Differensial - diagnostik yo’nalish bo’yicha izlanishlarda shaxsning
kasbiy faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko’rsatuvchi
individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo’yilgan talablarga asosiy
e‘tibor qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli
faoliyat tashkil etish to’g’risidagi qarashlar o’z aksini topgan (F.Parkinson). Bu
yo’nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi
diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy
ijrochilik operatsiyalarning yig’indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari
kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan
g’oyani ilgari surishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |