Kalit so‘zlar: ijtimoiy taraqqiyot, moddiylik va ma’naviylik, moddiy ishlab chiqarish, ma’naviy
ishlab chiqarish, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish dialektikasi, evristika, gnosologiya,
metodologiya.
Hozirgi zamon falsafa ilmining munozarali masalalaridan biri – bu globallashuv sharoitidagi
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning o‘zaro nisbati muammosini
hal etish tashkil etadi. Bu masalaga jiddiy yondashish o‘tgan XX asrning 80-yillarida boshlangan
bo‘lib, uni hal etishda asosan sobiq sotsialistik tuzumning g‘oyaviy asosi bo‘lgan materialistik
dialektika an’anasi ustunlik qilgan edi. Biroq, shunday bo‘lsada moddiy va ma’naviy ishlab chiqa-
rishni tahlil qilish borasida o‘ziga xos bo‘lgan turli xil qarashlar va yondashuvlar paydo bo‘lib, ular
o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgan edi [1]. Bu masala SSSR parchalanib, uning o‘rniga
bir qator mustaqil davlatlar paydo bo‘lgandan so‘ng yanada dolzarb muammoga aylandi. Chunki, tarix
sahnasiga kelgan har bir mustaqil davlat o‘zining kelgusidagi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash uchun
milliy xususiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish ishlarini yo‘lga qo‘yishlari zarur
bo‘lib qoldiki, bu ishni amalga oshirmasdan turib erishilgan mustaqillikni qo‘lda saqlab qolish amri
mahol edi.
O‘zbek xalqi mustaqillikka erishgach, uning falsafiy dunyoqarashi tobora eskirib borayotgan
«materialistik qobiqdan» chiqib, yangicha milliy mazmun va shaklga ega bo‘la boshladi. Mamlakat
mustaqilligini ta’minlashning zamini bo‘lmish moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish sohasida
bosqichma-bosqich bir qator yirik islohotlar amalga oshirilishi natijasida «moddiy ishlab chiqarish» va
«ma’naviy ishlab chiqarish» tushunchalari – fundamental falsafiy kategoriyalar darajasiga ko‘tarilib,
tabiiy va ijtimoiy bilimlarning har qanday tarmog‘i uchun alohida dunyoqarash ahamiyatiga ega bo‘la
boshladiki, uning tub mohiyatini anglash orqali yangi hodisa sifatida o‘rganish zarurati paydo bo‘ldi.
Bunda hamma gap falsafaning asosiy masalasi aynan shu kategoriyalar orqali hal etishda emas, balki
ijtimoiy taraqqiyotda moddiylik va ma’naviylik dialektikasining murakkab va serqirra ekanidan kelib
chiqqan holda, mamlakatimizda yuz berayotgan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining
tub mohiyatini anglash orqali, ularni uyg‘unlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish haqida borayotganligini
nazardan qochirmaslik kerak.
Falsafa ilmining asosiy masalasini hal etishning ba’zi bir kategorial va metodologik darajasiga
o‘tar ekanmiz, ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu sohasida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning
nisbati qandaydir doimiy kattalik bo‘la olmasligini aniq tushunib olishimiz lozim bo‘ladi. Albatta,
bundan moddiylik – birlamchi, ma’naviylik esa – ikkilamchi degan xulosaga kelish ilmiy dialektika
nuqtayi nazaridan unchalik to‘g‘ri emas. Biroq, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab
chiqarishning o‘zaro munosabatida turli omillarning kompozitsiyasi, ularning o‘zaro ta’sirining
yo‘nalishi, rivojlanish tamoyillari va funksiyalarning vazifasi har safar turlicha bo‘ladi. Shu bois
masalani mavhum-falsafiy tarzda qo‘yishdan moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish-
ning aniq dialektikasini o‘rganishga o‘tish ham aslo oddiy masala emas (buni, aytaylik, predmet-
buyumli va belgili madaniyat olami, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy sohalarida, ijtimoiy
munosabatlarning turli tizimlari yoki voqelikni individual aks yettirish va faoliyatni ongli ravishda
boshqarishda ko‘rish mumkin). Ushbu masalani, aftidan, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab
chiqarish dialektikasining amalga oshish shakllaridan birini tahlil qilish natijalarini uning boshqa
shakllariga bevosita ko‘chirish orqali hal etib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, turli tadqiqotchilar
tomonidan bildirilgan qator samarali g‘oyalar moddiylik va ma’naviylik munosabatlari tizimining
amalda ko‘p qirrali ekanligini aniqlashga imkon beradi [2]. Ammo, hatto shu jihatdan qaraganda ham,
ishlar endigina boshlandi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Demak, insoniyat faoliyatining turli
62
Do'stlaringiz bilan baham: |