ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
Dunyoqarash kundalik, transsendental qarashlardan keng, u tajriba, ilmiy sinov va ijtimoiy ong
sinovidan o‘tgan g‘oyalar tizimidir. Hayot tajribasidan, ilmiy kuzatishlar va sinovlardan o‘tmagan
g‘oya, fikr, tushuncha individual, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan, ichki ziddiyatlarga to‘la, borliq
va jamiyat taraqqiyotiga muvofiq kelmagan yondashishlar mahsulidir. Ijtimoiy ong mazkur yonda-
shishlar ta’siridan mutlaq xoli bo‘la olmaydi, lekin u o‘zining substansional asosidan, ya’ni ijtimoiy-
ma’naviy taraqqiyot manfaatlari bilan uyg‘unlashuvi prinsipidan ham voz kecha olmaydi.
Dunyoqarash mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumga, sotsial boshqarishga, global o‘zgarishlarga
munosabat tarzida keladi. Ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, shaxsning tarixdagi o‘rni va davlat, jamiyat
hayotiga ta’siri masalalari ham dunyoqarash masalalariga borib taqaladi. Kishining yon-atrofga, davlat
va jamiyat hayotiga ma’lum bir nazariy konsepsiyalar nuqtayi nazaridan yondashishi uning
dunyoqarashini ifoda etadi. Demak, dunyoqarash ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot qonuniyatlariga qancha
yaqin bo‘lsa, u kishini jamiyat, sotsium bilan yaqin yashashini ta’minlaydi, agar aksi bo‘lsa, shaxs va
jamiyat o‘rtasida ziddiyatlar kelib chiqaveradi. O‘zbekistonda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati
dunyoqarashning obyektiv, ilmiy izlanishlarga qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ijtimoiy ongning
sotsiokreativ ahamiyatini oshiradi.
Fuqarolik jamiyati ilm-fan, texnika, ratsional izlanishlarni qo‘llab-quvvatlab, har bir jamiyat
a’zosi ongida ilmiy, tanqidiy dunyoqarashning shakllanishini istaydi. Chunki ilmiy-tanqidiy
dunyoqarash jamiyatning strategik maqsadiga borishini kuzatib boradi, erishilgan yutuqlar va yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklarni ratsional baholaydi. Shunday yondashuv bo‘lmagan jamiyatda avtokratizm,
dogmatizm va shaxsga sig‘inish yuzaga keladi, bu hol fuqarolik jamiyatining mohiyatiga ziddir.
Shuning uchun fuqarolik jamiyati dunyoqarashni shakllantirishda ilmiy va pedagogik institutlar
imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intiladi. Bu borada u ilmiy salohiyatni oshirishni, ijtimoiy-
tarbiyaviy komplekslarga yangi pedtexnologik usullarni joriy etishni nazarda tutadi.
Milliy mentalitetga ega bo‘lish ongda kechadigan jarayonlar, insonning ma’lum bir ijtimoiy-
ma’naviy muhitda shakllanishiga borib taqaladigan omillar natijasi, talabidir. Ong, shu jumladan
ijtimoiy ong ham, etnomuhit ta’siri mahsuli hisoblanadi.
Milliy mentalitet bilan ijtimoiy ongning sotsiokreativ xususiyatlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik
mavjud. Etnopsixologik va etnosotsial tadqiqotlar ko‘rsatadiki, kishi o‘zi o‘sgan makonda muhitda
jamoa a’zolari bilan oson til topadi, xatti-harakatlarida erkin bo‘ladi. Mazkur holat uning milliy
xarakterini ko‘rsatadi. Agar kishi o‘zga makonga, muhitga tushsa, o‘zining ilgarigi ijtimoiy rolini ham,
ijtimoiy ongidagi stereotip qarashlarni ham o‘zgartirishga, yangi makon, muhit talablariga
moslashtirishga majbur bo‘ladi. Demak, inson ma’lum bir etnik muhitda ijtimoiy-ma’naviy xislatlarini
yoki etnopsixologik tilda aytganda, “shaxsiy bazaviy tizimi”ni shakllantiradi.[10] Ushbu ijtimoiy-
ma’naviy va shaxsiy xususiyatlar milliy mentalitetga oid, aynan ular insonni qaysi davrada bo‘lishidan
qat’iy nazar, etnomadaniy belgilarni namoyon etadi.
Ijtimoiy ong bilan milliy mentalitet aynan hodisalar emas. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ong
milliy ongdan kengroqdir. U milliy belgilarni o‘ziga qabul qilib, ularni ijtimoiylashtiradi, ya’ni
internatsionallashtiradi. Milliy ong esa ma’lum bir millatga taalluqli, uning yon-atrofga, borliqqa,
o‘ziga munosabatlarini ifoda etadi. Ijtimoiy ong mazkur belgilarni o‘z sintezidan o‘tkazib, milliy
ongni o‘zining atributiga, qismiga aylantiradi.
Fuqarolik jamiyati polietnik ijtimoiy makon hisoblanadi, unda turli millat vakillari istiqomat
qiladi, millatlararo munosabatlarda teng huquqlilik, o‘zaro hamkorlik, ittifoq bo‘lib yashash tartibi
qaror topadi.
Respublika “Ijtimoiy fikr” markazi o‘tkazgan sotsiologik so‘rovnomalar natijalari ko‘rsatadiki,
“Siz kelgusida millatlararo munosabatlarda barqarorlik saqlanib qoladi deb hisoblaysizmi?” degan
savolga respondentlarning 2006-yili 47,5 va 2013-yili 66,3 foyizi “Ha, saqlanadi” deb javob bergan.
Qolgan respondentlarning 2006-yilda 52,5 va 2013-yilda 33,7 foizi “U yoki bu chora-tadbirlar
ko‘rilishi zarur,” deb hisoblaydi.[11] Hatto respublikamizdagi etnosiyosat millatlararo totuvlikni
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratilgan bo‘lsa-da, ma’lum bir etnik guruhlarda, ularning ayrim vakillarida totuvlik va barqa-
rorlikdan qoniqmaslik mavjud. Bu hol xalqaro hayotda ro‘y berayotgan nizolar, to‘qnashuvlar, xalqaro
ekstremizm, terrorizm xavflari, ommaviy axborot vositalarida tajovuzkorona mavzudagi film va
teleko‘rsatuvlar ta’siri bo‘lishi mumkin. Demak, ijtimoiy ong nafaqat ichki, shuningdek tashqi,
xalqaro omillar ta’sirida shakllanish va transformatsiyaga uchrash xususiyatiga ega. Ijtimoiy ongning
sotsiokreativ xususiyati milliy mentalitetdagi pozitiv ahamiyatga ega, demokratik rivojlanishga
yordam beradigan jihatlarni qo‘llab-quvvatlaganida va mafkuraviy, g‘oyaviy immunitetni shakl-
59
Do'stlaringiz bilan baham: |