Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son 
Narsaning sifatiy belgisi: Chigigdirik (Boyqo‘rg‘on) – Ingichka uzun iplarning tuyilib, chigil 
bo‘lib qolishi [7, 344-b.). 
Tadqiqot obyektimizdagi bir turkum terminlar tarixan turli qo‘shimchalar qo‘shilishi asosida 
yasalgan deb faraz qilinishi mumkin. Ular sirasiga, bizningcha, yana quyidagilar kiradi: 
- ak affiksli terminlar. Mazkur affiks narsa-predmet nomlari hamda taqlidiy so‘zlarga qo‘shilib, 
soha termini yasalishida ishlatilgan. Tahliliy materiallar ko‘zdan kechirilganda, o‘zbek tilining 
o‘tovsozlik terminlariga oid sistemada mazkur affiks yordamida quyidagi ma’nolarni ifodalovchi otlar 
yasalgani kuzatiladi: 
1. Idish nomi: Ko‘nak – tuya ayroni va qimiz solib qo‘yish uchun teridan yasalgan idish. 
“Qadimgi turkiy lug‘at (DTS, 315) da keltirilgan könäk (ko‘nak) so‘ziga yaqin fonetik shakllangan 
turkman tilidagi 
kөnek formasi charm idish, tuyalarni sog‘ish uchun chelak o‘rnida ishlatiladi 
(Turkmrsl, 413) deb berilsa, qozoq tilidagi 
kөnek yirik qora mollarning bosh yoki bo‘yin terisidan 
yasalgan, biya sog‘ishga va quduqdan suv olishga moslangan jo‘mrakli idish (Qtts, 5, 168) deb 
izohlanadi” [8, 53]. 
Konek so‘zi mo‘g‘ul tilida xonog fonetik formasida shakllanib yog‘och chelak [Sh.Saribaev, 
46] ma’nosida keladi [8, 53]. 
“Qadimgi qurluq leksik birligiga yaqinroq fonetik shakllangan ko‘nak so‘zi o‘zbekcha-ruscha 
lug‘atda shevaga xos birlik deb, uning katta teri mesh (qimiz saqlanadi) ekanligi ko‘rsatilgan (O‘zbrsl, 
230). Bu nom aslida turkiy ko‘n (oshlangan teri) so‘ziga –ak so‘z yasovchi affiksi qo‘shilishi tufayli 
yuzaga kelgandir” [8, 63].
2.To‘shanchi nomi: Po‘stak (f-t) – Junli qo‘y terisidan oshlanib tayyorlangan to‘shanchi. 
Ayrim joylarda jun qismini turli rangga bo‘yab tayyorlashgan. “Po‘stak regiondagi tillardan o‘zbek 
tilida po‘stak, uning Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida postak – quritilgan teri, ustida paxta, jun 
savalaydigan teri, teridan qilingan to‘shak (Ishayev, 147). Buxoro shevalarida po‘stak, pastak 
(qipchoq) – dasturxon, supra (O‘xshl, 222, 223) ma’no-funksiyalarida keladi “[8, 75]. 
3. Jihoz nomi: So‘kichak ch o‘ k i ch a k - Ko‘rpa to‘shak, gilam yig‘ib qo‘yish uchun 
yog‘ochdan tayyorlangan so‘ri. Uning balandligi 30-35 sm bo‘yi 1,5 metr, eni esa 75-80 sm 
chamasida bo‘lib, ust tomoni taxta bilan berkitilgan bo‘ladi. So‘kichak tol daraxti yog‘ochidan 
yasalgan. 
4. Material bezak qismi nomi: Tupak (Dhq) Qorauy tasmalarining uch qismidagi bezakli ip, 
popuk), Hulpak (a) – Matoga tikilgan bezak. 
5. Buyumni tayyorlashda ishlatilgan asbob nomiga aloqadorliki ifodalovchi ot: Qilichak
Qilich bilan to‘qilgan paxta yoki jun ipli gilam). 
Bu o‘rinda arxaik qo‘shimchalarni ko‘rsatish uchun Z. Mirahmedova anatomik terminlar 
tadqiqida qo‘llagan chizma asosida shunday ifodalashimiz mumkin: 
Ko‘n ayron, qimiz solinadigan idish
Po‘st ak to‘shanchi 
Hulp mato bezagi 
Tup bezakli ip, popuk 
Shu bilan birga, Shirdak (f-t) – turli xil gulli naqsh solib tayyorlangan kigiz (103), Erganak – 
qora uyning ikki tavaqali eshigi. U yon yog‘ochlarga ip bilan mahkamlangan. Erganak tabaqalari 
cho‘pdan qilingan (104), Cho‘mbak ch a m a k, ch u m a k. – qora uy qismlarini mustahkam tutib 
turadigan uzun, yassi holatdagi egilgan tayoqchalar. Eski o‘zbek tilida ch u m o q, h a s s a, u z u n t a 
yo q (DLT, 1, 362) ma’nolarini bildirgan (102), Chang‘arak – qora uy gumbazi asosini, yuqori 
qismini yopib turadigan moslama. U yog‘och halqa bo‘lib, biroz egilgan tayoqchalardan tayyorlangan 
bo‘ladi. Uning diametri 2,5-3 m chamasida bo‘lib, uyga yorug‘ tushish va shu bilan birga tutun 
chiqadigan teshik vazifasini bajargan (96), Kengarak (Dhq) keraga bilan uvuqning birlashgan joyi 
(144-b.) kabilar tarkibidagi – ak qo‘shimchasi ham arxaik yasovchi hisoblanadi. Bundan tashqari, yana 
ayrim yasovchlarning ham mazkur leksik sistemada shunday vazifada ekanligini kuzatish mumkin:

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish