ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishlarining tuzilishini kuzatadigan bo‘lsak, uning ochiq, ya’ni
ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan va yopiq, ya’ni ko‘zga tashlanib turmaydigan shakllari ham
mavjudligini ko‘ramiz.
1. Kasbiy buzilishning ochiq, ko‘zga tashlanadigan shakllari quyidagilardan iborat:
-o‘zining tengdoshlariga va boshqa fuqarolarga nisbatan rahmsizlik qilish, g‘ayriinsoniy
munosabatda bo‘lish, ya’ni urish, haqorat qilish, mansabidan foydalanish, xizmat axloqi prinsip va
normalarini qo‘pol tarzda buzish;
-haddan tashqari shubhalanish, ayblashga moyillik, o‘z-o‘zini tanqid qilishning yo‘qligi;
-spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar iste’mol qilish;
-nutq madaniyatining yetishmasligi, qo‘pollik, har xil jargonlardan bo‘lar-bo‘lmasga
foydalanish, ularni qo‘llashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yish;
-tashqi ko‘rinishning xunukligi, kiyim-boshlarning iflosligi, soch-soqolning o‘sganligi, aft-
angorning ifloslanib, sovuq tus olganligi va h.k.
2. Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishlarining yopiq, ko‘zga tashlanmaydigan shakllariga
quyidagilar kiradi:
-ish jarayonida xizmat mavqeidan o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanish;
-turmushdagi axloqiy nopoklik;
- axloqiy-ma’naviy jihatdan qashshoqlanish;
-xizmat manfaatlarini noto‘g‘ri tushunish, ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yish;
-ta’magirlik, poraxo‘rlik;
-jinoyatchilar bilan til biriktirish, ularga qo‘shilib ketish.
Kasbiy buzilishlarning ana shu barcha ko‘rinishlarini, omillarini, obyektiv va subyektiv
sabablarini to‘liq hisobga olgan holda yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishlarining oldini olish va uni
tugatish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur.
5. Axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olish tadbirlari. Yoshlarning axloqiy-kasbiy
buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlarni va bevosita
chora-tadbirlarni qo‘llash asosida olib boriladi.
Umumiy chora-tadbirlarga jamiyatdagi ziddiyatlarni tadrijiy yo‘l bilan hal qilgan holda, yoshlar
ongida qonunga itoatkorlikni, hayotning barcha jabhalarida qonunlarning ustunligini ta’minlash
kabilar kiradi.
«Qonunning ustuvorligi, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – huquqiy davlatning asosiy
prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir
davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs,
hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma
barobardir»[8]. Shunday ekan, qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat
manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya’ni o‘z qilmishlari uchun davlat oldida ja-
vobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. Har bir qonunga itoatkor fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning
yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas,
balki uning o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Shu ma’noda, qonunlarga itoat
qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin.
Qonun odamlarni birlashtiradi, qonunlarni buzish esa huquqbuzarni qonun doirasidan tashqari
chiqarib qo‘yadi. Qonunga itoatkorlik aql-idrok, vijdon, ichki e’tiqod mahsuli bo‘lib, insonning
bunday olijanob fazilati har qanday sharoitda ham, har qanday yo‘llar bilan quvvatlanishi,
tarbiyalanishi va rag‘batlantirilishi darkor.
Shunday qilib, kasbiy buzilishning oldini olishga qaratilgan tadbirlardan eng birinchisi,
yoshlarni huquqiy tarbiyalash va shu asosda ularning huquqiy ongini o‘stirib, huquqiy madaniyatini
shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |