ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
- bu borada davlat tashkilotlari va boshqaruv tuzulmalari tomonidan belgilangan chora-
tadbirlarni hozirgi yangilanish va islohotlar jarayoniga mos ravishda bosqichma-bosqich amalga
oshirish, mazkur sohada yoshlar bilan ishlaydigan nodavlat tuzilmalari va fuqarolik jamiyati
institutlari tarmog‘inini faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
- bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va
yangilanishlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
daxldorlik tuyg‘usini oshirish va mustahkamlash, bu boradagi faoliyat tizimi doirasini kengaytirish va
takomillashtirish, uning yoshlar tarbiyasidagi faoliyatini yanada kuchaytirishning samarali yo‘llari,
usullari va vositalarini izlab topish;
- yosh avlodning jismoniy va ma’naviy kamoloti, ushbu qatlamni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va
huquqiy jihatdan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarini hal
etishga ularning o‘zlarini yanada ko‘proq jalb etish, bu borada zarur bo‘lgan tashkilotchilik va
tashabbuskorlik malakasi va ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berish.
Ushbu vazifalarni hal qilishda Prezident I.A.Karimovning demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatini barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan yangi avlodni
voyaga etkazish, ular faoliyatida Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi uchun
mas’uliyat hissini oshirish to‘g‘risidagi konseptual g‘oyalari nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Shu bilan birga, “Ideosfera” tushunchasiga nisbatan alohida ta’kidlash joizki, bu borada
bizning mamlakatimizda haligacha maxsus tadqiqotlar olib borilmagan. Mavjud tadqiqot ishlarida
ham “yoshlar ideosferasi” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish shakllari va o‘ziga xos
xususiyatlari bevosita o‘rganilmagan.
Shu sababli ham mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
jamiyat hayotini modernizatsiyalash davrida “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”
tamoyili asosida olib borilayotgan bunyodkorlik faoliyati jarayonida yosh avlod ideosferasini
samarali shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish masalasini bevosita ilmiy
izlanish mavzusi sifatida tadqiq etish, bu sohada amaliyot uchun zarur bo‘lgan xulosa va
takliflarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu vazifalarni bajarish bilan bog‘liq faoliyatni samarali tashkil qilish o‘z navbatida, bir
qator ishlarni amalga oshirishni taqazo qiladi albatta. Ular orasida avvalo, “yoshlar ideosferasi”
tushunchasining mazmun-mohiyatini falsafiy tavsiflash, unga xos jihatlarni ifodalaydigan yaxlit
ilmiy ta’rifni ishlab chiqish bilan birga, yoshlarning jamiyatdagi alohida ijtimoiy qatlam sifatidagi
o‘rni va ahamiyati bilan uzviy bog‘liq ideosferasining namoyon bo‘lish shakllari va o‘ziga xos
xususiyatlarini tadqiq qilish qiziqarlidir.
Shu bilan birga, bugungi kunda yosh avlod ideosferasini takomillashtirish jarayonining
samaradorligini ta’minlashning demokratik omillari ta’sirini oshirish, uning ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy asoslarini yanada mastahkamlash bilan bog‘liq faoliyatni ilmiy jihatdan tadqiq qilish
jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida yoshlar ideosferasini samarali
shakllantirishga doir dolzarb muammolar va ularning yechimlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa
o‘z navbatida, yoshlarning yuksak ma’naviy qiyofasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan ideosferasini
samarali shakllantirish, ularning yangilanish va islohotlar jarayonidagi mas’uliyatini oshirishda
umuminsoniy tamoyillar va milliy qadriyatlarning o‘rnini ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Alohida ta’kidlash joizki, mazkur yo‘nalishlarda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab amalga
oshirilgan serqirra faoliyat bugungi kunga kelib o‘z samaralarini bermoqda. Barcha yoshlarga nisbatan
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va e’tiqodidan qat’iy nazar, g‘amxo‘rlik qilish,
ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, milliy-madaniy an’analarning avloddan avlodga
o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqalarini ta’minlash, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,
jamiyat va yoshlar hayotiga oid siyosat va dasturlarni amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok
etishini ta’minlash kabi sohalarda ulkan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish va bozor islohotlarini
yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash jarayonida
yoshlarning o‘rni va ular faoliyatining ahamiyatini yanada oshirish, bu borada yetishib kelayotgan
yangi avlodning qiziqish va intilishlarini hisobga olish, shu asosda shakllanayotgan yoshlar
ideosferasida Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi g‘oyalarining ustivorligini
ta’minlashga erishish vazifalari o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shunday ekan, ana shu
jarayonning turli xususiyatlari, unga ta’sir etadigan xilma-xil omillarni tahlil qilish, bu boradagi
49
Do'stlaringiz bilan baham: |