ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
marra uniki – u yog‘i pensiya. Mustaqil davlatimizning bugungi bosh shiorlaridan biri – yurtim deb,
elim deb yonib yashash undaylarning tushiga ham kirmaydi.
Oqibatda yangilik kurtakligidayoq nobud bo‘ladi va uni boshlagan yosh tadbirkorning hafsalasi
pir bo‘ladi, taraqqiyoti, intilishi so‘nib qoladi»[4], - deb haq gapni aytgan edi.
Uchinchidan, qonunlarning o‘z vaqtida qabul qilinmasligi yoki qabul qilingan qonunlarning o‘z
vaqtida hayotga tatbiq etilmasligi, natijada fuqarolarning axloqiy ongida ikkilanishlarning paydo
bo‘lishiga hamda huquqiy madaniyatning shakllanishi past darajada qolib, ularning shu asosda har xil
huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklarni sodir etishlari.
«Huquqiy madaniyat darajasi, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – faqatgina qonunlarni bilish,
huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga
bo‘ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun
sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani turli mojarolarni hal qilishda
qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»[5].
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, albatta, yoshlarining xizmat faoliyatiga, turmush tarziga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular yosh xodimlar axloqiy-kasbiy buzilishlarining tashqi sabablari,
xolos. Uning tub sabablarini esa yosh xodimlarining xizmat faoliyatini tashkil etishda, boshqarishda,
mehnat va xizmat jamoalarida axloqiy-ruhiy-ma’naviy muhitda, tarbiyada yo‘l quyilgan
kamchiliklardan izlash kerak.
Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishining obyektiv va subyektiv sabablari bor.
Obyektiv sabablari quyidagilardan iboratdir:
- professional faoliyatning xususiyatlari, ya’ni qiyin va xavfli sharoitlarda, favqulodda holatlar
va ekstremal vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, o‘limga tik qarab, jismoniy va ruhiy jihatdan
zo‘riqib ishlashlari, ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘z qobiliyatini tiklab olish uchun vaqt etishmasligi;
- jinoyatchilar dunyosi – terrorchilar,ekstremistlar,aqidaparastlar va shu kabi unsurlarning salbiy
ta’sirini sezish va oqibatda ularga qo‘shilib ketish hollarining mavjudligi;
- ishni tashkil qilish va boshqarishda xato va kamchiliklar, ya’ni hisobotlarning
takomillashmaganligi, xizmat sohalari o‘rtasida birgalikda harakat qilishning yo‘qligi, miqdor ketidan
quvish, haybarakallachiliklarning hamon uchrab turishi;
- birga ishlayotgan ba’zi xodimlarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishlari, ishga
sovuqqonlik bilan yondashishlari, odamlarga nisbatan befarqlik, yuzaki munosabatda bo‘lishning
yangi kelgan yoki vijdonli, mehnatkash va intizomli xodimga salbiy ta’siri;
- rahbar xodimlar va bevosita boshliqlar tomonidan nazorat qilish ishlarining muntazam
ravishda tashkil qilinmaganligi yoki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- operativ-texnika bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik, zarur asbob-uskunalar bilan
jihozlanmaganlik;
- oilaviy munosabatlardagi va turmush sharoitidagi qiyinchiliklar;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolar;
- xodimlarni tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda hisob-kitobdan adashishlar, ya’ni yuzaki
yondashuvlarga yo‘l qo‘yishlar;
Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishlarini keltirib chiqaruvchi
subyektiv sabablar
quyidagilardan iboratdir:
1) xodimlarning xizmat-kasb sohasidagi bilim darajasi nihoyatda pastligi va o‘z kasb mahoratini
oshirishga urinmasliklari, o‘z ishiga tanqidiy nazarning yo‘qligi, to‘plagan arzimas tajribasiga haddan
tashqari ishonish va h.k.;
2) xizmat vazifasini bajarishga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor emaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish,
o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik, bo‘shanglik, spirtli ichimliklar ichishga ruju qo‘yganlik
va h.k.;
3) xizmat jamoasidagi axloqiy-ma’naviy-ruhiy muhitning yomonligi, shaxs va jamoa o‘rtasidagi
manfaatlar va maqsadlarning mushtarak emasligi;
4) xodimlar axloqiy, xizmat va irodaviy tayyorgarligining yetarli darajada emasligi;
5) xizmat jamoasi manfaatlarini mansabparastlik, guruhbozlik manfaatlaridan ajrata olmaslik;
6) xodimlarning o‘z ish vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qila olmasliklari, jismoniy va ruhiy
zo‘riqishlardan xalos bo‘lish usullarini bilmaslik, ishdagi va oiladagi tashvishlardan o‘zini xoli
qilolmaslik va h.k.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |