Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son 
Kompyuter lingvistikasiga qiziqish avvval 1956-1965-yillar oralig‘ida AQShda shakllangan 
(Georgetown University Machine Translation Research and Language Project) [1] Elektron 
ma’lumotlar asosida ko‘pgina Random House Dictionary (1966), American Heritage Dictionary 
(1969), Webster’s eighth Dictionary (1973) va Collins COBUILD Dictionary (1979) kabi elektron 
lug‘atlar yaratilgan. Hozircha shu asosda ko‘pchilik tillarda elektron lug‘atlar yaratish borasida bir 
necha tadqiqotlar olib borilgan. N.A.Sivakova [2], V.M.Varinskaya, S.A.Stroykov [4], 
S.V.Levonisova [5], S.S.Subbotenko [6], YE.V.Juchkova [7], P.I.Sergiyenko [8], I.N.Savchenkova [9, 
25], G.G.Babalova [10] kabi bir qancha olimlar elektron lug‘at yaratish usullari ustida salmoqli 
tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ayniqsa, kiberlug‘atlarning yorqin namunasi bo‘lgan korpuslarning 
yaratilishi leksikografiya sohasini yangi cho‘qqilarga olib chiqdi. Ma’lumki, korpus yozma 
matnlarning elektron shakldagi to‘plami bo‘lib, maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari orqali 
to‘plangan lug‘atlar jamlanmasi kiritilishi asosida yaratiladi. Korpus kompyuter dasturi shaklida 
tilning barcha jihatlarini yoritib bera oladi. Shuning uchun ham, korpus lingvistikasi tilning 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uni qayta baholashga olib keladi. Kiberleksikografik korpusning 
asosiy manbasi – axborot-qidiruv tizimiga solingan lug‘atlar to‘plami bo‘lgan korpusdir. Korpus 
(ingliz tilidan olingan, corpus so‘zining ko‘plik formasi corpora) o‘zgaruvchan hajmga ega hamda 
turli maqsadlar uchun yig‘ilgan, to‘plangan so‘zlar ham turlicha bo‘lishi mumkin. Barcha to‘plamlar 
ma’lum jihatdan biri-biriga o‘xshash bo‘lib, to‘plangan so‘zlar bitta tilga xos yoki shu tilga xos boshqa 
variantlarda berilgan bo‘ladi. Ma’lum hajmga nisbatan ularning barchasi turlicha bo‘lishi, bunda 
so‘zlar turli manbalardan yig‘ilgan va bir necha turdagi so‘zni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. 
Korpuslar maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, zaruriy 
ravishda so‘zlarni aks ettirishni o‘z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, korpus dasturi berilgan maqsadli 
so‘zni tadqiq etadi, korpusdagi misollar sonini aniqlaydi va bog‘liqlik chastotasini hisoblaydi, 
maqsadli qismga xos misollarni namoyish etadi, bundan foydalanuvchi keyingi tadqiqotlarni davom 
ettira olish imkoniga ega bo‘ladi.
1980-yillarning o‘rtalariga kelib korpus tadqiqotlari asosida tuzilgan birinchi o‘quv lug‘ati 
leksikograf va grammatistlar uchun beqiyos manba vazifasini o‘tagan. Zamonaviy o‘quv lug‘ati 
oldingilardan farqli o‘laroq, frazeologiyaga, asosan, birikmalarga ko‘proq e’tibor qaratgan.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish