őzÿldÿrÿk – ot dumidan to‘qilgan, ko‘z og‘riganda yoki
qamashganda ko‘zga tutiladigan narsa.
Kőzlÿk shakli ham bor [3, I, 482]. Bundan ma’lum bo‘ladiki, -
duruk o‘rnida ayrim turkiy tillarda –luk shakli ham qo‘llangan. Xuddi shunga o‘xshash holatni hozirgi
Qashqadaryo shevalarida ham kuzatish mumkin: Chimildiriq (Qrsh, Chir) ch i m i l l i g‘ (Ksn,
Qrsh).- Nikoh kechasi kuyov bilan kelinni boshqalardan ajratib turish uchun xonaning to‘riga tortilgan
bezakli gazlama – to‘siq [4, 99].
Botanikaga xos termin: Chinishtÿrÿk – daraxt mevasi, u mayda g‘o‘laklardek bo‘lib, oq va
qizil ranglidir. Yozning boshlarida pishadi, uni eydilar [3, I, 482]
Umumiste’mol leksik birlik: K
őmÿldÿrÿk – yuk orqaga ketmasin deb otning elka tomonidan
egarga bog‘langan narsa [3, I, 482]; Saqalduruq – qalpoq tushib ketmasin uchun unga bog‘lanib, jag‘
tagidan o‘tkazilib qo‘yiladigan chizimcha. Ipakdan to‘qiladi [3, I, 482]; Qalalduruq – erlarning
ismlaridan [3, I, 482].
“DLT”da – landï qo‘shimchasi yordamida hosil bo‘lgan alachulandï (olachuqqa ega bo‘ldi),
keragulandï (o‘tovli bo‘ldi ma’nosida), er saqalduruqlandï (odam soqalturuq osdi) singari misollar
ham bor [Qarang: 3, III, 222]
Demak, ko‘rinadiki, mazkur qo‘shimchaning – duruq, – dÿrÿk, – tÿrÿk, –dirik, – tirik kabi
variantlari mavjud bo‘lib, til taraqqiyotining turli davrlarida har xil shakllari ko‘zga tashlanadi.
Hozirgi leksikografik manbalar va ilmiy tahlillarga asos bo‘lgan materiallarda –turuq, –duruq
shakllari kuzatiladi. Jumladan, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da: “BO‘YINTURUQ ‘ish hayvoni
bo‘yniga kiydiriladigan omoch abzali’, ‘xomut’. Targ‘il ho‘kiz bo‘yunturug‘i eskirib ketdi. Bu so‘z
boyun otiga – turuq qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan deyiladi (ESTYA, II, 182). Asli bu so‘z boyo‘n
turuq birikmasining bir so‘zga birlashuvi bilan hosil qilingan: turuq oti tur fe’lidan – uq qo‘shimchasi
bilan yasalgan: boyun turuq boyunturuq. O‘zbek tilida ikkinchi bo‘g‘indagi u unlisi i unlisiga
almashgan: boyunturuq>boyinturuq. Devonda bu so‘z boyinduruq shaklida keltirilgan, bunda n
undoshining ta’siri bilan t undoshi d undoshiga almashgan” [5, 74].
Mazkur qo‘shimchali so‘z konversiya usuli bilan hosil bo‘lgan onomastik birliklar tarkibida
ham uchrashi tadqiqotlar materiallarida kuzatiladi. Chunonchi, «BULDURUQ 1.Bulduruq –
bulduruqlar turkumiga mansub bo‘lgan cho‘l qushi (O‘TIL, 1, 148). – kaptarsimonlar turkumiga
mansub qush [O‘zME, II, 243].
2. Bulduruq – atmosfera yog‘inlarining bir turi [O‘zME, II, 243]. – ayozli, sovuq kunlari yoki
tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil bo‘ladigan mayda qattiq qor; qirov:
Tushdan keyin osmon yuzini tuman qoplab, mayda bulduruq yog‘a boshladi. Mirmuhsin. Chiniqish
[O‘TIL -5, 1, 370].
3. Bulduruq – baliq tuxumi, urug‘i; uvuldiriq, ikra: bu qaldirg‘ochlar o‘zining nasibasini dengiz
qirg‘oqqa uloqtirgan baliqlarning lahm go‘shti va buldurug‘idan ko‘radi. K. Mahmudov. Qiziqarli
pazandalik [O‘TIL -5, 1, 370].
4. Bulduruq+o‘t – alismadoshlar yoki bulduruqdoshlarga mansub ko‘p yillik begona o‘t
[O‘zME, II, 243]» [6, 128-129].
O‘tovsozlik leksik sitemasida ushbu affiksli terminlar juda kam miqdorda bo‘lsa-da, mavjudligi,
biroq ularda affiks keltirilgan shaklda emas, balki –diriq tarzida uchrashini qayd etib o‘tmoqchimiz.
Misollardan ma’lum bo‘ladiki, u quyidagi ma’nolarni beruvchi terminlar tarkibida keladi:
Narsa-predmet nomi: Bosildiriq (Dehqonobod) – Shamol va bo‘ronda qorauy ag‘darilmasligi
uchun chang‘aroq o‘rtasidagi beldov cho‘plariga bog‘langan arqon (arqon uchi katta qoziqqa
bog‘lanadi), Chimildiriq // ch i m i l l i g‘ (Nikoh kechasi kuyov bilan kelinni boshqalardan ajratib
turish uchun xonaning to‘riga tortilgan bezakli gazlama – to‘siq).
Predmet qismining nomi: Guvildiriq – Qora uy (o‘tov) eshigining yon tomoni.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |