ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
Kasbiy buzilishning obyektiv va subyektiv sabablari o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q. Bir joydagi
obyektiv sabab ikkinchi joyda subyektiv bo‘lishi va, aksincha, bir joydagi subyektiv sabab boshqa bir
joyda obyektiv bo‘lishi mumkin.
Buning misolini huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotgan yosh xodimlarning
faoliyatida ko‘proq uchratish mumkin. Ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan subyektiv kamchilliklar boshqa
yosh xodimlarga, qolaversa, boshqa fuqarolarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ularning ongini zaharlashi
mumkin. Bu to‘g‘rida I. A. Karimov: «Militsiya o‘z burchini bajarmasa, bojxona xodimlari poraxo‘r
bo‘lsa, prokuror zaif, o‘yinchi bo‘lsa, hokimlarning qulog‘i kar, ko‘zi ko‘r bo‘lsa, oddiy fuqaro kimga
boradi? Uni kim himoya qiladi? Uning g‘amini, tashvishini kim chekadi? Qani adolat, qani haqiqat?
Shu ishni bajarmasa, yelkasiga pogon taqqanlar nega kerak.
Oddiy odamlar, xalq ana shu voqealarni, qing‘irliklarni ko‘radi-da, unda hammasi quruq gap,
adolat yo‘q, bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham degan fikr tug‘iladi. Eng yomoni shunda»[6], – degan edi.
4. Axloqiy-kasbiy buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillar. Yoshlarining kasbiy buzilishiga
olib keluvchi obyektiv va subyektiv sabablardan tashqari bir qancha omillar ham mavjud. Bu omillar
quyidagilardan iborat:
Yuridik omillar:
-ba’zi bir qonunlarning nomukammalligi;
-ish boshqaruvidagi noaniqliklar;
-xodimlarni boshliqlarning noto‘g‘ri topshiriq va buyruqlaridan himoya qiluvchi yuridik
kafolatning yo‘qligi.
Bu xususda I.A.Karimov:« Afsuski, ko‘p holatlarda bu qonunlarga muvofiq belgilangan
normalarni qanday vaziyatda qanday qo‘llash lozimligini ko‘rsatib beradigan huquqiy mexanizmlarni,
qonunosti hujjatlarini, sodda qilib aytganda, qabul qilingan qonunlarni amalga oshirish mexanizm-
larini aniqlab beradigan hujjatlarni qabul qilishni keyinga suramiz. Bunday tajriba shunga olib
keladiki, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish sohasidagi ko‘pgina
masalalar zarur va eng oddiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanmay qoladi. Shu munosabat
bilan Oliy Majlis, hukumat va qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyektlarning
eng muhim vazifasi shundan iborat bo‘lishi kerakki, ular qonunlar va ularni hayotga joriy etish
mexanizmlarini har tomonlama puxta ishlab chiqishi zarur. Toki bu qonun va mexanizmlar hayotdagi
aniq munosabatlarni keng miqyosda amalda tartibga solib borsin, bu munosabatlarda ishtirok etadigan
har bir subyekt o‘z o‘rnini bilsin va o‘z faoliyatida qonun talablariga asoslansin»[7],–degan edi.
Iqtisodiy omillar:
-aniq iqtisodiy rag‘batlantirishning yo‘qligi;
-ish haqini to‘lashdagi asossiz tenglashtirishlar;
- unvonlar berish darajasining samarali emasligi;
-ish vaqtida daromadni oshirish imkonining yo‘qligi;
-texnika bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik;
-moddiy-texnika bazasining yo‘qligi yoki eskirganligi.
Tashkiliy omillar:
-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi kamchiliklar;
-rahbarlar tomonidan nazoratning yo‘qligi;
- ishni baholash mezonlarining takomillashmaganligi, hisob-kitob ishlarining yaxshi tashkil
qilinmaganligi;
-xodimlarning malakasini oshirishga e’tibor berilmasligi;
-rahbarlarning ishga uning mohiyatini tushunmasdan asossiz ravishda aralashishlari.
Intellektual omillar:
-xodimlar bilimining yetishmasligi;
-huquqiy, axloqiy, siyosiy va umumiy kasbiy madaniyatning shakllanmaganligi yoki yetarli
rivojlanmaganligi;
-qo‘l ostidagilarni va o‘z-o‘zlarini tarbiyalashdagi kamchiliklar.
Ijtimoiy-ma’naviy-ruhiy omillar:
-rahbarlarning qo‘polligi va o‘zini boshqara olmasligi;
-ijtimoiy guruhbozlik, milliy biqiqlik;
-o‘ziga haddan tashqari ishonish;
-takabburlik va mansabparastlik;
-o‘zini o‘zi nazorat qilishning past darajada ekanligi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |