Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
buyumlar tayyorlash ham rivojlangan bo‘lib, ularda real mavzular bilan birgalikda mifologiya sujetlar 
ham o‘z aksini topgan.
Tasviriy san’atning rivojlanishi mil. av. IV asr – mil. IV asrda namoyon bo‘ldi. Bu davrda 
nafaqat rangtasvir, haykaltaroshlik san’at turlarining me’morchilik bilan uyg‘unlashganligini ko‘ramiz. 
Ushbu davrdagi haykaltaroshlik loy, gips, tosh kabi materiallarni o‘zlashtirib, inson qiyofalari 
(shohlar, ma’budlar, jangchilar, sozandalar, masxarabozlar, bolalar)ni gavdalantirgan. Dalvarzintepa 
devoriy rasmlarida mavzularning xilma-xilligi va ularning mahoratli ishlanganligining guvohi 
bo‘lishimiz mumkin. Devoriy rasmlar va haykaltaroshlikning bu davrdagi rivojlanishida diniy 
tushunchalar, turli etnomadaniy oqimlar katta ta’sir qilgan. Masalan, O‘zbekistonning janubiy hududi 
haykaltaroshligida (Ayritom frizi, Dalvarzintepadagi budda ibodatxonasi, Fayoztepa, Qoratepa) budda 
dini bilan bog‘liq bo‘lgan Gandhar haykaltaroshligi maktabi bilan aloqalar bor. Eftalitlar davrida 
mahobatli san’at yanada yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Bunday tasviriy san’atning nodir namunalari-
dan biri Bolaliktepa devoriy suratlari bo‘lib, ularda qahramonlar hayotining tantanali lavhalari o‘z 
aksini topgan [2]. 
Ilk o‘rta asrlarda (V-VIII asr) san’at sohasiga yangi g‘oyalar kirib keldi. Bu davrda badiiy 
metall sohasida oltin, kumush, jezdan turli shakldagi buyumlar tayyorlanib, katta yutuqlarga erishiladi. 
Bu davrda diniy e’tiqod va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san’atda ma’budalarning 
haykalchalarini yasash keng tarqalgan. Bu haykalchalar O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashagan 
aholining antropologik ko‘rinishi, kiyim-boshlari, qurol-yarog‘lari va boshqalar to‘g‘risida tasavvur 
beradi. V-VIII asrlar tasviriy san’at asarlari - Afrosiyob devoriy suratlari katta mahorat bilan ijro 
etilgan.
Islom dinining kirib kelishi sekin-asta devoriy rasmlarni cheklab qo‘ydi. Uning o‘rniga bezak 
san’ati, naqshlar rivoj topdi. Yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi, badiiy metall, kulolchilik 
sohalarida yangi bo‘lmish islom estetikasi hukmronlik qilsa, amaliy san’atning kashtachilik, 
gilamdo‘zlik turlarida xalq hunarmandchiligining badiiy an’analari o‘z aksini topgan.
Temuriylar davrida miniatura san’ati gullab yashnadi. Miniaturachi rassomlarning ijodida 
chuqur diniy falsafa, tasavvuf tushunchalari va g‘oyalari o‘z aksini topdi. Bu jarayonda Behzod ijodi 
va uning maktabi alohida o‘rin tutadi. Uning shogirdlari qatorida Mirak Naqqosh, Kosim Ali, 
Mahmud Muzahhib kabilarni aytishimiz mumkin. Behzod va uning shogirdlari noyob san’at asarlarini 
yaratishdi, dunyo madaniyatini boyitishdi. Temuriylar davrida tasviriy san’at faqatgina miniatura 
sohasida emas, Amir Temur saroylari bezagida, hukmdorning oila a’zolari va safdoshlari rasmlari, 
jang lavhalari, bazmlar tasvirlari bo‘lganligi haqida ma’lumot mavjud. 
Temuriylar davrida mahalliy an’analar bilan bir qatorda O‘rta Sharq mamlakatlarining badiiy 
an’analari ham o‘zlashtirilgan. Buyumlar bezagida o‘simliksimon, «girih» ko‘rinishidagi geometrik 
naqshlar, arab xattotligi hukmronlik qilgan. Shu bilan birga hayvon va osmon jismlari mavzui 
uyg‘unlashgan. Temuriylar davri amaliy san’at tarixida juda katta o‘rin egallaydi. Ushbu davrdagi 
me’moriy bezaklar, kulolchilik san’ati, badiiy shishasozlik, naqqoshlik san’ati yutuqlari bugun O‘rta 
Sharqda tan olingan. Masalan, kulolchilikda XV asrdan xitoy chinnisi ta’sirida yangi usul shakllangan. 
Kulolchilikda ko‘proq yangi usuldagi oq-ko‘k sir ishlatilgan [3]. 
XVI asr oxiri – XVIII asrda san’at rivojlanishi pasayishi kuzatiladi va unda asosan o‘tgan 
davrlar badiiy an’analari saqlanib qolingan. Amaliy san’at turlaridan to‘qimachilik, gilamchilik, palos 
to‘qish, zargarlik, kulolchilik, charm, tosh, yog‘och, metallga badiiy ishlov berish asta-sekin 
rivojlangan. 
XVI-XVII asrlarda Buxoro, Samarqand, Shohruhiya shaharlarida kitobat san’atida ancha 
muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunga Mahmud Muzahhib. Chag‘ri Muxassin, Muhammad Murod 
Samarqandiy ijodlari namuna bo‘lishi mumkin. Biroq, XIX asrning boshlarida yaratilgan 
qo‘lyozmalardagi suratlarda avvalgi badiiy nafosat ko‘rinmaydi. Hind, Qoshg‘ar, Eron miniatura 
maktablariga taqlid ortdi. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida amaliy san’atning taraqqiyoti murakkab kechgan. Buning 
asosiy sabablaridan biri, unda yangi uslublar, yangi siymolar, yechimlar paydo bo‘lgan. Chor 
imperiyasi istilosidan so‘ng, mahalliy an’anaviy san’atning badiiy tekstil sohasida Rossiyadan 
keltirilgan bo‘yoqlar ishlatilgan, kulolchilikda ruhli sirlar qo‘llanilgan va hokazo. Bu esa asta-sekin 
badiiy an’ananing o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, badiiy metall sohasida naqshlar tizimiga hayvon, 
ko‘shk, memoriy obidalar tasviri ham kiritilgan. Kulolchilik sohasida ham yangi tasvirlar mavjud. 
Bular qatorida: musiqa asboblari, pichoq, miltiq, ko‘za, choynak, hayvonlar, ko‘shklar tasviri 
uchraydi.
54 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish