Taraqqiyot nazariyasi yo’nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga
asoslanib ish tutishgan. Bu yo’nalishning izlanishlari akademik psixologik
xarakterga ega bo’lib, ilk izlanishlar o’spirinlarni kasb izlashi bilan bog’liq
xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo’nalish vakillaridan
D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish
bir nechta bosqichlarga ajratiladi:
1) vujudga kelish bosqichi (tug’ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy
fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;
2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o’zining imkoniyatlariga mos
kasbni tanlashni niyat qiladi;
3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos
kasbiy faoliyat maydoni o’rnatiladi;
4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati
hech qayoqqa og’masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo’yicha kechadi;
5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli
paydo bo’lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o’ringa chiqadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |