ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
2) har qanday jamiyatdagi yoshlar qatlamining bilimi va malakasi, intellektual qobiliyatlari,
ma’naviy va ruhiy barkamollik darajasi kabi ijtimoiy sifatlari nafaqat butun dunyo va umuminsoniyat,
balki alohida mamlakat va muayyan xalq rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tobora yaqqol namoyon
bo‘lmoqda;
3) globallashuv va axborot kommunikatsiyalarining ahamiyati, turli g‘oyaviy tahdid va axborot
xurujlari bilan bog‘liq xavf-xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi kunda yoshlarning hayotiy
ideallari, qiziqish va intilishlari, ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasi ko‘p hollarda mamlakat xavfsizligi va
jamiyat hayotining barqarorligini belgilaydigan muhim omillardan biriga aylanib bormoqda;
4) bunday sharoitda har bir xalqning yosh avlodga munosabati, muayyan mamlakatning
yoshlarga doir siyosatini belgilash va amalga oshirishda milliy manfaatlarga sodiq, yuksak ma’naviyat
tamoyillari asosida tarbiyalangan, zamonaviy bilimlarning asoslarini egallagan, davr talablarini yaxshi
anglaydigan, faol va omilkor, hushyor va fidoiy insonlarni tarbiyalash ustivor ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu tendensiyalar ta’sirida o‘tgan asrning o‘rtalarida qator rivojlangan davlatlarda yoshlarga
doir siyosat mustaqil faoliyat yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. 1985-yilda BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan “Samarali yoshlar siyosatini shakllantirishning asosiy qoidalari to‘g‘risida” rezolyusiya
qabul qilinishi ana shu jarayonning mantiqiy davomi bo‘ldi va bu boradagi masalalarning nihoyatda
muhimligini yana bir bor namoyon qildi. Bu esa jahon mamlakatlarining milliy manfaatlari va
taraqqiyot tamoyillariga mos yoshlar siyosatini amalga oshira boshlashi uchun asos bo‘ldi, deyish
mumkin.
O‘zbekistonning butun jahonda yoshlar qatlamiga yangicha munosabat shakllanayotgan aynan
shu davrda mustaqillikka erishishi mamlakat hayotining barcha sohalari qatori, bu borada ham
davlatimizning yoshlarga doir siyosatida muhim bosqichga aylandi. Davr talabidan kelib chiqib
yurtimizda yoshlar muammosiga alohida ahamiyat qaratildi, ularning manfaat va ehtiyojlarini
ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, ya’ni, 1991-yilning 20-noyabrida
sobiq ittifoq respublikalari orasida birinchilardan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinganligi buning yaqqol dalilidir.
Bu yo‘nalishda 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
respublikamiz yoshlarining huquqlari va faoliyat kafolatlari belgilab qo‘yilganini, unda barcha
fuqarolarga taalluqli qoidalardan bilan birga, aynan yoshlarga tegishli bo‘lgan me’yorlar ham
mavjudligini alohida qayd etish lozim. Jumladan, 41-moddada: “Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”; 45-
moddada: “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat
himoyasidadir”; 64-moddada: “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar”; 117-moddada: “O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan
fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” kabi me’yorlar belgilab qo‘yilgani bejiz emas.
Alohida ta’kidlash joizki, istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilingan ushbu tarixiy hujjatlar
avvalo, mamlakatimiz uchun yoshlar qatlamining jamiyatdagi o‘rni va mavqeining tobora ortib borishi
bilan bog‘liq jarayonning yurtimiz taraqqiyotiga xos asosiy xususiyatlardan biri ekanligini chuqur
anglab olinganidan dalolat bersa, ikkinchidan hayotning barcha sohalari kabi bu borada ham bosh
islohotchi bo‘lgan davlatimizning yoshlar masalasiga doir siyosatining strategik yo‘nalishlarini
mustaqil taraqqiyotimizning avval-boshidanoq to‘g‘ri belgilab olganligini yaqqolroq namoyon qiladi.
Mazkur tarixiy hujjatlarga ko‘ra, istiqlol yillarida mamlakatimizda ma’naviy barkamol avlodni
tarbiyalash, yoshlarning zamon talablari aks etgan ideosferasini shakllantirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratib berish bilan bog‘liq jarayonni tahlil qilish, bu borada quyidagi ustuvor vazifalarni
bajarishga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi:
- xalqimizning buyuk kelajagini barpo etish yo‘lida yoshlarning ma’naviy, ma’rifiy va ijodiy
imkoniyatlarini yanada to‘laroq namoyon etishlari, ularning hayotiy maqsad-muddaolari va ideallariga
erishishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida
jismoniy baquvvat va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashga doir faoliyat va chora-tadbirlarni
yuksak talablar darajasida tashkil qilish, ularni moddiy va ma’rifiy jihatdan ta’minlash;
- ushbu yo‘nalishdagi ishlarga doir qonunchilik asoslarini muttasil takomillashtirib borish, bu
borada yoshlar qatlamining huquqlari va faoliyat me’yorlarini belgilashda ularning manfaatlari,
qiziqish va ehtiyojlarini ta’minlashga yanada ko‘proq etibor berish;
48
Do'stlaringiz bilan baham: |