Kiberleksikografiyaning shakllanish va rivojlanish omillariga doir. Har qanday jamiyatning
muayyan taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishi ilm-fan taraqqiyotiga yangicha munosabatda bo‘lishni
yuzaga keltiradi. Jamiyatdagi rivojlanish, tartib-qoidalar, mulkka egalik qilish odamlar ongi va
tafakkurining o‘sishiga, bir vaqtning o‘zida ehtiyojlarining tobora oshib borishiga sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan bo‘lsa, ishlab chiqarish, texnika va texnologiya
ham shunchalik rivojlangan bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy taraqqiyotning yuksalish darajasini
belgilaydi. Jamiyatning taraqqiyoti ijtimoiy omillarning rivojlanishiga bog‘liq bo‘lsa, jamiyatning
holati undagi ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlarning rivoji ishlab
chiqaruvchi kuchlarning, texnika va texnologiyaning ravnaqiga olib keladi.
Barcha taraqqiyot negizida iqtisodiy munosabat va omillar yetakchi rol o‘ynaydi. Ijtimoiy–
iqtisodiy omillar va uning boshqa shakllari bir-birini to‘ldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. Jamiyatda
ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun kerak bo‘ladigan
ne’matlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat amaliyotda namoyon bo‘ladi. Rivojlanish natijasida yalpi
ichki mahsulot va milliy daromad yuzaga keladi. Bu esa jamiyat a’zolari bilan birgalikda, iqtisodiy
tafakkur va faoliyat omillarini belgilaydi. Demak, ma’lum bo‘ladiki, jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy
omillar bilan chambarchas bog‘liq ekan, ijtimoiy muammolar bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik fani
rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Masalan, tilimizning ichki imkoniyatlarini axborot
texnologiyalari tizimida yetarli darajada ishga solish dolzarblashganligi fikrimizning dalilidir.
Ayniqsa, o‘zbek tilining milliy kiberlug‘atlarini yaratish dolzarb masala bo‘lib, bu o‘zbek
leksikografiyasining, uning mahsuli sifatidagi milliy Internet lug‘atlarining jahon virtual olami bilan
bog‘lanish va ulardan oziqlanish imkonini beradi.
Leksikologiyaning yangi yo‘nalishini ifodalovchi kiberleksikografiyani yo‘lga qo‘yish ehtiyoji
tadqiqotchilar zimmasiga aniq vazifalar yuklamoqda. Bugungi kundagi taraqqiyot o‘zbek
tilshunosligining kiberleksikografiya sohasini rivojlantirish, uning imkoniyatlaridan amaliy
foydalanish va bu tarmoqning samaradorligini oshirishni talab qilmoqda. Texnik va texnologik
zaruriyat hamda ehtiyoj bu sohaning paydo bo‘lishi va jadallashuviga olib keldi. Texnologik
jarayonlarning shiddatli tus olishi natijasida olib borilgan turli usuldagi tajriba va ilmiy yondashuvlar
68
Do'stlaringiz bilan baham: |