Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports


Axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olishda qo‘llaniladigan maxsus tadbirlar



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

8. Axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olishda qo‘llaniladigan maxsus tadbirlar. Yoshlarning 
axloqiy-kasbiy buzilishlarining oldini olishga qaratilgan mazkur harakatlardan boshqa aniq chora-
tadbirlar ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Professional faoliyatni tashkil etish sohasida
-har bir xodimni tanlab olishda va ishga tayinlashda ularning qiziqishlarini inobatga olish; 
-xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun barcha chora-
tadbirlarni ko‘rish; 
-odamlar bilan muntazam ravishda yakka tartibda tarbiyaviy ishlar olib borish; 
-xodimlarga fuqarolar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa o‘rnatish mahoratini 
o‘rgatish; 
-xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal masalalarning yechimini 
tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan yutuqlarini o‘rganib, ulardan unumli foyda-
lanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish; 
45 


ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
-qo‘l ostidagilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish; 
-xodimlar bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari, oilasi tinch, hayoti sermazmun bo‘lishi 
uchun ular haqida tinmay g‘amxo‘rlik qilish; 
-o‘zgalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llashni o‘rgatish orqali yosh xodimni 
janjalli va qo‘rqinchli holatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish; 
- jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish. 
2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida
-xodimlarda ilmiy dunyoqarash, axloqiy-huquqiy e’tiqod, g‘oyaviy-siyosiy madaniyat va 
irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish; 
-ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqid ruhida tarbiyalash; 
-iroda va xarakter kuchini chiniqtirish; 
-jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatini hosil qilish; 
-xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko‘rsatish; 
-tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlantirish va jazolash usul va 
vositalaridan unumli foydalanish; 
-jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish; 
-qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlari, dam olishini yaxshilash borasida g‘amxo‘rlik qilish; 
-tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prinsiplarini birga qo‘shib olib borish, 
ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni qaratish; 
-xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari va tili bilan bog‘liq 
qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli 
foydalanish. 
Yuqorida belgilangan chora-tadbirlar bilan bir qatorda yoshlarning axloqiy-kasbiy 
buzilishlarining oldini olishda oilada axloqiy muhitning o‘rni beqiyos ekanligi haqida to‘xtalar ekan 
I.A.Karimov:« ... bir qarashda arzimas narsadek tuyuladigan, lekin hayotda katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan muhim bir masalaga alohida to‘xtalish joiz. Ya’ni, oilalarimizda sog‘lom ma’naviy muhitni 
tashkil qilish, xususan, er-xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona va kelin o‘rtasidagi munosabatlar, 
qo‘shnichilik munosabatlarining o‘zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo‘lishiga erishish – bu 
yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va ahillikni yanada mustahkamlashning eng muhim sharti ekanini 
doimo esda tutishimizni istardim»,– degan edi.
Bugungi kunda yoshlarni har xil buzg‘unchi g‘oyalar, xatti-harakatlar ta’siri natijasida yuzaga 
kelayotgan axloqiy-kasbiy buzilishlarining oldini olish nafaqat davlat muassasalarining ishi, balki ota-
ona, mahalla-kuy, ustoz-murabbiy, barcha hayotning sir-sinoatlarini anglab etgan holda mamlakatimiz 
mustaqilligini oliy saodat deb biladigan barcha fuqarolarning muqaddas burchidir. Chunki,mustaqil 
ona-Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan aqli raso, bilimli, zukko, o‘z kasbini puxta egallagan 
yoshlarning shijoatli kuch g‘ayratisiz xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlarga erisha olmaydi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish