Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
28 
ma’no nozikliklarini kiritadi, ma’noviy yukni kuchaytiradi va emotsional-ekspressivlikni ta’minlashga 
yordam beradi. 
O‘zbek tilshunosligida inversiya hodisasi quyidagicha izohlanadi: «Inversiya (lot. unversio — 
o‘rnini almashtirish, gap bo‘laklarining odatdagi tartibining o‘zgarishi.Tilda inversiya ikki xil vazifa 
bajaradi:1. Semantik 2. Assemantik. Inversiyaning semantik vazifasi – gapning biror bo‘lagini alohida 
ta’kidlash bilan nutqqa ekspressiv ruh bag‘ish etish. Masalan: Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? – 
Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol? Assemantik vazifa esa so‘roq gap (ayniqsa, roman va german 
tillarida) she’riyatda kompozitsiya, vazn, ritm, qofiya hosil qilishda namoyon bo‘ladi. Masalan, 
Ketdimi 
u? Ilk bor rozilik so‘rashim mening.
Inversiya faqat uslubiy hodisa emas, balki sintaktik-uslubiy 
(sintaktik-poetik hodisadir) u jonli so‘zlashuv tilida, badiiy adabiyotda ayniqsa, she’riyatda ko‘proq 
uchraydi [O‘zTME, 2002. 4-jild. 144-b.]. 
Ta’kidlanishicha, inversiya odatdagi so‘z tartibining buzilishi hisoblanadi. Tilshunoslikda odatdagi 
tartib deyilganda gap tarkibida eganing kesimdan oldin, aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi 
kabilar tushuniladi. Nutq jarayonida qo‘llanadigan har bir so‘z zimmasida ma’lum bir 
“yuk”
bo‘ladi. 
Gapda bo‘laklarning o‘rin almashinuvida ma’lum kommunikativ maqsad ko‘zda tutilib, u turli vazifalarni 
bajarishga xoslangan bo‘ladi. Noodatiy so‘z tartibi badiiy matnda ifodalayotgan fikrga ko‘tarinkilik 
bag‘ishlaydi, ifodalanayotgan fikrlar ta’sirchanligini kuchaytiradi. She’rda alohida bo‘lakni ta’kidlash 
bilan fikrning ma’lum tomoni bo‘rttirib ko‘rsatiladi, kinoya, hajv kabi ma’no nozikliklari ifodalanadi. 
Ko‘p yig‘lama,
og‘riydi boshing,
axir baxtli bo‘lmog‘imiz shart.
Yomon bo‘lar agar ko‘zyoshing
tugab qolsa, kelgunicha Baxt (Shavkat Rahmon, Saylanma, 7-b.). 
Sh.Rahmonning yuqoridagi misralaridagi so‘z tartibini to‘g‘rilasak, ma’no nozikliklari yo‘qoladi: 
Ko‘p yig‘lama, boshing og‘riydi, axir baxtli bo‘lmog‘imiz shart. Agar baxt kelgunicha ko‘zyoshing tugab 
qolsa, yomon bo‘lar.
She’riy shaklda esa “Baxt” so‘zi tartibi o‘zgartirilib, asosiy e’tibor qaratilganda 
ijodkor engil kinoya va hajv asosida o‘z fikrini ifodalagan. 
Baxtiyorman 
degan birgina so‘zni
aytish uchun kerak qancha kuch-chidam,
garchi baxt so‘zlarning eng yoqimligi,
garchi tursa hamki tilning uchida…
G‘am so‘zin elimdan avvalroq aytdim,
baxt so‘zin aytaman, eldan keyinroq (Savkat Rahmon, Saylanma, 48-b.). 
Baxt tushunchasiga Sh.Rahmon qayta-qayta murojaat qiladi. Ijodkorning o‘ziga xosligini 
ta’minlashda so‘z tartibi muhim o‘rin tutadi. Dastlabki she’rda shoir baxtni kinoyaviy usulda ifodalash 
uchun misra so‘ngida keltirgan bo‘lsa, keyingi she’rida misralarni baxt so‘zi bilan boshlaydi. Shu o‘rinda 
so‘zlarga qanday tartib berish, shoirning so‘z tanalash mahorati yuqoridagi ikki parchada ham o‘zgargan 
so‘z tartibi tuyg‘ularni teranroq ifodalash imkonini beradi. 
Bunday inversiya uslubiy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u fikr ifodalashda muhim detallarni ajratishga 
imkon beradi. Vaholanki, bu kabi inversiyaning uslubiy imkoniyatlari sezilarli bo‘lsa-da, ular juda 
chegaralangan. Gap tarkibidagi so‘z birikmasi komponentlariga bog‘liq holda inversiyaning stilistik
imkoniyatlarga egaligi nutqning ohangdorligini, ta’sirchanligini ta’minlaydi, unga ravshanlik va 
jo‘shqinlik, mayinlik bag‘ishlaydi. Gap tarkibidagi bo‘laklar doirasida yuz beruvchi har qanday 
o‘zgarish nutq jarayonida so‘z ichki munosabatlari tizimi bilan shartlangan. Gap bo‘laklarini ma’lum 
kommunikativ maqsadda joylashish tartibini o‘zgartirishda u yoki bu gap bo‘lagining estetik ahamiyati 
leksik-semantik birliklarning o‘zaro munosabati asosida shakllanadi. Bu esa muallifga gap bo‘laklarini 
noodatiy tartibda joylashtirishda so‘z ma’nosinini ajratib ko‘rsatish, ta’kidlash va kuchaytirishga imkon 
beradi. So‘z birikmasi yoki gap tarkibidagi komponentlar maxsus morfologik ko‘rsatkichlar orqali 
shakllangan bo‘lsa, bunda tartib o‘zgarishi sintaktik holatga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ko‘rinadiki, o‘zbek 
tilida so‘z tartibi o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oddiy so‘zlashuv uchun hamda 
badiiy uslub uchun inversiya xarakterlidir. Bunda hol-kesim, to‘ldiruvchi-kesim, ega-kesim inversiyalari 
ko‘p kuzatiladi: masalan,
Oldiga kelganni qaytarmay emoq 
Aslida, aqli yo‘q hayvonning ishi. 
Og‘ziga kelganni qaytarmay demoq 
Noqis-u befahm, nodonning ishi. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish