Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
turar joylari, qishloqlar, qishloq sovetlari aholisining milliy tarkibi, jinsi, yoshi, oilaviy holati, millati, 
tili, ma’lumoti, mashg‘uloti kabi holatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan eng to‘liq ma’lumotlar olingan. 
1970-yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati paytida ittifoq bo‘yicha 670 ming kishi ishtirok etdi. 
Shundan 540 ming nafari hisobchilar bo‘lsa, 100 ming nafari instruktor-nazoratchilar edi. Yana 26 
ming nafari davlat statistika boshqarmasi bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda 4 ming 
nafar shahar va tumanlar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar. Ana shu aholi ro‘yxatlarida 
qatnashganlar soni bo‘yicha yurtimizning Samarqand viloyati misolida e’tiboringizni quyidagi 
ma’lumotlarga qaratmoqchimiz. 1959-yilda viloyat bo‘yicha 2200 kishi ro‘yxatga olishda qatnashgan. 
Ana shundan 500 tasi Samarqand shahrida faoliyat olib bordilar. 1970-yilgi aholini ro‘yxatga olishda 
esa viloyat bo‘yicha 3 mingta odam qatnashgan, ularning 2300 tasi hisobchilar edi [5; 7]. 
1979-yilning yanvarida navbatdagi aholi ro‘yxati o‘tkazildi. Unda savol-javob paytida qilingan 
yozuvlar maxsus o‘qish qurilmalari yordamida EHMga kiritilib, magnit lentasiga yozib olindi. [15;11] 
Bu ham ana shu sohada qilingan yangiliklarning biri edi. O‘zbekiston xalqlarinig keyingi yillarda 
o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlaridagi ko‘payishi sobiq ittifoq respublikalari ichida eng yuqori darajaga 
ko‘tarildi [16;113]. 
Respublikaning eng ko‘p sonli asosiy millati bo‘lgan o‘zbeklar bo‘lib, ular aholining asosiy 
qismini tashkil etadi va O‘zbekiston aholisida ularning salmog‘i ro‘yxatdan ro‘yxatga ortib borgan. 
O‘zbekistonda yashovchi qolgan barcha millatlar qariyb 20 yil ichida o‘zlarining sonini 
ko‘paytirganlari holda, respublika aholisida ularning salmog‘i bir oz kamaygan. Bu o‘rinda, ayniqsa, 
ruslar (13,5 foizdan 10,8 foizga), tatarlar ( 5,5 foizdan 4,2 foizga), yahudiylar ( 1,2 foizdan 0,6 foizga) 
tushib qoldi [17; 29]. Bu boshqa millatlarning respublika aholisidagi salmog‘ining kamayishi, ular 
sonining o‘smaganligi yoki kamayganligini ko‘rsatmaydi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 1970-1989- 
yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yashovchi ruslar 180 ming kishi, tatarlar 82900 kishiga ko‘paygan. 
O‘zbek millatiga oid aholining umumiy aholi tarkibdagi ulushi 1970-yilda 65,4 foizni tashkil qilgan 
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1989-yilga kelib 71,4 foizga ko‘tarilgan. Yani 6 foizga oshgan. 
Xullas, sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda olti marotaba aholi ro‘yxati o‘tkazildi Ammo, 
ro‘yxatga olish yakunlarida to‘plangan natijalar bo‘yicha kelajakda aholining turar joy, ish o‘rinlari, 
maktab, madaniy-maishiy binolar bilan ta’minlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmadi. 
Natijada esa 1980-yillarga kelib respublikada inqirozli holat vujudga keldi. Odamlarni oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-kechak bilan ta’minlashning o‘zi ham muammoga aylanib qoldi. Respublikada 
eng ko‘p sonli bo‘lgan millat tili - o‘zbek tilida nashr qilinadigan kitob, gazeta va jurnallarning soni 
respublika aholisi ehtiyojini qondirmadi. Xayriyatki, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ana 
shunday holatlarga chek qo‘yildi. Respublikada amalga oshirilib borilayotgan har bir islohotlar uzoqni 
ko‘zlab, birinchi navbatda, aholining turmush farovonligini yaxshilash, mamlakatda yashayotgan turli 
millat vakillari manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib ana shu maqsadda bir necha bor aholi 
ro‘yxatlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazilishi va uning yakunlari bo‘yicha kelajak rejalarining 
tuzulishi, albatta, mamlakat ravnaqiga katta hissa qo‘shadi va uning dunyo mamlakatlari o‘rtasida 
tutgan obro‘-etiborini mustahkamlaydi.  

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish