Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
bilmas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, say’i-harakatlarimiz besamar 
ketaveradi[1]”, - deb ta’kidlaydi. 
Shu jihatdan olganda, respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan mazkur vazifalarni 
amalga oshirish barobarida, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish bilan bog‘liq faoliyat 
yo‘nalishlarining huquqiy asoslarini mustahkamlab beruvchi bir qator qonunchilik hujjatlari qabul 
qilindi. Fuqarolarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va tashkiliy-texnik jihatlarga oid muayyan mexanizmlar yaratildi. Shu bilan birga, 
bugungi kunda ekologik tanglikni bartaraf etish hamda atrof-tabiiy muhit muammolarini izchillik bilan 
hal qilish uchun yangicha va to‘laqonli huquqiy dunyoqarash zarur. Chunki odamlarda yangicha va 
to‘laqonli huquqiy dunyoqarash shakllanmas ekan iqtisodiyot va ekologiya, ijtimoiy va siyosiy 
sohalarda ko‘pgina ziddiyatlarni keltirib chiqaraveradi. Bu borada davlatimiz rahbari I.A.Karimov, 
“Iqtisodiyot va ekologiya, ijtimoiy va siyosiy sohalarda mavjud bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlar – 
mansabdor shaxslar va mehnatkashlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi juda past darajada 
ekanligi oqibatidir”[2], – deb ta’kidlagan edilar. 
AQShlik huquqshunos olim Uilyam O.Duglas haqli ravishda ta’kidlab o‘tganidek, “Faqat 
kishilar ongida o‘zgarish yasash kutilgan natijalarga olib keladi. Agar biz o‘zimizni va biosferani 
saqlab qolmoqchi bo‘lsak, barchamiz yosh-u qari tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish uchun haqiqiy, 
faol va kerak bo‘lsa agressiv kurashchilariga aylanmog‘imiz darkor”[3]. 
Ma’lumki, inson va jamiyat faoliyatida tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetish 
hamda unga amal qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va 
amalga oshirishda tabiat qonuniyatlarini hisobga olish va ularga rioya etish atrof-muhitga ta’sir 
jihatdan zararli faoliyatni ekologik asoslashning hamda unga yo‘l qo‘ymaslikning asosiy mezoni 
bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ularni bilish va hisobga olish, ekologik rayonlashtirish, tabiat 
zaxiralaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini qo‘llash, ekologik ekspertiza, sertifikatlash-
tirish va standartlashtirish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish, ekologik 
toza, chiqindisiz texnologiyalarni tatbiq etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va 
tabiatni muhofaza qilishning shu kabi boshqa huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish alohida 
ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishi, uning aholisi salomatligi, shuningdek, 
ekologik xavfsizlik, tabiiy ekotizimlarni saqlash va atrof-muhitning mutanosib sifatini saqlab turish, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklashga ko‘p jihatdan fuqarolarning ekologik 
huquqiy ongini yuksaltirish orqali erishish mumkin. Bu boradagi davlat siyosatining muvaffaqiyati 
tegishli qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Biroq, 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lami va sur’ati kengayib va rivojlanib 
borayotgan, bozor iqtisodiyoti jarayonida inson va fuqarolarning ehtiyoj va manfaatlari tobora o‘sib 
borayotgan bugungi kunda ushbu voqelikka mos ravishda joriy qonunchilik bilan birga, fuqarolarning 
ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga oid faoliyatni ham takomillashtirib borish 
obyektiv zarurat sifatida maydonga chiqadi. 
Shu jihatdan olganda, fuqarolarning ekologik huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan faoliyat 
quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilishi lozim, deb hisoblaymiz: 
-tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarning ham 
manfaatlarini hisobga olish; 
-ekologik huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan vazifalarni hal etishga davlat ekologik 
siyosatining tarkibiy qismi sifatida qarash; 
-ekologik huquqiy ongni shakllantirish jarayonida tabiiy shart-sharoitlar va resurslar, ekologik 
vaziyat, demografik holat, aholining tarixiy-madaniy va diniy an’analari, urf-odatlari, hayot sifati, 
intellektual va ma’naviy holati, davlatning tabiiy atrof-muhitni muhofaza etish va ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi siyosatining asosiy qoidalari kabilarni e’tiborga olish; 
-shaxs-jamiyat-tabiat tizimida fuqarolarning qulay tabiiy atrof-muhitga bo‘lgan huquqlari 
ustuvorligidan kelib chiqish; 
-ekologik ta’lim, targ‘ibot va tarbiya faoliyatini tabiatni muhofaza qilish mummolarini hal etish 
amaliyoti bilan bog‘liq holda amalga oshirish;
-aholiga tabiatga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini singdirish; 
-ekologik axborotning aholi uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash; 
-tadbirkorlar va jamoat tashkilotlarini ekologik huquqiy ongni yuksaltirish bilan bog‘liq 
vazifalarni hal etishga jalb etish; 
51 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish