Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
Ijtimoiy hayotning turli sohalarida kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqlikka oid ushbu 
jarayonlar haqida xulosa chiqarishga imkon beradigan empirik material keragidan ortiqdir. Endilikda 
uni nazariy jihatdan umumlashtirish zarur. Ijtimoiy munosabatlarni alohida «madaniyat», ya’ni 
iqtisodiy madaniyat va ishlab chiqarish madaniyati, siyosiy madaniyat va boshqaruv madaniyati, 
ma’naviy madaniyat sifatida shakllanish mexanizmlarini o‘rganishga kirishgan tadqiqotchilar ana shu 
yo‘nalishdan bormoqdalar: ular ijtimoiy rivojlanishning shunday sohalaridirki, ularning mohiyati, 
nazarimizda, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning ziddiyatli birligi hamda ushbu bir-biriga 
aylanishlarning o‘ziga xos qonunlari bilan bog‘liqdir. Bu obektning shunday «ichki kesimi»dirki, uni 
tahlil qilish, shubhasiz, jamiyatimiz rivojlanishidagi murakkab hodisalarni tushunishga yordam beradi. 
Shunday qilib, ijtimoiy taraqqiyot jarayonida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish dialektikasini 
tadqiq etish fundamental bilimda muayyan paradoks borligini ko‘rsatmoqdaki, u chinakam 
fundamental bo‘lgani uchungina amaliy bo‘lib qolmoqda. 
Endi tadqiqotimizning bevosita predmetini tashkil etadigan hodisalar doirasini aniqroq ajratib 
olishga harakat qilamiz. Gap bu o‘rinda, avvalo, ishlab chiqarish jarayonlari haqida boradi. «Moddiy 
ishlab chiqarish», «ma’naviy ishlab chiqarish» kategoriyalariga o‘zaro bog‘liq juft qarama-qarshilik 
sifatida qaraymiz. Tabiiyki, ijtimoiy hayotimizning butun boyligi faqat shu kategoriyalar bilan 
cheklanib qolmaydi. Shu bois, biz moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning o‘zaro munosabatini faqat 
muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish borasidagi 
faoliyatda, bunda shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar tizimlari va ana shu maqsadlarning o‘zlarida 
ko‘ramiz. Yo‘lga qo‘yilgan va ijtimoiy jihatdan tashkil qilingan takror ishlab chiqarish sohasiga 
kirmaydigan ko‘plab moddiy va ma’naviy hodisalar mazkur sohadan tashqarida qoladi. Inson hayoti 
va faoliyatining har qanday taraflarini ijtimoiy taraqqiyotdagi moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish 
dialektikasi orqali tasavvur qilishga intilmaymiz. Umuman, dastlabki kategoriyalardan haddan tashqari 
kengaytirib foydalanish ularning nazariy hajmi yo‘qotilishiga olib keladi, xolos. Gnoseologik tahlil 
shundan dalolat beradiki, tushunchalar mantig‘ida doimo kategoriyalarning nazariy sig‘imi (ularning 
nazariy yuklanganligi va nazariya tarkibidagi funksional roli) hamda ularning empirik jihatdan 
tasavvur etilishi o‘rtasida doimo o‘zgaruvchan (dinamik) muvozanat mavjud. Ko‘p hollarda biror 
kategoriya orqali qanchalik katta empirik materialni ifodalashga harakat qilinsa, uning chegaralari 
shunchalik tez yemiriladi va u, aslida, bilish vositasi sifatida evristik zaxirasini (imkoniyatlarini) 
yo‘qotib boradi. Buning ustiga, tanlangan kategoriyalar majburiyat yuklaydigan metodologik darajani 
ham unutmaslik lozim.
Xuddi shu tariqa, ong ishlab chiqarish haqidagi har qanday empirik dalil ham ma’naviy ishlab 
chiqarish sohasiga kirmaydi, xuddi shuningdek, muayyan sanoat korxonasi ishi haqidagi ma’lumotlar 
har doim ham «moddiy ishlab chiqarish» kategoriyasiga nisbatan relevant emas. Garchi bu 
kategoriyalar empirik jihatdan bilinadigan hodisalarni nazariy umumlashtirish orqali olingan bo‘lsa 
ham, bu yerdagi umumlashtirish bevosita emas, balki boshqa kategoriyalar va tushunchalarga oid 
sxemalar bilan ko‘plab rishtalar orqali bog‘langan.
Ijtimoiy falsafa nazariyasi «moddiy ishlab chiqarish» va «ma’naviy ishlab chiqarish» 
kategoriyalaridan tashqari, muhimlik va boylikda qolishmaydigan ko‘plab boshqa kategoriyalarga ham 
egadir. Ushbu kategoriyalarning qaysilari tanlanishi ko‘p jihatdan ularning ijtimoiy hodisalarni 
konseptual anglash borasidagi evristik imkoniyatlari bilan, bu imkoniyatlar esa, o‘z navbatida, 
muammoni tadqiq etishda qo‘llanilayotgan falsafiy mavhumlashish darajasiga bog‘liq. Masalan, 
mutlaqo qarama-qarshi realliklar (voqeliklar) sifatida baholanadigan moddiylik va ma’naviylikning 
o‘zaro nisbati haqidagi masalani moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish kategoriyalari nuqtayi 
nazaridan uzil-kesil hal qilishning iloji yo‘qligi aniq. Ammo moddiylik va ma’naviylikning bir-biriga 
aylanishi jarayonlarini, ularning ikki ziddiyatli birligi hamda funksional aloqasini o‘rganish uchun 
ijtimoiy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi qulay va ulkan material bo‘ladi.
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish kategoriyalari, aftidan, ruhiy jarayonlarning idealligini 
hamda individning bilish obrazlari shakllanishida va intellektual faoliyatida moddiylik va ma’naviylik 
nisbatini bilishga uncha yaroqli emas. Moddiylik va ma’naviylikning o‘zaro ta’siri (munosabati) 
muammosi shu darajada murakkab, uni hal etish shu darajada mas’uliyatlidirki, ma’naviylikning 
ildizlarini talqin etishda ham, obyektni predmet-ilmiy o‘zlashtirish xususiyatlariga borib taqaladigan 
an’analarini talqin etishda ham bu an’analarni (ammo ayrim tadqiqotchilarning «yetarli 
tushunmasligi» yoki nimalarga ustunlik berishi va moyilligidangina iborat bo‘lmaydigan real mavjud 
bo‘lgan va hozircha uncha qovushmaydigan tabiatini) ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Biz, asosan, bir 
tomondan psixologiya va oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga, boshqa tomondan esa sotsiologiya va 
64 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish