Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

Kalit so‘zlar: kiberleksikografiya, elektron lug‘at, korpus, korpus lingvistikasi, internet, 
internet lug‘at, axborot texnologiyalari, virtual. 
Respublikamiz hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan katta o‘zgarishlar, rivojlangan juda 
ko‘p mamlakatlar bilan aloqalarning tobora kuchayib borayotganligi qisqa vaqt mobaynida o‘zbek tili, 
xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, leksikografiya sohasida 
erishilgan muayyan yutuqlar, davr talablaridan kelib chiqqan holda, lug‘atchilikning yangi nazariy 
muammolariga ham e’tibor qaratishni talab etadi. Ular sirasida kiberleksikografiya va kiber-
lug‘atchilik muammosi alohida o‘rin tutadi.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmida rivojlangan xorijiy mamlakatlarda kibernetika fani shiddat 
bilan rivojlanib, uning natijalari ishlab chiqarishga keng tatbiq etila boshladi. Ishlab chiqarish 
jarayonida sinovdan o‘tgan zamonaviy texnologiyalar, ularning yanada takomillashtirilishi, 
kibernetika sohasida yangidan yangi tadqiqotlarning vujudga kelishi uchun zamin yaratdi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi jamiyat a’zolaridan texnika va texnologiyani puxta 
o‘zlashtirishni, elektron lug‘atlar yaratish va ularni samarali qo‘llash, tadqiqotlar olib borish, axborotni 
qayta ishlash, ulardan to‘liq foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. 
Axborotni qayta ishlash jarayoniga avtomatik usullarni tatbiq qilish leksikologiya, 
leksikografiya sohasida ham kompyuter imkoniyatlari maxsus optimal texnologiyalar asosida 
ishlashni, lug‘atchilikka zamonaviy informatsion leksikografik dasturlarni faol qo‘llashni ehtiyojga 
aylantiradi. 
Leksikografiya sohasining kompyuterlashishi shuni ko‘rsatadiki, faqat elektron lug‘atlar 
leksemaning butun mohiyatini tezkorlik bilan o‘quvchiga yetkazish imkoniyatini beradi. Jamiyatni 
axborot texnologiyalarining qamrab olishi leksikografiyada zamonaviy – kiberleksikografiya 
yo‘nalishining paydo bo‘lishiga turtki berdi. Ma’lumotlarni qayta ishlash tartibini avtomatlashtirish, 
yangi faol leksikografik sistemalarni yaratish, buning natijasi sifatida an’anaviy lug‘atlardan avto-
matlashgan (elektron) lug‘atlar yaratishga o‘tish jarayonini tezlashtirishga olib keladi. Shu boisdan 
ham, lug‘at tuzishda axborot texnologiyalardan keng foydalanilishga, ularni internetda joylashtirib, 
keyingi o‘rinda alohida sohalar bo‘yicha kitob shaklida foydalanish uchun dasturlash avj oldi.
Zamonaviy leksikografiyaning ilg‘or sohasi kompyuterlashgan kiberleksikografiyadir. Bu 
internet lug‘atlarini tuzish va matn bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Kiberlug‘atlar qidiruv tizimi 
asosida axborotlarni tez va sifatli olishga xizmat qiladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida kibernetika 
“kibernetika [yun. kibernetike (techne) – boshqarish, darg‘alik (mahorati)] 1 boshqaruv jarayonlari 
hamda mashinalar, tirik organizmlar va jamiyatda axborot ma’lumot uzatishning umumiy qonuni-
yatlari haqidagi fan. Texnikaviy kibernetika. Iqtisodiy kibernetika. Tibbiyot kibernetikasi. Kiber-
netikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari tashkil etadi. 2 Informatikada: axborot – 
ma’lumot olish, saqlash va uni qayta ishlashning umumiy qonunlari haqidagi fan” [1, 363] sifatida 
izohlangan bo‘lib, bugungi kunda u “virtual lug‘atlar, ular bilan ishlash hamda yaratish 
texnologiyalari” mazmunida ommalashmoqda. Bunda sohani Internet tizimi doirasida idrok etish 
lozim. 
Kiberleksikografiya (cyberlexicography) internet elektron lug‘atlarni – umumiy va maxsus 
turdagi akademik, ensiklopedik va lingvistik (general-purpose i special-purpose dictionaries,
 
Free 
Internet Encyclopedia) lug‘atlarni yaratishning nazariy asoslarini o‘zida ifodalaydi. Bugungi kunda 
“Yahoo!” loyihasi doirasida 50 turdagi qariyb 500 ta sayt mavjud bo‘lib, ularda lug‘atlar xazinasi to‘la 
va umumiy tarzda joylashtirilgan, ular alohida bilimlar sohasi bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar sifatida 
tartiblashtirilgan.
67 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish