Mavzu : Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha



Download 54,3 Kb.
bet1/8
Sana01.01.2022
Hajmi54,3 Kb.
#287243
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mustaqil ish




Mavzu : Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha



Reja :

1. Kasb psixologiyasining shakllanish tarixi.

2. Sharq mutafakkirlarining kasbiy ta‘lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik
qarashlari
.

3. Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlar.

1. Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.


1. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik
xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish
uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning
ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish
imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni
shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur
bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash
uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va
mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib
chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi,
og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki
ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga
layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini
tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu
muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu
kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish
ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir
yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur
muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining
shakllanishiga olib keladi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya'ni dastlabki
paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga
zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar
faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini
belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga
e‘tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va
tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya
fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama
tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi,
pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan
o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi
psixologiya sohasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan;
Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir
tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. Shaxs borasidagi differensial
psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy
moslashuv professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi.
Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma
va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni
anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari
masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan
hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan.
Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar
psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990-
yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi
sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini
ajratish mumkin.
1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek,
psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu
usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab
chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining
rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining
mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy
maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal
qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar
psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy
maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan.
Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik
olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi
asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati
bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy
an‘analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining
rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan
boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari,
ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va
hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega
bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga
sabab bo‘lgan.
Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan
shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash, ―kasbga yo‘naltirish kabi masalalarga
e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida
Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan.
YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib
borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar
kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining
shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda
shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim,
ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi.
Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb
psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini
yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni
o‘rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida
kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va
kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor
qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va
kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb
psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning
kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni
rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va
uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi.

Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.


Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori
maydoni o’ziga xos holda belgilanib, ―kasb to’qimasi yoki ―mental xarita deb
atalgan. ―Mental xarita- kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi
mumkin bo’lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan
kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning
qo’llanish sohasi, aniq ishchi o’rniga nisbatan yashovchanligi o’rin olgan.
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis
sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko’rsatkichlaridan boxabar
bo’lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko’rinishga ega
bo’ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs
yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko’rsatkichlarni kiritadi:
1. Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
2. Bajarayotgan ishga qo’yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
3. Hayoti davomida talim olish va o’rganishga tayyorlik.
4. Madaniyligi, o’zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish.
5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi.
7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo’lish.
8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko’nikmasiga egaligi.
K.Farren kasbning yashovchanlik ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi:
1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog’liqligi. 2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg’unlashish 3. Boshqa kasblarda o’z kompetentliligi va qobiliyatlaridan
foydalanish imkoniyati.
4. SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik.
5. Kasb bo’yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.
6. Mahoratga etaklovchi bilimga egalik.
7. Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo’lish .
Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko’rsatkichlari bilan bir
qatorda quyidagi ko’rsatkichlarni ham keltirib o’tish joiz: tanlangan ishlab
chiqarish sohasining ―yashovchanligi, ―tashkilotning yashovchanligi, ―ishchi
o’rnining yashovchanligi.
XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat
mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida
yuzaga kelgan bo’lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik
g’oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to’g’risida zamonaviy
nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog’liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy
rivojlanish psixologiyasi o’rtasida aloqa o’rnatishga olib keldi. Oqibatda kasbiy
rivojlanish muammolarini o’rganishga turlicha yondoshadigan beshta asosiy
yo’nalishi shakllandi. Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror
qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo’nalishlar.

Download 54,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish