Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports


Axloqiy-kasbiy buzilishning tur va shakllari



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

2. Axloqiy-kasbiy buzilishning tur va shakllari. Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishining 
ikki turi mavjud: birinchisi – yosh xodimning tajribasizligi, qonun va buyruqlarni bilmasligi, qiyin 
sharoitlarda o‘zini yo‘qotib qo‘yishi tufayli bo‘ladigan kasbiy buzilish; ikkinchisi – mehnat va xizmat 
jamoat jamoalarida ishlab, tajriba orttirgan xodimlarning qonunlardagi ayrim kamchiliklarni anglab, 
hamma narsani tushungan holda, boylik orttirish maqsadida, ongli ravishda axloqiy yomonlikka yo‘l 
qo‘yishi asosida yuzaga keladigan kasbiy buzilish. 
Yoshlar aholining turli qatlamlari bilan munosabatda bo‘lar ekan, bir tomondan, har xil davlat 
hokimiyati va tashkilotlarining, shuningdek jamoat uyushma va birlashmalarining vakili sifatida 
ularga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, ikkinchi tomondan esa, uning o‘zi ham o‘shalarning ta’siri ostida bo‘ladi. 
Xuddi shu joyda axloqiy-kasbiy buzilish kelib chiqishi mumkin. Chunki ayrim yoshlar davlat 
hokimiyatining vakili sifatida fuqarolarga nisbatan o‘ziga berilgan vakolatlar chegarasidan chiqib 
ketib, lavozimidan foydalanish; boshqa tomondan esa, o‘zgalarning ta’siri ostida bo‘lgan xodim 
ularning bergan va’dalari, poralari va boshqa xizmatlariga ishonib, o‘z xizmat burchiga xiyonat qilishi 
mumkin. Ikkala hol ham axloqiy-kasbiy buzilishga olib keladi. 
Yoshlarining axloqiy-kasbiy tanazzulga uchrashlariga ularning atrofini o‘rab turgan jinoyat-
chilar dunyosining ta’siri ham sabab bo‘ladi. Odam o‘ldirishlar, bosqinchilik, o‘g‘rilik, ig‘vo, tuhmat, 
urush-janjallar ayrim yoshlarning ma’naviy-ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilib, oxir-oqibatda uning xulqi 
40 


ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
o‘zgarishiga, kasbiy jihatdan buzilishiga olib kelishi mumkin. Undagi bunday buzilish ochiq yoki 
yopiq shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Yosh xodimlarining har xil tartibbuzarlik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida 
qo‘llaniladigan usul va vositalaridagi xatolar, ayniqsa, qonundan chetga chiqib ketgan holda zo‘rlik 
ishlatish, urish yoki haqorat qilishlari ham axloqiy-kasbiy buzilishning ko‘rinishlari hisoblanadi. 
Yoshlar xizmat qilayotgan jamoalardagi boshliq va bo‘ysunuvchilar, kattalar bilan kichiklar 
o‘rtasidagi ma’naviy-axloqiy muhitning qoniqarli emasligi ham kasbiy tanazzulga olib keladigan 
sharoitlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ular o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar xushomadgo‘ylik, 
mansabparastlik, shaxsiyatparastlik asosida qurilgan ekan, u albatta axloqiy-kasbiy buzilishni keltirib 
chiqaradi. Demak, kasb madaniyatining past darajada rivojlanganligi tufayli, ko‘pgina yosh xodimlar 
axloqiy-kasbiy tanazzulga yuz tutadilar. 
Shunday qilib, yoshlarining axloqiy ongida, xatti-harakatlarida yuzaga kelgan buzilishlar 
quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
- toshbag‘irlik, odamlarga yuzaki munosabatda bo‘lish, g‘amxo‘rlik va rahm-shafqatning 
yo‘qligi; 
- subutsizlik; 
- g‘irromlik, vijdonsizlik, shaxsga befarqlik, kasbiga sovuqqonlik bilan qarash; 
- axloq prinsiplari (insonparvarlik, jamoachilik, vatanparvarlik) va normalarini (burch, vijdon, 
mas’uliyat, sha’n va qadr-qimmatlar) bila turib atayin buzish; 
- kasbiy bilimlarining past darajada ekanligi; 
- odamlarga muntazam ravishda shubha bilan qarash, o‘ch olish payida bo‘lish, zahrini sochish; 
- o‘ziga berilgan vakolatlardan mutlaqo noto‘g‘ri foydalanish, lavozimidan foydalanish va h.k. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish