ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
lantirganidadir. Bu o‘rinda ijtimoiy ongning milliy g‘oyadan maqsad va vazifalar olishi muhim
ahamiyatga ega.
Ong ko‘zga ko‘rinmaydigan narsa, uni ushlash mumkin emas, o‘lchash qiyin, tutib biror
ob’ektga qiyoslash mushkul. Ammo uning natijalarini ko‘rmaslik mumkin emas. Ijtimoiy ongning ana
shunday natijalari ijtimoiy boyliklar va qadriyatlarda, etnomadaniy funksiyasida aks etadi. Kreativlik,
pirovard natijada, birorta yangilikda yaratilgan narsada ifodasini topgan fikr yoki g‘oyadadir.
Ijtimoiy ongning ijtimoiy boyliklar, qadriyatlar va etnomadaniyatda obyektivlashishi uni
ijtimoiy-ma’naviy hayot, jamiyat uchun ahamiyatli qiladi. Aslida inson faoliyatini yaxlit voqelik
sifatida tasavvur qilmay subyektiv hodisani baholab, ahamiyatini to‘g‘ri topib bo‘lmaydi. Qisqa qilib
aytganda, ijtimoiy ongning sotsiokreativ xususiyati inson faoliyatining yaxlit voqelik sifatida namoyon
etuvchi ijtimoiy boyliklar, qadriyatlar va etnomadaniyatlardadir.
Ijtimoiy boyliklarga inson faoliyati mahsuli bo‘lgan, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot uchun zarur
artefaktlar kiradi. Mazkur boyliklar inson ongli faoliyatining mahsullari sifatida jamiyatda biror
qimmatga, mohiyatga va funksiyaga ega bo‘ladi. Hatto eng g‘ayrihayotiy tug‘ilgan syurrealistik,
giperrealistik yoki abstrakt asarlar ham ma’lum bir guruhlar, kishilar estetik didiga muvofiq keladi.
Masalan, syurrealizmning yirik namoyondasi, ispan musavviri S.Dalining rangtasvirlarini olaylik.
Ularda pajmurda gavdalar, qinidan chiqayozgan ko‘zlar, tuynusikmon qorin, bahaybat bashara va
haybatli qo‘llar, tushga kiradigan qo‘rqinchli qush-hayvonlar g‘aroyib tarzda aralashib keladi. Uning,
o‘z iborasi bilan aytganda, “paranoidli tanqidiy tahlil metodi”[12] realizm va ratsionalizmga o‘rgangan
aqlni, ongni hayratga soladi. Ushbu g‘ayrishuuriy, g‘ayrihayotiy tasvir tez ora O‘zbekistonlik
musavvirlar ongini ham chulg‘ab oldi. B.Jalolov, J.Umarbekov, M.Kagarov, M.Fozilov, A.Nur kabi
ko‘plab ijodkorlar syurrealizmdan ilhom olib asarlar yaratgan. Bugun badiiy tasviriy ijod sohasida
ko‘zga ko‘ringan birorta ham musavvir yoki haykaltarosh yo‘qki, syurrealizm, abstraksionizm,
kubizm yoki modernizm oqimlari ta’sirida izlanmayotgan. Bir paytlari K.Malevichning “Qora
kvadrat” asari va uning tabiatni, go‘zal ayolni, perspektiva, gorizont, naturani, akademik stilni rad
etgani[13] qoralangan. Haqiqatdan ham, “Qora kvadrat”da qora kvadratdan boshqa narsa yo‘q. Uni
aqlu idrokli, qobiliyatli musavvir ko‘rgazmaga qo‘yishiga ishongin kelmaydi. “Venera Milosskaya
(go‘zallik ma’budasi-S.N.) tanazzulning yorqin namunasi”, “Mikelanjelo Davidi – badbasharalik”, deb
buyuk Titsian, Uyg‘onish davri daholarini inkor etish K.Malevich da’vatidir.[14] Hayratli tomoni
shundaki, ushbu nigilizm, g‘ayrihayotiylik izlashga intilish yana qayta tiklanmoqda, ijtimoiy boylik
sifatida e’zozlanmoqda. Demak, butun rad etilgan ong, izlanish, tafakkur mahsuli ertaga e’zozlanishi
va, aksincha, bugun e’zozlanayotgan, qadrlanayotgan narsa vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini,
dolzarbligi va muhimligini yo‘qotishi mumkin. Biroq ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot, sivilizatsiya tarixi
ko‘rsatadiki, umuminsoniy ahamiyatga ega, insondagi yaratuvchanlikni ro‘yobga chiqarishga
qaratilgan boyliklar, ong, tafakkur, izlanish mahsullari boqiydir. Ijtimoiy ongdagi pozitiv, sotsio-
kreativ kuch ham shundadir.
Ongning yashirin xususiyati, ilmiy, ratsional izlanishlarga tutqich bermasligi, ko‘zga ko‘rinmas
tarzda o‘zgarib, transformatsiyaga uchrab goho o‘zini o‘zi rad etib, mutlaq boshqa pozitsiyaga o‘tishi
unga, ya’ni ongga irratsionallik, transsendentlik, intuitivlik, g‘ayrihayotiylik baxsh etadi. Ongni aqlu
idrok, ratsional metodlar bilan tadqiq etish hech qachon kutilgan natijaga olib kelmagan, bunday
izlanishlar irratsionalni, transsendentni tan olish bilan yakunlangan.
Ongdagi irratsionallik obyektni real borliqdan, tajribadan tashqaridan qidirishga undagan.
Bunday obyekt ko‘pincha xudodir.
Z.Freyd din kishilarning tabiat oldidagi ojizligidan, o‘z aql-u idrokidan unumli foydalana
olmaganidan kelib chiqqan, degan g‘oyani ilgari surgan. Natijada inson qo‘rquv hosil qilgan kuchga
kontraffektlarni qarshi qo‘yish o‘rniga, o‘zidagi aql-u idrokni, ratsionalni so‘ndirgan, shu tariqa inson
eta olmaydigan irratsional, transsendental kuch paydo bo‘lgan [15]. Hozirgi paytda mazkur fikrni
takrorlashga hojat yo‘q, dindagi ma’naviy-ruhiy kuch, inson ongiga ta’sir qilish borasida to‘plangan
tajribalar unga sotsiokreativ voqelik sifatida qarashga undaydi. Ijtimoiy ong din tajribasiga va uning
sotsiokreativ metodlariga murojaat etar ekan, dinni yaratuvchanlikni qo‘lab-quvvatlovchi kuchga
aylantiradi. Demak, ong va dindagi sotsiokreativ xususiyatlar insonni oliy kuch borligiga, undagi
yuksak idealga ishonishni uyg‘otganidadir [16].
Ijtimoiy ong o‘zgaruvchanligi, transformatsiyaga moyilligi va tashqi tazyiqlarga beriluvchanligi
tufayli dindagi mutaassiblikni yoqtirmasligi haqiqat. Ijtimoiy ongga yangilik, o‘zgarish, evrilish orqali
innovatsion izlanishlarga o‘chlik xos. Dindagi qadriyatlarni, urf-odatlarni o‘zgartirish uchun asrlar
kerak, ijtimoiy ong esa bunday yondashishga turg‘unlik deb qarashi kuzatiladi. SHuning uchun
60
Do'stlaringiz bilan baham: |