ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son
Ushbu maqolada ana shu masalaga doir kuzatishlar bayon etilgan, mavjud materiallar manbalar
asosida tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: o‘tovsozlik sohasi, yasama termin, affiksatsiya usuli, arxaik affiks, tasnif.
Kirish. Terminlar ilm-fan, texnika, san’at, inson faoliyati boshqa sohalarining mutaxassislar
doirasida keng qo‘llanadigan maxsus nomlari bo‘lishi barobarida, sistemalilik, kontekstga bog‘liq
emaslik, qisqalik, bir ma’nolilik, aniqlilik, oddiylik, tushunarlilik, tatbiq etilganlik darajasi kabi
xususiyatlarga ega.
Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, terminologik sistemalar tarkibidagi terminlarning
yasalish usullarini o‘rganish asosiy vazifalardan biridir. To‘g‘ri, yasalish masalasi umumadabiy tilda ham mana
shunday o‘rin tutadi. Shuni e’tiborga olish lozimki, leksema va terminlarning yasalishida bir qadar farqli jihatlar
mavjud.
Ushbu maqolada o‘tovsozlik leksikasiga oid arxaik terminlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rsatib berish orqali terminlar shakllanishining etnolingvistik, etimologik jihatlarini yoritishdan iborat
masalalarga e’tibor qaratiladi.
Tadqiqot metodlari. Ushbu ishda mavzu talabidan kelib chiqqan holda, qiyosiy-tarixiy, tavsifiy va
tasniflash metodlaridan foydalaniladi. Uning obyektini tarixiy, zamonaviy leksikografik manbalar va og‘zaki nutq
materiallari tashkil etadi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Umumadabiy tilda leksemalarning yasalish imkoniyatlari
anchagina keng. Leksemalar besh xil usul bilan hosil qilinadi. Terminlarning yasalish imkoniyatlari esa bir qadar
chegaralangan: terminlar, asosan, to‘rt xil usul bilan yasaladi. Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki,
tushunchalarni ifodalash borasida terminologik tizimlarda umumadabiy tilga nisbatan o‘ziga xos bir ustunlik
ham bor: terminologik tizimlarda birikma terminlarning o‘rni benihoya katta. Binobarin, uning yasalish
vositalarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘tovsozlik qadimiy madaniy meros sifatida to‘liq takomil topgan. Binobarin, bu soha
terminlarining yasalishida hozirgi yasama terminlar deyarli uchramaydi. Biroq XXI asr o‘tovining
yangi shakli ham paydo bo‘lganligi (O‘tov va o‘tovsimon uylarning modernizatsiyalashgan
shakllaridan turli mintaqalarda foydalanilmoqda. Zamonaviy o‘tovlarning taxta ustiga
o‘rnatilayotgani, ularning ichiga yangi mebellarning qo‘yilayotgani, elektr yoritqichlardan
foydalanilayotgani (va b.) bu tizimga ham yangi terminlar kirib kelishiga yo‘l ochishi tabiiy hol.
Chunki bu jarayonda qo‘llanayotgan materiallar oldingilaridan farq qiladi. Masalan, keraga, uvuq,
erganak yog‘ochlari o‘rnida metall materiallardan foydalanilganligi ham shundan dalolatdir. Shu bilan
bir qatorda, zamonaviy isitish tizimi, to‘shanchilar, shkaf va boshqalarning qo‘llanayotgani ham
ma’lum. Aslida, S.Xarkova tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, o‘tov mebellari unchalik ham ko‘p emas
[Qarang: altaica.ru].
Ma’lumki, “terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, adabiy tilda birmuncha
kammahsul bo‘lgan affiks terminologiyada yoxud uning biror tizimida faol bo‘lishi yoki aksincha
holat kuzatilishi mumkin” [1, 70].
O‘tovsozlik leksik sistemasida qo‘llanuvchi kammahsul, biroq xarakterli bo‘lgan affikslar
mavjud. Quyida shulardan ayrimlari masalasiga to‘xtalib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |