shahri va quyidagi hududlardan iborat
6 tuman tashkil topgan.
1) to‘liq Karmana uyezdi.
2) Nurota uyezdining Qo‘shrabot volostidan tashqari hududlari.
3) Jizzax uyezdining Sintob volosti.
4) Kattaqo‘rg‘on uyezdidan: a) Damariq, Jom, Joyisag‘ir, Kalqo‘rg‘on, Mingariq, Nauqin,
Payshanba, Chimboy, Yarboshi.
b) Xoja Ariq volostining So‘g‘at, Frunze (Chovli) qishloq sho‘rosi, o‘ng qirg‘oq qismidan (Xoja
Ariqning) Lenin (Ko‘tarma) qishloq sho‘rosi.
s) Sirg‘ali volostining Ulug‘, To‘rtkapa, Arabxona qishloqlari.
d) Kattaqo‘rg‘on shahri territoriyalari kiritilib, quyidagi tumanlardan iborat bo‘lgan.
1. Nurota (tuman markazi – Nurota).
2. Karmana (tuman markazi – Karmana).
3. Xatirchi (tuman markazi – Xatirchi).
4. Narpay (tuman markazi – Mirbozor).
5. Qoradaryo (tuman markazi – Payshanba).
6. Damariq (tuman markazi – Kattaqo‘rg‘on shahri) [3].
III. Samarqand okrugi tarkibiga quyidagi hududlar kiradi: Jizzax uyezdi (Sintob volostidan
tashqari), to‘liq Samarqand uyezdi, Kattaqo‘rg‘on uyezdidan – Mitan rayoni, To‘rtko‘l, Yangiqo‘rg‘on
volostlari butunligicha, Sirg‘ali volostining Ulug‘, To‘rtkapa, Arabxona qishloqlaridan tashqari
hududlari, Xo‘ja Ahror volostining Xo‘ja Axror arig‘ining sharqiy tomonidagi qismi, Nurota
uyezdining Qo‘shrabot volosti.
Okrug quyidagi tumanlardan iborat bo‘lgan:
1) Mitan (tuman markazi – Mitan);
2) Payariq (Chelak) (tuman markazi – Chelak)
3) Oqdaryo (Dahbed) (tuman markazi – Loyish)
4) Pastdarg‘om (tuman markazi – Juma stansiyasi)
5) Bulung‘ur (tuman markazi – Rostovsevo stansiyasi)
6) Yuqori Darg‘om (tuman markazi – Samarqand shahri)
7) Yangi Qozonariq (tuman markazi – Urgut)
8) Jizzax (tuman markazi – Jizzax)
9) Yangi qo‘rg‘on (tuman markazi – Yangi qo‘rg‘on)
10) Zomin (tuman markazi – Zomin)
Okrugning umumiy maydoni – 16776 kv vyorst. Okrug markazi Samarqand shahri bo‘lib,
shahardan rayon markazlarigacha bo‘lgan masofa 22 vyorstdan 150 vyorstgacha bo‘lgan.
Okrug hududida 41 volost va 115 qishloq kengashlari bor edi. Rayonlashtirishni o‘tkazishda
okrugda 10 ta rayon va 171 ta qishloq kengashlari loyihalashtirildi, jumladan 4 ta tojik aholisi, 2 ta
qirg‘iz, 1 ta arab, 3 ta eroniy (forsiy), 1 ta rus va 5 ta aralash aholiga ega bo‘lgan qishloq kengashlari,
qolgan 155 tasi o‘zbeklar yashaydigan qishloq kengashlari edi [4].
Samarqand viloyati rayonlashtirish komissiyasining 1926-yil 1-sentabrda bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishida viloyatdagi qishloq sho‘rosi (selsovet) va rayon ijroiya qo‘mita (rayispolkom)larining shtat
birligi masalasini ko‘rib chiqadi. Rayonlashtirish komissiyasi okrug hududini 170 ta qishloq sho‘rosi
(selsovet)ga bo‘lib, ulardagi haq to‘lanadigan shtat birligini 2 kishidan: Qishloq sho‘rosi (selsovet)
raisi; sekretar (kotib) dan iborat tartibda belgilaydi [5]. Samarqand viloyati (okrugi)da rayonlashtirish
22
Do'stlaringiz bilan baham: |